01:32
Jismoniy mashqlar yordamida press mushaklarini rivojlantirish

Har bir yigit qomatini go’zal bo’lishini istaydi.
Shuning uchun ba’zi odamlar mashq zallariga
borib jismoniy mashqlar bilan badanlarini
chiniqtiradilar. Shu mashqlarning natijalaridan
biri press mushaklarini chiroyli chiqarishdir.
Ammo hamma ham buning uddasidan
chiqavermaydi, kimdir erinchoqligi sababli
bo’lsa, kimdir mashqlarni to’g’ri bajara
olmaganligi tufayli ko’zlagan natijasiga erisha
olmaydi. Har qanday narsa to’gri bajarilsa
uning natijalari ham ko’ngildagiday bo’ladi.
Quyidagi maqola nafaqat erkak, balki ayollarga
ham to’g’ri keladi.
1 Maqsad. Sizda press mushaklarni
rivojlantirish maqsadi kuchli bo’lishi kerak.
Shuni bilishingiz kerakki, natijaga erishish
uchun sizdan ko’p mehnat va uzoq vaqt talab
etiladi.
2 Shifokor ko’rigi. Jismoniy mashqlarni
bajarishdan oldin shifokor ko’rigidan o’ting,
sababi ba’zi bir insonlarga jismoniy zo’riqish
qatiyan man qilinadi. Chunki yurak hastaligiga
ega odamlar yoki boshqa a’zolardagi zaiflik
jismoniy og’irliklar organizmga salbiy ta’sir
qilishi mumkin.
3 Tayyorgarlik. Agar jismoniy holatingiz to’g’ri
kelgan bo’lsa, organizmga birdaniga og’irlik
bermaslik uchun, avval 2-3 kun yengil
mashqlardan boshlang. Yugurish,
badantarbiya, yengil bo’lgan toshlarni
ko’taring, va ushbu mashqlarni har kuni bir
vaqtda bajaring.
4 Vaqt. Organizmni jismoniy mashqlarga
moslashtirgan bo'lsangiz, endi press
mashqlariga o'tsak bo'ladi. Haftasiga 2-3
martta press mashqlari mushaklar o’sishi
uchun kifoya, chunki organizmga ham dam
berish kerak. Lekin ularni tez vaqt ichida
chiqaraman deb haftada 7 martta sport zaliga
borgan bilan hech narsa o’zgarmaydi. Bundan
faqat odam charchab mushaklar qattiq
zo’riqishga uchraydi.
5 Mashqlarni to’g’ri tanlash. Press mushaklari
asosan 3 qismga bo’linadi (Yuqori, o’rta va
pastki). Siz tanlagan mashqlar ularning
uchalasiga ham foydasi tegishi kerak yoki
ularning har biri uchun alohida mashq tanlab
olishingiz kerak. Agar siz faqat press
mushagining bir qismi uchun mo’ljallangan
mashq bilan cheklanib qolsangiz unda
mushakning faqat shu qismi rivojlanib,
qolganlari sustligicha qolaveradi.
6 Progressivlik. Mashqlar progressiv holda
o’sib borishi kerak. Birinchi kuni qaysidir
mashqni 3 marotaba qilsangiz, ikkinchi kuni 4
marotaba undan keying kuni 5 marotaba va
shu ko’rinishida o’sib boraveradi. Birinch kuni
6 martta boshqa kuni 2 martta va keyin 10
martta ko’rinishida emas.
7 To’g’ri ovqatlanish. Agar siz mashqlarni
to’g’ri bajarib turib ovqatlanishga ahamiyat
bermasangiz unda ko’zlagan natijangizga
erisha olmasligingiz aniq. Uglevod va oqsillar
biz iste’mol qilgan ovqatlar hazm bo’lishi
natijasida hosil bo’ladi. Demak, yaxshi mashq
bilan birga to’g’ri ovqatlanish kerak, aks holda
mashq qilasizu mushaklar chiqishi o’rniga siz
ozib ketaverasiz.
8 Erinchoqlik. Hech qachon bahonalar topib
o’zingizni mashqlardan uzib qo’ymang.
Masalan: bugun kech bo’ldi, bugun
charchadim, sevimli teleserialim boshlandi,
do’stlarim bilan uchrashishim kerak. Siz bu
maqolani o’qayotgan ekansiz, demak sizda
xohish istak kuchli. Bu esa eng asosiy
omillardandir. O’zingizni “men buni
uddalayman” deb ishontiring. Zero, insonning
o’ziga ishonchi bu katta kuch.
Quyidagi maslahatlarda press uchun mashqlar
berib o’tilgan.
1 Avval badanni qizdirib olish uchun, ozgina
yugurasiz, badantarbiya mashqlarini bajarasiz.
Agar yugurishga joy bo’lmasa, skakalkada
5-10 daqiqa sakrasangiz ham bo’ladi.
2 Tekkis joyga yotasiz. Oyoqlarni yerga tekkis
yotqizasiz, qo’llarni boshning orqasiga
qo’yasiz. Oyoqlaringiz ko’tarilib ketmaslik
uchun yordamchi ularni yerga taqab ushlab
turish kerak. Endi gavdangizni to’g’ri ko’tarib,
belingizni bukkan holda oyoqlar tomon
yo’naltirasiz (oyoqlar bukilmasligi kerak) va
qayta pasga tushasiz. Shu tariqa davom etasiz.
Bu eng keng tarqalgan usullardan biri
hisoblanadi. Ushbu mashqni 20 marta bajarib
har safar 5 tadan qo’shib ketaverasiz. Shu
tariqa 50 tagacha chiqarib olasiz.
3 Tekkis joyga yotasiz. Oyoqlarni bukasiz,
qo’llarni boshning orqasiga qo’yasiz. Endi
oyoqlarga gavda bilan egilib chap qo’l bilan
o’ng tavonni ushlaysiz, keyingi safar o’ng qo’l
bilan chap tavonni ushlaysiz va shu holni 20
martta qayta takrorlaysiz.
4 Yotgan holda oyoqlarni birlashtirib tepaga 45
gradus atrofida ko’tarasiz va shu holda 20
soniya muallaq holda ushlab turasiz so’ngra
tushurasiz. Vaqt o'tgan sari oyoqlarni ko'proq
ushlab turishga harakat qiling.
5 Otjimaniye (отжимание) qilganda qo’l
mushaklaridan tashqari pres mushaklariga ham
foydasi katta. Uni ham o’sish tartibida bajarish
kerak. Har kuni beshtadan qo’shib borib 50
tagacham chiqarib oling.
Agar yuqoridagi berilgan maslahatlarga amal
qilib ularni to’g’ri bajarsangiz press
mushaklaringiz 3 oyda rivojlanadi. Ammo
mutahassislar mushaklarni rivojlantirish uchun
kimyoviy dorilardan foydalanmaslikni tavsiya
qiladi. Bu maslahatlarimiz sizga azqotadi
degan umitdaman.
Просмотров: 4773 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama