22:25
Homiladorlikda tomir tortishishi

Homilador ayolda oyoq yoki qo'l
tomirlarining tortishib qolishi
to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam
olish payti, uyquda bunday holat
soni ko'payishi mumkin.
Homiladorlik paytida tomir tortishish
sabablari turlicha bo'lib, ularning
asosiylari
1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy,
magniy va vitamin B6
mikroelementlarning yetishmasligi;
Bunga quyidagilar sabab bo'lishi
mumkin:
Homiladorlikning dastlabki
davridagi kuchli toksikoz, bunda
ayol ko'p qayt qilib kerakli
mikroelementlarni keraklicha
hazm qilmaydi.
Homilaning mikroelementlarga
bo'lgan ehtiyojini kuchayishi
(odatda homiladorlik davrining
o'rta qismida namoyon bo'ladi).
Siydik keltiruvchi dori va
suyuqliklarni vrach nazoratisiz
ko'p iste'mol qilish.
Noto'g'ri ovqatlanish
natijasidaayol organizmiga kerakli
moddalar yetarlicha tushmaydi.
2. Qonda gemoglobin moddasi
darajasi keskin pasayib ketishi
(anemiya);
3. Qondagi shakar miqdorining
buzilishi, ko'pincha homilador
ayolning ovqatlanish tizimi buzilib,
katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p
yeb olish yoki shirinliklarni ovqat
o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi
mumkin;
4. Oyoqda tomirlarning varikoz
kengayshi, bu ayniqsa oyoqlarga
katta og'irlik tushayotganda
kuzatiladi;
5. Kofeinga boy suyuqliklarni iste'mol
qilish (koka-kola, fanta, sprite, kofe
va boshqalar). Kofein moddasi
mushaklarni suvsizlantirib tomirlarni
tortishiga olib kelishi mumkin;
6. Bachadonning tomir bosishi.
Bunda kattalashgan bachadon
asosiy tomirni bosib, oyoqlarda qon
aylanish tizimiga xalaqit beradi.
Odatda homiladorlikning uchinchi
trimestrida ayol belida yotganda
namoyon bo'ladi.
Tomir tortishib qolsa nima qilsa
bo'ladi:
- tomir tortishayotgan oyoq
barmoqlarini asta-sekin o'zingizga
tortib, yana asta sekinlik bilan o'z
holiga qaytaring;
- tomir tortishayotgan joyni asta
qizitish maqsadida ishqalang;
- qon aylanish tizimini o'z holiga
qaytarish uchun xonada bir qancha
yuring;
- tomir tortishi qaytarilmasligi uchun
oyoqlaringizni balandroqqa ko'tarib
(yostiq ustiga qo'yib) yoting.
Homiladorlik davrida tomir
tortishishining oldini olish va
davolash:
Tomir tortishi bu alohida kasallik
bo'lmay, organizmda ma'lum bir
nosozlik bor ekanligi alomatidir.
Shuning uchun homilador ayol o'zida
tomir tortishishini kuzatsa, darhol
vrachga murojaat etishi lozim. Agar
tomir tortishishi sababi
mikroelementlarning
yetishmovchiligida bo'lsa, u holda
vrach kerakli vitamin va
mikroelementlarni tavsiya qilishi
mumkin.
Tomir
tortishishining
oldini olish
maqsadida
homilador ayol non ,
makaron, grechka ,
ovsyanka , qatiq
mahsulotlari ,
pishloq, baliq ,
yog'siz go'sht , meva
va sabzavotlardan
iste'mol qilishi
lozim. Qondagi
shakar miqdorini
normada ushlab
turish uchun tez -tez
oz- ozdan
ovqatlanish lozim .
Undan tashqari:
Balandligi besh sm dan
oshmagan oyoq kiyimida yuring;
Tomirlarning varikoz kengayishi
mavjud bo'lgan hollarda
tomirlarni ushlab turuvchi maxsus
kolgotka yoki paypoqlarni kiyib
yuring;
Homiladorlikning uchinchi
trimestridan boshlab iloji boricha
chap yoningizda yoting yoki o'n
tomon dumg'azangiz tagiga
yostiq qo'yib yoting;
Oyoqlarga uzoq vaqt og'irlik
tushmasligini ta'minlang. Agar
tikka turish zarur bo'lib qolsa, u
holda oyoqlaringizga dam
beruvchi mashg'ulotlarni qilib
turing (oyoq uchiga turish, o'z
holiga qaytish, bir necha marta).
Dam olayotganingizda
oyoqlaringizni biroz ko'tarilib
turgan holda (yostiq, adyol
ustida) ushlang.
Manba: Uzbaby.Uz
Просмотров: 6401 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 2.5/4
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama