08:09
Homiladorlik testini o'tkazish

Homiladorlik testi homiladorlikni aniqlash
uchun eng qulay vositadir. Homiladorlik
testidan foydalanishdan oldin unga ilova
qilingan yo'riqnoma bilan tanishib chiqish
zarur.
Hayz siklining qaysi kunida homiladorlik
testini o'tkazish mumkin?
Agar hayz sikli muntazam ravishda bir xil
bo'lsa, u holda testni hayz kechikkan kunida
o'tkazsa bo'ladi. Ya'ni, hayz 22 mart kuni
boshlanishi kerak bo'lib kelmasa, shu kun yoki
undan 1-2 kun keyin testni o'tkazish mumkin.
Bu davrda test natijasi salbiy(hamiladorlik
mavjud emas) bo'lib chiqsa, biroz kutish
zarur. Hayz kelavermasa, bir necha kundan
so'ng testni qayta o'tkazsa bo'ladi. Hayz sikli
muntazam bo'lmagan hollarda testni oxirgi
hayz kelgan kunidan boshlab 35-40 kun
o'tgach amalga oshirgan ma'qul. Javob
aniqroq chiqadi.
Test homiladorlikni tez aniqlay olmasligini
sababi, aynan shu oyda ovulyasiya kechroq
sodir bo'lgan bo'lishi mumkin yoki hayz
kutilishi mumkin bo'lgan kun sanasi
adashtirilgan bo'lishi mumkin.
Kunning qaysi davrida test o'tkazgan ma'qul?
Homiladorlikni ko'rsatuvchi HCHG gormoni
miqdori ertalab ko'paygan bo'ladi. Shuning
uchun tezroq va aniqroq natija uchun testni
ertalab, uyg'ongandan so'ng ilk siydikdan
foydalangan holda amalga oshirish ma'qulroq.
Homiladorlik test aniqlagan javob necha
daqiqada namoyon bo'ladi?
Odatda javob 5 daqiqadan 10 daqiqa
oralig'ida namoyon bo'lishi kerak. Bu oraliqda
hech qanday javob ko'rinmasa, test notog'ri
qilingan yoki buzuq hisoblanadi.
Homiladorlik testini buzib qo'yish osonmi?
Homiladorlik testi tayoqchalarini ehtiyotkorlik
bilan ushlash lozim. Siydikni tayoqchada
ko'rsatilgan joygacha tekkizish kerak. Siydik
tegadigan joyni qo'l bilan ushlash mumkin
emas. Test tayoqchasidagi siydik tegadigan
joy quruq bo'lishi muhim.
Test tayoqchasiga siydikni qanday tekkazish
zarur?
Ba'zi test tayoqchalarini toza idishdagi
siydikka botirish, ba'zilarini siydik oqimi
ostida ushlab turish talab etiladi. Bu haqda
testga ilova qilingan foydalanish
yo'riqnomasidan bilib olsa bo'ladi. Aynan
yo'riqnomada ko'rsatilgan usulni qo'llash
shart.
Siydikning farqi yo'qmi?
Siydikni o'rta qismini testga qo'llash
yaxshiroq. Ya'ni siydikning oz miqdori
chiqariladi, keyin o'rta qismi test uchun
qo'llaniladi.
Agar test natijasi salbiy chiqsa?
Test natijasi salbiy chiqishi ikki holatdan
dalolat beradi.
1. Test juda erta o'tkazilgan, ya'ni organizmda
homiladorlik ni ko'rsatuvchi gormon hali
kerakli darajagacha ko'tarilishga ulgrumagan.
Bu holatda bir necha kundan so'ng testni
qayta o'tkazish mumkin.
2. Homiladorlik yuz bermagan. Bu holatda tez
kunda hayz keladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 7878 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 1.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama