00:44 Er-xotinning bahoriy kayfiyati | |
Bahorda nafaqat tabiat balki ayollar ham go'zallashadilar. Ayollar go'zallashadi, erkaklar quvonadilar. Mana shunday bahoriy tuyg'ulardan er-xotin o'z manfaatlarini ko'zlab foydalanishlari lozim. 1. Bahor kirib kelishi arafasida erkaklarda gipofiz keskin ishlashni boshlaydi. Bunga asosan kunning cho'zilishi natijasida qiyosh nurlarining ko'payishi sababchi bo'ladi. Gipofizning ortiqcha gormon chiqarishi testosteron jinsiy gormonining ham ortishiga olib keladi. Mana shu davrda ayol o'z eri uchun nihoyatda yoqimli va chiroyli bo'lishi kerak. Erkakning fiziologik manfaatlari o'z ayoli bilan shunda qondiriladi. 2. Oilada yig'ilib qolgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bahor ayni mos fasldir. Erkaklar o'z ayollaridan 8-mart kuni ajoyib sovg'alar berib kechirim so'rashlari mumkin. 3. Bahor kirib kelishi yangi orzularga intilishga ta'sir ko'rsatadi. Aynan shu davrda yaxshi niyatlar qiling, tabassum qiling va yaxshilik qiling. Yangi yil xursandchilik bilan boshlanadi. 4. Homilador bo'lishni rejalashtirgan yoki bahorda homilador bo'lgan ayollar farzandi go'zal bo'lishiga ishonishlari mumkin. Qadimgi grek olimlarining fikricha, bahorda go'zallik va tabassum ko'p bo'ladi. Bunday his-tuyg'ular orasida yurgan homilador ayolning farzandi go'zal bolar ekan. Homilador ayollar bahorda ko'p sayr qilishi, go'zal musiqa tinglashi va gullarni ko'p tomosha qilishi farzandlari juda chiroyli tug'ilishiga ta'sir ko'rsatar ekan. 5. Bahorda ba'zi erkaklarda kayfiyatsizlik holati ham yuz berishi mumkin. Bunga asosan qish kunlari quyoshning va vitaminlarning yetishmoqvchiligi sabab bo'ladi. Uyni bahoriy gullar bilan bezatib qo'ying. Er-xotin quyosh nurlari ostida ko'proq bo'ling. Vitaminga boy bahoriy ko'kat, sabzavot va mevalardan ko'proq iste'mol qiling. 6. Ayol bahor kabi ochilib ketishi kerak. Yasanib yuring, eringiz ko'zini quvontiring. Sizga yangi ko'z bilan qarasin, munosabatlaringizda yangi issiqlik uyg'onsin. 7. Bahorda ehtiroslar kuchayadi. Bu ehtiroslarni salbiy tomonga emas, yaxshilik sari yo'naltiring. So'nib qolgan er-xotin munosabatlarini uyg'oting. Bir-biringizga e'tiborliroq bo'ling. Erni ko'zini va dilini quvontirish uchun bahor ayni qulay davr ekanligini unutmang. 8. Qish kunlaridan so'ng organizmda vitaminlar yetishmaydi. Bahor kirib kelishi bilan shifokor bilan maslahatlashgan holda qo'shimcha ravishda vitaminlarni qabul qilish foydadan holi bo'lmaydi. 9. Bahor kunlari eringizga e'tiborliroq bo'ling. Mehr va tabassumga to'la ko'zlaringiz unga ishga ketayotganida xamroh bo'lsin. Ahir bu faslda sizdan tashqari ko'chada boshqa ayollar ham go'zallashgan. 10. Navro'z kunidan boshlab tun qisqarib kun uzayishni boshlaydi. Tundan unumli foydalanishni unutmang Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama