22:13
Ko'krak sutini to'g'ri sog'ish va saqlash

Emizish davrida bola yoki onaning
kasalligi tufayli, dori ichish kerakligi uchun, onaning
ishga yoki yo'lga borib kelishi uchun
va boshqa holatlarda onalarda
ko'krak sutini so'gib olib qo'yish
ehtiyoji tug'iladi. Qolaversa,
ko'pchilik onalar ishga chiqib ketadi,
lekin bolajonini ko'krak sutidan
ajralishini xohlamaydilar. Shuning
uchun ko'krak sutini sog'ish va
saqlash tamoyillarini bilmoq lozim.
Ko'krak sutini qo'lda va maxsus
asbob orqali sog'ish mumkin.
Kimgadir qo'lda sog'ish ma'qul
kelsa, kimdir asbob orqali sog'adi.
Asboblarning qulayligi shundaki,
bunda onaning qo'li bo'sh bo'lib,
charchamaydi. Lekin qo'lda sog'uvchi
onalarning aytishlaricha, ularga
asbob noqulay bo'lib, ko'krakni
og'ritishi mumkin. Opa-singil,
dugonalardan surushtirib o'zingizga
qulay usulni tanlang.
So'g'ishni endi-endi o'rganayotganingizda sut juda kam chiqadi, lekin kuyunmang, borib-
borib qo'lingiz ancha o'rganib, bir
so'gishda 200 ml ga yaqin sut
bemalol sog'ib olasiz.
Ko'krak sutini to'g'ri sog'ish va
saqlash uchun:

Ishlayotgan onalar
ish tufayli farzandingizni emizish dan
chiqarishga shoshilmang . Ishlab
turib ham emizish da davom
etish mumkin .


1. Sut saqlanadigan idishlar toza va
sterillangan bo'lmog'i kerak.
2. Sut sog'ishdan oldin qo'llaringizni
yaxshilab yuving.
3. Sut saqlashda bolaga zararsiz
plastik yoki shisha idishlaran
foydalaning.
4. 120 yoki 180 ml idishni 60 ml
gacha to'ldiring, chunki muzlaganda
qo'shimcha joy bo'lishi kerak.
5. Idish ustiga sut sog'ilgan vaqtini
yozib qo'ying.
6. Ko'krak sutini xona haroratida 6
soatgacha saqlash mumkin, lekin
iloji boricha xolodilnikda saqlang.
7. Xolodilnikda ko'krak suti 5 kun
saqlash mumkin, muzlatgichda esa 2
haftagacha.
8. Xolodilnikdagi sut bola uchun
muzlatgichdagi muzlagan sutdan
ko'ra foydaliroq, shuning uchun agar
2-3 kun ichida sutni ichirsangiz
muzlatmang.
9. Muzlagan sutni mikroto'lqinli
pechda, duxovkada yoki gaz ustida
eritish mumkin emas.
10. Muzlagan sutni eritish uchun iliq
suvli tog'arachaga vertikal qo'yib
eritish kerak, sut erigan sari idishni
aylantirib turing, isitib yubormang
(badan haroratida bo'lishi kerak).
12. Eritilgan sutni qayta
muzlatmang, ichmay qolinsa, tashlab
yuboring.
13. Sutni olib yurish uchun maxsus
muzlatgich sumkalardan
foydalaning.
14. Rangi, hidi yoki mazasi o'zgarib
qolgan sutni bolaga bermang.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 3622 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama