23:49
Yuz terisi uchun foydali niqoblar

Bahor kunlari yaqinlashgan sari
tabiat go'zallashadi. Ayol ham bahor
kunlari yanada go'zal ko'rinsa, ajab
emas.
Krem va losyonlar qanchalik qimmat
va reklama qilingan bo'lmasin,
baribir uy sharoitida tayyorlangan va
muntazam ravishda qo'llaniladigan
niqoblarga hech narsa yetmaydi.
Birinchidan, uy sharoitidagi vositalar
arzon, ikkinchidan, tabiiy,
uchunchidan samarali hisoblanadi.
Undan tashqari uy sharoitida
qilingan niqoblarda zararli kimyoviy
moddalar bo'lmaydi.
Oqartiruvchi niqoblar:
Yuzni oqartisih va yuz terisi rangini
tiniqlashtirish uchun eng yaxshi
vosita bodringdir.
Bodringni
qirgichdan
chiqarib , o 'z
holicha yuzga 15- 20
daqiqaga surtib
qo 'yamiz. So 'ng iliq
suvda chayib
tashlaymiz.
Ushbu niqobdan haftasiga 3 marta
foydalanilsa, yuz terisi rangi oqaradi
va tiniqlashadi.
Agar ter yo'gliq bo'lsa, u holda
quyidagi losyondan foydalansa
bo'ladi:
Bir dona bodringni
mayda to 'g 'rab
yarim stakan vodka
bilan qoplaymiz.
Yetti kundan so'ng yog'liq teriga ega
yuzni parvarish qilish uchun losyon
tayyor bo'ladi.
Oziqa beruvchi niqoblar:
Terini doimiy ravishda foydali
mikroelementlar bilan oziqlantirib
turish lozim. Buning uchun uy
sharoitida bizga quyidagi vositalar
yordam beradi:
Bir dona tuxum
sarig'ini olma yoki
sabzi sharbati
( mevadan sharbat
olish uchun uni
qirg 'ichdan
chiqarib dokaga
solib siqamiz ) bilan
aralashtiriladi va
yuzga 10- 15
daqiqaga suriladi .
So 'ng iliq suv bilan
yuvib tashlanadi.
Yana bir niqobni tayyorlash uchun
bizga tvorog yordam beradi.
Bir osh qoshiq
tvorogni 1 choy
qoshiq suyuq asal
bilan
aralashtiramiz va
yuzga 10- 15
daqiqaga surib
qo 'yamiz( Muhim!
Asalga allergiya
yo' qligini teriga
ozgina surib ko' rib
oldindan tekshirib
olish zarur ). So 'ng
iliq suvda yuvib
tashlaymiz.
Tozalovchi niqoblar:
Yuzni muntazam ravishda
yuvganimiz bilan, teri teshikchalari
orqali kirgan va yig'ilib qolgan kir
bunda ketmaydi. Shuning uchun
tozalovchi niqoblarni muntazam
ravishda yuzga qo'llash lozim.
Terini tozalash uchun eng yaxshi
vosita suli yormasi qo'shilgan
niqoblardir.
Bir osh qoshiq
maydalangan suli
yormasini 1 osh
qoshib sut bilan
aralashtirib yuzga
25 daqiqaga surib
qo 'yamiz. So 'ng iliq
suvda yuvib
tashlaymiz.
Terining ichki qatlamlarini tozalash
uchun bizga piling yordam beradi.
Piling- niqob: Bir
choy qoshiq guruch
kukunini (guruchni
kofemaydalagichda
kukun shakliga
keltiramiz) 1 choy
qoshiqda yarim-
yarim qilib
aralashgan asal va
limon sharbati bilan
qorimiz . Yuz
terisini ushbu
aralashma bilan
asta ishqalab chiqib
15 daqiqaga
qoldiramiz. So 'ng
iliq suvda yuvib
tashlaymiz.
Ushbu niqoblarni 1 oy davomida
navbatma-navbat qo'llasa, yuz terisi
rangi, holati va ko'rinishi
yaxshilanganligi shundoq namoyon
bo'ladi. Uy sharoitidagi niboqlarning
samarasi katta bo'lgani bilan, unga
ketgan mehnat va pul deyarli
sezilmaydi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 6825 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama