16:58 Naushnikning Zarari! | |
Naushnikning zarari! Bilib oling. Kundalik hayotimizda har bir buyumning o’z o’rni bor. Ba’zilari hayotimiz uchun zarur, boshqalari esa hayotimiz, sog’lig’imiz uchun zararli buyumlardir. Texnika kundan-kunga rivojlanib, biz uchun qulay bo’lgan yangidan-yangi buyumlar ixtiro qilinyapti. Shular jumlasidan kompyuter, uyali telefon, player, naushniklarni misol qilib olishimiz mumkin. Xo’sh, bu buyumlar bizning hayotimizda qanchalik muhim ro’l o’ynaydi? Bugungi kunimizni uyali telefonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Katta-yu kichikda telefon. Hatto maktab o’quvchilarida ham. Kompyuter, uyali telefondan uzoq vaqt tinimsiz foydalanilganda, uning inson hayoti uchun zararli tomonlar haqida ko’p marotaba so’z yurutildi. Lekin uyali telefon naushnigining ham zararli ekanligini bilasizmi? Naushnik uyali telefondan kelayotgan radiatsiyani kamaytirar ekan. Lekin bu moslamadan noto’g’ri foydalanish oqibatida esa eshitish organlariga zarar yetadi. Odam qulog’i sog’lom bo’lganida 10-15 detsibel tovushlarni payqay oladi. Aslida barglar to’kilayotganda 20, sekin ovoz bilan so’zlashganda 20-30, soat chiqqillashida 30, suhbat jarayonida 30-35 detsibel tovush hosil bo’ladi. Uyali telefon naushnigida esa 120 detsibel tovush hosil bo’ladi. Bunday baland tovush nafaqat eshitish organiga, balki asab tizimlariga ham yomon ta’sir ko’rsatadi. 90 detsibeldan baland bo’lgan tovush eshitish, asab tizimida joylashgan tolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi. Bu asab tolalari 30 mingtani tashkil etib, juda baland tovushda 25 foizi halok bo’ladi. Tolalarning yarmidan ko’pi halok bo’lsa, inson kar bo’lib qolishi ham mumkin. Uyali telefon naushnigi orqali musiqa eshitishga mukkasidan ketgan bolalar avvaliga yaxshi eshitmayotganligini sezmasligi mumkin. Ularga baland ohangda gapirmasangiz eshitmaydi, suhbatjarayonida esa bitta gapni bir necha bor takrorlashingizga to’g’ri keladi. Agar siz shunday holatni sezsangiz dar hol quloq doktoriga murojat qilishingiz kerak. | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama