01:28
Tuqqandan so'ng erkak va ayol munosabatlari: jinsiy aloqa

Tu'gishdan keyin ayollarda eriga
talpinishi (jinsiy aloqaga munosabati)
Ko'pchilik erkaklarga ayollarda
homiladorlik va emizish bilan bogliq
badanidagi o'zgarishlar yoqadi.
Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga
nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga
ehtiyoj) pasayib ketadi. Buning
sababi nima ekan?
Bu munosabat, aslida kuni bilan
bola bilan ovora bo'lgan onaning
charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy
aloqa haqida o'ylash u yoqda tursin,
"tezroq bolam uxlasa-yu, men ham
to'yib uxlab olsam" degan fikr ustun
bo'lib qoladi. Agar er uy
yumushlarining bir qismini o'ziga
olib, bolani parvarish etishda
xotinidan yordamini ayamasa,
bundan o'zi ham yutgan bo'ladi.
Ayollar esa biroz bo'lsada eriga
ahamiyat berishga, o'zida, uyda
romantik holatni yaratishga harakat
qilmog'i lozim. Albatta yotog'ingizni
hamma burchagida kir pelyonkalar
va pamperslar yoyilib yotsa, jinsiy
aloqa uchun yetarlicha sharoit
bo'lmaydi. Yana bir narsani
unutmaslik kerakki, ayollarda emizish
davrida jinsiy organlaridan jinsiy
aloqani yumshatuvchi maxsus
suyuqlik chiqishi sustlashadi. Bu esa
erkaklardan yanada katta sabr va
mehrni talab etadi. Agar erkakning
barcha harakatlari ham ayolda
lazzatlanish imkoniyatini yaratuvchi
suyuqlik ajralishiga olib kelmasa, u
holda sotuvda mavjud bo'lgan
maxsus lyubrikantlardan foydalanish
mumkin.
Tug'ishdan keyin ko'krak holati
Tuqqandan keyin ko'krak gormonal
o'zgarishlar tufayli ancha
o'zgarishlarga duch keladi. Uning
jismoniy holati ham o'zgarib
kattaroq bo'lib qoladi. Emizish
davrida bemalol jinsiy aloqaga
kirishish mumkin. Iloji boricha, jinsiy
aloqani emizish dan keyin yoki sutni
soqqandan keyin amalga oshirmoq
lozim. Shunda ko'krakda sut miqdori
kam bo'lib, aloqa jarayonida
to'kilishi kuzatilmaydi. Shuni
unutmang, sizning ayollik
go'zalligingiz ayni ona
bo'lganingizda ochiladi.
Tug'ishdan keyin homiladorlikdan
saqlanish
Eringizni sevib, sevilayotgan
paytingizda unutmang: emizikli ayol
bo'lishingizga qaramay, homilador
bo'lib qolish xavfi doim mavjud.
Agar barvaqt homilador bo'lishni
istamasangiz, u holda quyidagi
qoidalarga amal qiling:
Emizishni kuniga kamida 7-8
marta amalga oshiring. Ayniqsa
kechasi, uxlash paytidagi
emizishlarni yo'q qilmang;
Agar tuqqandan keyin oy ko'rgan
bo'lsangiz, u holda homilador
bo'lish xavfi ortadi;
Bu ikki qoida
tuqqandan keyin 6
oy ichida o 'z
saqlash qobiliyatini
namoyon qilishi
mumkin . Olti oydan
so' ng bu xususiyat
yo' qolib , emizishga
va oy
ko 'rmasligingizga
qaramay homilador
bo 'lib qolishingiz
oson bo 'ladi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda,
emizikli ayollarda homilador bo'lish
xavfi past bo'ladi, lekin amalda
baribir homilador bo'lib qolganlar
kam emas. Shuning uchun, agar
barvaqt homilador bo'lishni
istamasangiz, qo'shimcha saqlanish
usullaridan foydalaning.
Emizuvchi ayollar uchun saqlanish
usullari
Agar oldin saqlanishning kalendar
usulidan (ovulyatsiya kunlarini
aniqlab u kunlardan boshqa payt
jinsiy aloqaga kirishish) foydalangan
bo'lsangiz, bu usul tuqqandan keyin
mutlaqo mos kelmaydi. Chunki
tuqqandan so'ng oy kuni qachon
kelishini, uning uzunligini va
davomiyligini aniqlash uchun bir
necha oy talab etiladi.
Birinchi o'rinda saqlanish usuliga
prezervativlar kiradi. Bu eng oddiy va
eng xavfsiz saqlanish usuli
hisoblanadi.
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda saqlanish dorilarini ham
iste'mol qilish mumkin. Lekin ko'p
hollarda, bu dorilar ta'sirida sut
kamayib ketishi kuzatiladi. Saqlanish
usullaridan yana biri - bu spiral. Uni
tuqqandan so'ng 8 haftada
bachadonga o'rnatiladi. Yangi bir
saqlanish usuli bu implantlar.
Implantni teri ostiga joylab (ukol
yordamida) 3 oyga homiladorlikdan
saqlanish ta'minlanadi. Svecha,
plastir, maxsus qopqoqlar ham
mavjud bo'lib, ular bir oz qimmatligi
bilan noqulaylik tug'diradi.
Eng asosiysi, siz o'z oilangizga mos
usulini tanlab, er va xotin orasidagi
munosabatingiz tuqqandan keyin
yanada go'zallashishini va
takomillashib borishini, baxtli hayot
uchun ta'minlang.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 5934 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama