00:06 1 oylik chaqaloq-rivojlanishi | |
Bu davr bola hayotidagi boshlang'ich davr hisoblanadi. Bola 9 oy ona qornida bo'lib, dunyoga kelib u yerga moslashishni, ehtiyojlarini qondira olishni, talablarini eta bilishni o'rganadigan davr desak bo'ladi. Bir oyning oxiriga kelib bola buyumlarni bir necha soniya davomida kuzata oladi, tovushlarga ahamiyat bera boshlaydi. Ayrim baxtiyor ota-onalar farzandining birinchi tabassumini guvohi bo'lishga sazovor bo'ladilar. Bola rivojlanishi: Bir oylik chaqaloq: 1. Yig'laydi; 2. Gu-gulaydi; 3. Yotganda bachadonda yotgan holatidek yotadi; 4. Qo'l-oyoqlari prujinasimon, tortsangiz bukilgan holatga qaytati; 5. Boshini sal-sal ko'tara oladi; 6. Oyoqlarida tana og'irligini ushlay olmaydi; 7. Barmoqlari qattiq siqilgan bo'ladi; 8. O'yinchoqni ushlay olmaydi; 9. Uxlayotganda kuladi; 10. Baqiradi; 11. 20-25 sm uzoqlikda yaxshi ko'radi, lekin ko'rish darajasi past bo'ladi; 12. Kun tartibi yo'q bo'ladi; 13. Quchoqlasa yig'lashdan tinadi; 14. Qiliqlari asosan refleks asosida bo'ladi; 15. Allalaganni yaxshi ko'radi; 16. Yig'laganda emizishingizni yaxshi ko'radi; 17. Ota-ona ovozlarini eshitadi; 18. Cho'milishni yaxshi ko'radi. Manba: uzbaby.Uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama