01:03
Yaxshiki, jinsiy munosabatlar mavjud!

O'zbekchilikda sovchi bilan turmush
qurish keng tarqalgan udum. Sovchi
bilan turmushga chiqqan yoshlar bir-
birlarini deyarli tanimaydilar desak
adashmaymiz. Ularning sevishib
turmush qurganlar bilan orasida bir
farq bor. U ham bo'lsa, jinsiy
munosabatga bo'lgan qarashi.
Agar sevishib turmush qurganlar
uchun to'ydan so'ng nihoyat
diydoriga yetib, bir-biriga to'yish
davri kelsa, sovchi bilan yoki
muhhabati hali kuchli bo'lishga
ulgurmagan juftliklarda to'ydan so'ng
bir-biri bilan tanishish, bir-biriga
o'rganish davri boshlanadi. Shunda
jinsiy munosabatlarning o'rni
qanday?
Bu davrda jinsiy munosabatlar eng
kerakli munosabatdir!
Bir-birini tanimaydigan, yaxshi
bilmaydigan yoki hatto befarq
bo'lgan juftliklarda hozir ularni
birlashtira oladigan yagona kuch
mavjud. U ham bo'lsa ehtiros. Undan
boshqa his- tuyg'u hozircha hali
yetilmagan deb hisoblasa bo'ladi.
Boshqa his tuyg'ular rivojlanishi va
juftlikni birlashtirishi uchun vaqt
talab etiladi. Ehtiros esa to'y
kunidanoq juftliklarga sherik bo'la
oladi.
Shunday ekan, yangi kelin va kuyov
turmushining ilk oylarida aynan shu
tuyg'uga berilib yashashlari lozim.
Ahir undan boshqa hech narsa hozir
ularni bunchalik birlashtira olmaydi.
Kelinlar kelinlik vazifani ustun
qiladilar, kuyov yaxshi o'g'il bo'lib
qolay deydi, qaynonaga yoqish,
xotinini tarbiya qilish kabi ikkilamchi
vazifalar birinchi o'ringa chiqib oladi.
Aslida esa kelin-kuyov uchun birinchi
vazifa jinsiy munosabatlaridan
bahramand bo'lishdir. Ahir mana shu
ozgina davr ularga aynan shu uchun
beriladi. Keyin homiladorlik yuzaga
keladi, farzandlar tug'iladi, ehtiros
kamayadi...keyin jinsiy munosabatlar
birinchi o'rinni egallay olmaydi.
Turmushning ilk oylarini jisniy
munosabatlarni rivojlantirishga,
yaxshilashga, o'rganishga qaratilgan
bo'lishi muhim. Shu orqali er-xotin
bir-biriga yaqinroq bo'la oladi.
Ba'zilar bu munosabatlardan bosh
tortadilar. Nega? Yaxshi ham shu
munosabatlar mavjud! Aks holda
yosh er-xotin umuman bir-birini
tomoniga qaramagan bo'lar edi.
Qaraganda ham, ko'ziga faqat uning
kamchiliklariyu, xatolari ko'rinib
turar edi. Lekin yaxshiyamki,
ularning ko'zlari ehtiros bilan bekilib
turadi.
"Sevaman" yoki boshqa shirin so'zlar
aslida hammasi jinsiy munosabatni
talab etuvchi mana shu ehtirosning
mevasi ekanligini unutmaslik lozim.
Haqiqiy sevgi hali oldinda. Hozir esa
ehtiros davridir. Demak, ehtiroslarni
qondirish kelin-kuyov oldidagi eng
muhim vazifa. Ana undan keyin esa,
qaynonaga kelin bo'lish, qo'shni
bilan chiroyli muomila qilish, uch
kunlik kirni yuvish va hokazolar
keladi.
Jinsiy munosabatlar borligidan esa
xursand bo'lish kerak. Turmushning
ilk davrida bu munosabatlar
bo'lmasa, yoki qoniqarsiz bo'lsa,
minglab tushunmovchiliklar paydo
bo'lishi ajab emas. Jinsiy
munosabatlarni a'lo darajada
bo'lishi, yangi turmush qurgan
juftlikda sevgi, bir-biriga o'rganish,
bir-birini tushunish, kechirish kabi
tuyg'ularni rivojlanishiga yordam
beradi.
Shuni unutmang ,
er, ertalab
supurilmagan
ko 'cha deb jahli
chiqmaydi, agar
buning sababi
ajoyib tun bo 'lgan
bo 'lsa ! Lekin jinsiy
munosabatlardan
er- xotin birdek
bahramand bo 'la
olmayotgan bo 'lsa ,
u holda hatto
ushatilgan non ham
janjal sababchisi
bo 'lishi hech gap
emas.
Hatto sevishib turmush qurganlarda
ham yaxshi ham jinsiy munosabatlar
mavjud. Bir-birini turmushda sinab
ko'rmagan juftlikni aynan shu
munosabatlar yarashtiradi, bir-biriga
talpintiradi, xatosini kechirishga
undaydi.
Jinsiy munosabatlardan yuz
o'girmang, uning borligidan xursand
bo'ling va uni yaxshilashga doim
harakat qiling. Shunday davrlar
keladi, bu munosabatlar o'z-o'zidan
so'nishni boshlab, ular o'rnini mehr,
farzandga bo'lgan e'tibor, ishonch,
muhabbat kabi tuyg'ular egallaydi.
Hozir esa hali erta! smile
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3900 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama