00:54
Ovulyasiya haqida bilish kerak bo'lgan narsalar

Har bir ayol ovulyasiya haqida
qandaydir ma'lumotga ega bo'lishi
kerak. Homilador bo'lish uchun u
juda muhim bo'lsa, homiladorlikdan
saqlanish maqsadida ham undan
xabardor bo'lish kerak. Ovulyasiya
haqida eng dolzarb savollarga javob
olamiz.
1. Nega men ovulyasiya kunlarini
bilishim kerak?
Ovulyasiya homilador bo'lish uchun
eng muhim davr hisoblanadi.
Normada ayolda bir hayz sikli
davomida o'rtacha 6 kun ichida
urug'lanish imkoniyati mavjud
bo'ladi. Aynan shu kunlarda jinsiy
aloqa yuz bersa, ayol homilador
bo'lish ehtimoli mavjud bo'ladi.
Ovulyasiya kunlarini bilish ayniqsa,
bepushtlik muammosi yuz berganda,
jinsiy aloqalar muntazam
bo'lmaganda, hayz sikli har xil
bo'lganida juda muhim bo'ladi.
Shunda homilador bo'lish uchun
barcha harakat aynan o'sha
ovulyasiya kunlariga qaratilgan
bo'lishi talab etiladi.
2. Qanday qilib ovulyatsiya
bo'layotganidan xabar topishim
mumkin?
Ba'zi ayollar o'zidagi gormonal
o'zgarishlarni kuzatish jarayonida
o'z ovulyasiya kunlarini ayta
oladilar. Bu o'zgarishlarga bel
og'rishi, qindan ko'proq suyuqlik
ajralishi va boshqalar kiradi. Lekin
bu alomatlar orqali ovulyasiyani aniq
belgilab bo'lmaydi.
Undan tashqari aptekada sotiladigan
ovulyasiya testlari va ultra tovushli
diagnostika ovulyasiya
bo'layotganini aniq ko'rsatishi
mumkin.
3. Bazal harorat nima degani?
Bazal harorat dumba kirish joyi
(anus) dagi haroratga aytiladi. Bu
haroratning o'zgarishiga qarab ham
ovulyasiyani aniqlash mumkin.
Chunki ovulyasiyaga sababchi
progesteron gormoni tana haroratini
oshiradi.
Bazal harorat orqali ovulyasiyani
bilish:
Har kuni ertalab o'rindan turmagan
holda o'z bazal haroratingizni
o'lchaysiz va bir joyga yozib
qo'yasiz. Ovulyasiya
yaqinlashayotganda shu harorat asta
ortishni boshlaydi. Aynan harorat
ortishidan 1-2 kun keyin siz
urug'lanish uchun moyilsiz. Harorat
oshishini prognoz qilish uchun bazal
harorat kamida 3 oy davomida
kuzatilib yozib borilishi kerak.
Shunda keyingi siklda taxminan
harorat ko'tarilishi kuzatilishidan
so'ng jinsiy aloqada bo'lish
homiladorlikka olib kelishi mumkin.
Haroratning ko'tarilgandan so'ng
pasayishi ovulyasiya o'tib
ketganidan dalolat beradi.
(Ko'tarilish va pasayish odatda
0.4-0.6 darajani tashkil etadi)
4. Ovulyasiya kunlarini bilib
homiladorlikdan saqlansam
bo'ladimi?
Ba'zi ayollar homilador bo'lmaslik
uchun ovulyasiya kunlarini bilib, shu
kunlarda jinsiy aloqa qilmaslikka
yoki shu kunlari qo'shimcha
saqlanish vositalaridan
foydalanishga amal qiladilar.
Afsuski, bu yo'l homiladorlikdan
saqlanish uchun qo'l kela olmaydi.
Chunki ovulyasiya sodir bo'lishi
organizmning umumiy gormonal
holatiga bog'liqdir. Hattoki,
asabiylashish ham rejadagi
ovulyasiya kunlarini o'zgartirib
yuborishi mumkin.
5. Ovulyasiya kunlarini kutib, aynan
o'sha kunlar oralig'ida jinsiy aloqada
bo'lsam, homilador bo'lishim
aniqmi?
Albatta homilador bo'lish uchun
ayolda ovuyasiya bo'lishi darkor.
Lekin undan tashqari erkakning
salomatligi, ayoldagi boshqa
gormonal holatlar va jinsiy
kasallliklar mavju bo'lmagani muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun
homiladorlikka tayyorgarlik
ko'rayotgan ayollar ovulyasiyaga
bog'lanib qolib fikri-xayoli uni
hisoblab, aynan o'sha kunlari
aloqada bo'lishni mo'ljallab stressga
tushmay, o'z hayotlarini har
doimgidek davom ettirishlari kerak.
Stress, ba'zida ovulyasiya
bo'lmasligini ham keltirib chiqaradi.
Ayol umuman ovulaysiya kunlarini
taxminan bilib, shunga muvofiq yo'l
tutishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Lekin erta-yu kech barcha harakatini
ovulyasyaini hisoblashga qaratib
yurgan ayollarda asabiylashish
kuchli bo'lib, homiladorlik yuz
berishiga ba'zida to'sqinlik qilishi
ham mumkin.
Manba: Uzbaby.UZ
Просмотров: 6085 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama