00:38
Erimga yoqmay qoldim!

Turmush davomida ayolda shunday
fikr paydo bo'lishi tez-tez uchrab
turadigan holat. Ayol turmush
o'rtog'i uchun o'zini yoqimsizdek his
eta boshlaydi. Bu katta muammo.
Sababi,
Birinchidan, ayol tabiatan yoqimli
ekanligini his etib yashashi kerak;
Ikkinchidan, eri uchun ayol
yoqimsiz bo'lib qolgan bo'lsa,
demak oilada munosabatlar dars
ketmoqda;
Uchinchidan, o'zini yoqimsiz deb
bilgan ayol haqiqatan yoqimli
ekanligiga ishonmay qoladi;
To'rtinchidan, eriga yoqmasligini
bilayotgan ayol o'zini kamstishni
boshlaydi va erining ko'zida
yanada pastroqqa tushadi;
Beshinchidan, "yoqimsiz" ayol
erining ko'plab aybiga ko'zini
yuma boshlaydi.
Haqiqatan ham ayol o'z turmush
o'rto'giga yoqimsiz bo'lib qoladimi?
Buning sababi nima?
Vaqt o'tib, erkak ham ayol ham
o'zgaradi. Ular bir-biriga mos
ravishda o'zgarib borsa, muammo
yo'q. Lekin, ba'zida er-xotin har xil
yo'nalishda va turlicha tezlikda
o'zgara boshlaydi yoki umuman
o'zgarmay yuraveradi. Mana shu
mutanosiblikning buzilishi
munosabatlarda muammolar keltirib
chiqaradi.
Erkak birdaniga xotinidan
o'zgarishini talab qilib qoladi. Unga
bo'lgan e'tirozlari ko'payib qoladi.
Ayolining jismoniy ko'rinishi,
gapirishi, o'zini tutishi, hidi, jinsiy
munosabatlardagi o'rni va hokazolar
yoqmay qoladi. Yoki undan yomoni,
hech qanday talab e'tirozsiz
xotinidan sekin-asta sovushni
boshlaydi.
Xotin barcha aybni o'ziga olib
o'zgarishga harakat qila boshlaydi,
lekin negadur o'zgarayotgan bo'lsa
ham, erining e'tirozlari
kamaymayotgan bo'ladi. Shunda u
o'zini aybdordek his etib boshini egib
erini yanada balandroqqa ko'tarib
qo'yadi.
Erkakning xotinidan ranjishiga nima
sabab bo'lishi mumkin?
Asosiylarida to'xtalib o'tamiz.
Boshqa ayolni sevib qolishi.
Agar erkakning xotinidan ranjishiga
sabab bu bo'lsa, u holda bu oddiy
hiyonat bo'lib, xotinida hech qanday
ayb yo'q. Qo'lidan kelsa, erini
qaytarib oladi, qo'lidan kelmasa,
erini yo'qotadi. Hiyonat tufayli eriga
yoqmay qolgan ayol qancha
urinmasin erining chetdagi "asal oyi"
davrida uning ko'ziga yoqimsiz bo'lib
ko'rinaveradi. Vaqt o'tishi kerak.
Chetdagi munosabatlardagi ehtiros
kamayganida xotini kurashishni
boshlasa bo'ladi.
O 'zbek ayoli erini
mehrini qozonish
uchun birinchi
navbatda ovqatni
yanada mazaliroq,
tortni yanada
kattaroq qilishga
harakat qiladi . Bu
yo' l maqsadga
erishishga yordam
bermaydi .
Qo 'shimcha " qurol"
sifatidagina
qo 'llanilishi
mumkin .
Biron tanishining ayoliga xavas bilan
qarashi.
Birovlarning xotiniga xavas bilan
qaraydigan erkaklar kam emas. Ular
shu qadar bo'sh va qo'rqoq bo'ladiki,
o'zi unday ayolga o'ylanishga
ma'naviy, jismoniy va psixologik
kuchi yetmaydi, yonidagi ayoli
shunday bo'lishi uchun imkoniyat
yaratib bermaydi va birovga xavas
bilan kifoyalanib yashaydi. Xotini u
ayolga o'xshamaganligi sabab unga
mehr bilan qaray olmaydi. Bunday
erkaklar xotini u uchun harakat
qilishiga, o'zgarishiga arzimaydi.
Ular haligi yoqimli ayolga munosib
bo'lishga harakat qilmaydilar-u,
nega xotinidan yuqori parametrlarga
ega bo'lishini talab qiladi? Xotini
qanchalik o'zgarmasin, harakat
qilmasin, o'sha qo'shnini ayoli
yoqimli bo'lib ko'ziga ko'rinaveradi,
ayoli yoqimsiz bo'lib, ayolida
qo'shimcha kamchiliklar topilaveradi.
Bunday erkak bilan o'zgarishga hojat
yo'q. Agar kuchi yetsa, o'zi birinchi
o'zgarsin, ana undan keyin xotini
unga munosib bo'lishini talab qilsin.
Erkak qanday bo'lsa, yonidagi ayol
aynan unga mos va munosib bo'ladi.
Bunday erkak bilan ayol o'zini
qadrini ko'tara olishi kerak.
O'zi o'zgarib ayolidan ham
yuksalishni kutishi.
Bu yuqoridagi ko'rinishning aksidir.
Bunda erkak ma'lum bir sabab
(moliyaviy, jismoniy va boshqa)larga
ko'ra ijobiy tomonga o'zgargan
bo'ladi. Bunday erkak yonida o'ziga
mos ayol bo'lishini istaydi va bunga
haqqi bor. Agar ayol eri haqiqatan
ijtimoiy yuksalganini his etayotgan
bo'lsa, u holda u ortda qolmay o'z
ustida ishlashi lozim. Eri ko'p kitob
o'qimoqdami, u ham adabiyotga
qiziqishi lozim. Eri jismoniy holati
yaxshiladimi, ayol ham o'z jismoniy
ko'rinishiga ahamiyat bermog'i
lozim. Eri katta uchrashuvlarga
bormoqdami, ayoli yonida munosib
ko'rinishda va muomilada bo'lishi
darkor. Bunday oilalar yuksalaveradi,
undagi farzandlar esa yangi ijtimoiy
cho'qqilarni zabt etadilar.
Ayoli keskin ravishda o'ziga qaramay
qolishi (vazni keskin oshib, soch va
yuzida ayollik isi qolmasligi va
hokazolar).
Bir nechta farzand tuqqan ayol qizlik
paytidan farq qilishi ajab emas.
Lekin 30-35 yoshida ayol 80kg
bo'lib, yuzini, sochlarini parvarish
qilmay qo'yib, tovonlari qotib ketib
yursa, hamma erkak ham bunga
chidashi oson bo'lmaydi. Ayol 20
yoshida ham, 70 yoshida ham o'ziga
qaragan bo'lishi muhim. O'zini yosh
ko'rsatish shart emas, lekin parvarish
qilinganligi bilinib turishi lozim.
Kiyimidan doimiy tarzda faqat yo'g
hidi kelib turgan ayol, hech bir
erkakka yoqimli ko'rinmaydi.
Ayolning o' ziga
qarashga vaqti
yetmayotgan bo 'lsa ,
eridan yordam
so' rashi kerak .
So 'rayolmaydigan ,
yordamni ola
bilmagan ayol eriga
yoqishi tobora
qiyinlashib
boraveradi . Erning
ko 'ziga stoldagi
tort, toza idishlar ,
supurilgan xovli
emas, ayolining
yuzidagi dog 'lari,
kiyimining kirligi,
sochidagi yog' isi
aniqroq bilinadi .
Erkak o'zidan ranjib, alamini
xotinidan olishi.
Bu holat ham ko'p uchraydi. Bunday
erkakning o'ziga bo'lgan ishonchi
kam bo'ladi. U o'zidan ich-ichida
nafratlanadi. Tayinli ish qilmaydi,
qo'lidan hech narsa kelmaydi. Mana
shu kabi erkaklar, o'zini
o'zgartirishni o'rniga, xotinini
kamsitishga o'tadi. Uni astoyidil
o'ziga qaramaydigan, o'zini
kamsitadigan, boshini ko'tara
olmaydigan ayolga aylantirib
qo'yadi. Yillar davomida xotinini
yerga uraversa, maqsadiga erishadi.
Natijada esa, boshi egilgan, o'ziga
qaramaydigan, kamsitilgan ayolni
ko'rib, o'ziga bo'lgan ishonchini
oshirib o'tiradi. Ayol bunday erkak
bilan sinmasligi kerak. O'z qadrini
bila olgan, o'zini seva oladigan, erka
bo'la oladigan ayol bunday vaziyatda
o'zi sinmay, balki erini ham
botqoqdan chiqara oladi.
Erkakda jinsiy muammolar paydo
bo'lishi (jinsiy ojizligining sababini
xotinidan izlaydi).
Erkak o'zida jinsiy ojizlikni his eta
boshlasa, negadur sababini tibbiy
muammoda izlamay, xotinidan
izlashni boshlaydi. Xotinining
qo'shincha 2-3 kilosi, soch rangi
yoki turmagini uning jinsiy ojizligiga
sabab deb biladi. Jinsiy ojizlikning
asosiy sababi tibbiy muammolardir.
Vaqtida davolangan kasalliklar jinsiy
ojizlikning oldini oladi.
Aynan shu ayolga uylanganidan
achinishi.
Erkak ota-onasining qistovi yoki
boshqa sabablar bilan bir ayolga
uylanadi. Lekin turmush davomida
unga hech mehri uyg'onmaydi. Yillar
o'tgan sayin xotini yoqmay
ketaveradi, erkak ham ajrashmay
shunday mehrsiz turmushni davom
etaveradi. Agar turmush qurishdan
oldin ayol eriga yoqmagan bo'lsa, u
holda turmush davomida uni mehrini
qozonishga harakat qilishi lozim.
Mehr qozonish uchun manti pishirish
shart emas, tili shirinlik, erkalik, o'z
qadrini bilish va albatta jisniy
munosabatlarning boyligi erkakni
mehrini qozonishda eng oson
yo'ldir.
Hayotda erkak ham ayoliga yoqmay
qolishi mumkin. Lekin bu holat
kamroq uchraydi. Asosan erkaklar
turmush davomida ayoliga e'tirozli
bo'lib qoladi. Buning sababi oddiy.
O'zbek ayoli o'z qadrini bilmaydi.
Qadrini bilgan ayolni erkak ham
qadrlaydi, unga e'tirozi ham kam
bo'ladi. O'zini kamsitadigan ayolni
esa kamsitish juda oson. Yerga
urish, ayblash bilan unday ayollarni
qo'lda ushlash oson.
Ayol qanchalik boshini baland tutsa,
boshini baland tutishiga o'zida
minglab sabablarni topa olsa,
yonidagi erkak ham xotinini yoqtirish
uchun shu sabablarni ko'ra oladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 4039 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama