22:28
Homilaning birinchi bor qimirlashi

Homilador ayollarda bolaning
qimirlashi har xil davrda boshlanib,
ayollarning hissiyotlari ham bunda
bir-biridan farq qiladi.
Aslida, homila 2 oyligidan boshlab
qimirlaydi. Lekin bola kichikligi
tufayli uning harakatlari juda zaif
bo'ladi va onaga sezilmaydi.
Homiladorlikning 18-haftalariga
kelib, bola qo'l-oyoqlarini kerib
bachadon devorlariga tega
boshlaydi. Ko'pincha bo'lajak ona
aynan shu harakatlarni sezishni
boshlaydi. Bu davr, odatda,
homiladorlikning 18-22 haftalariga
to'g'ri keladi. Farzandi bor homilador
ayollar homilaning harakatlarini
oldinroq sezishi ham mumkin. Ba'zi
ayollar esa bola qimirlashini 22-24
haftadan o'tib ham sezmay yurishlari
mumkin.
Ozg'in ayollar bola qimirlashini to'la
ayollardan ko'ra tezroq sezadilar.
Bolaning ilk qimirlashlarini faqatgina
uning onasi his eta oladi. Shu bilan
ham homilador ayol o'zini baxtiyor
his etib yuradi.
Homilador ayolning hissiyotlari
Bolaning harakatlari zaif yoki sust
deb ranjishga shoshilmang. Qo'l va
oyoqchalari 5 santimetr atrofida
bo'lgan bolaning kuchi juda ham
katta emasligini tushuning. Boshida
ayol bolaning harakatlarini qorin
g'uldirlashi bilan adashtirib ham
yuboradi. Lekin vaqt o'tgan sayin bu
aynan bola harakatlari ekanligiga
amin bo'lasiz va bu hissiyotni hech
narsa bilan adashtira olmaysiz.
Ko'pincha, onalar bolaning
qimirlashini quyidagicha
izohlaydilar:
Vibratsiya, itarish, tiqilish,
g'uldirlash, yengil urib qo'yish.
Keyingi ikki oy davomida harakatlar
kuchayib boraveradi. Homiladorlik
davrning oxirlariga borganda, bola
kattalashgan bo'lib, bachadonni
butunlay egallagan bo'ladi va uning
qimirlashi aniq va tez-tez seziladi.
Ba'zida kuchi ko'payib qolgan bola
o'z qimirlashlari bilan onasini
uyg'otib yuborishi ham mumkin
bo'ladi.
Homila qimirlashi soni
20-24 haftalarda bolaning qimirlashi
muntazam bo'lmaydi.
Homiladorlikning 7-oyiga qadar
qimirlashlar soni ko'payib boradi va
7-oydan so'ng susayadi. Tug'ush
davri yaqinlashgan sayin esa harakat
kuchi orta boshlaydi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda,
bola onaning tinch holatida ko'p
qimirlaydi.
Agar bolaning
qimirlashini
sezmoqchi
bo 'lsangiz, 1 dona
shokolad bo' lagini
yeb olib , 10 daqiqa
davomida tinch
yoting , tez orada
bola
harakatlanishini
sezasiz.
Ilk bora ona bo'lishga
tayyorlanayotgan ayol uchun
bolaning ilk qimirlashi juda ajoyib
tuyg'ularni ulashadi. Mana shu
tuyg'ularni bir joyga yozib qo'ying.
Bola tug'ilib katta bo'lganida uni
birgalikda o'qib, baxtiyor
kunlaringizga qayta olasiz.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 9606 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama