13:04 Bayram oldidan ozish | |
Bu dieta 1 oylik hisoblanadi. Afsuski uning natijasi uzoq vaqt saqlanib qolishi qiyin, lekin bayram arafasida chiroyli ko'ylakni kiyish maqsadida ushbu dieta orqali ozish imkoniyati katta. Oyning 1 - haftasi Birinchi nonushta: 1 choy qoshiq asal solingan iliq sut bilan qurutilgan nondan bir bo'lak. Ikkinchi nonushta: 1 stakan choy bilan sariyog' surtilgan va salat bargi qo'yilgan 2 dona qora non. Tushlik: Baliq, 2-3 dona qaynatilgan kartoshka, limon sharbati va zaytun yog'i solingan salat barglari. Oradagi tushlik: 2 dona pomidor va toman sharbati yoki 2 dona meva va uning sharbati. Kechki ovqat: 1 stakan qatiq bilan 2 bo'lak qora non. Oyning 2 - haftasi Birinchi nonushta: 1 choy qoshiq asal solingan iliq choy bilan 1 bo'lak qora non. Ikkinchi nonushta: Qaynatilgan go'sht qo'yilgan ikki bo'lak qora non, pomidor va 1 stakan choy. Tushlik: Go'shtli 2 dona kotlet, sabzili salat, kisel Oradagi tushlik: Meva yoki 1 stakan qatiq. Kechki ovqat: 1 stakan choy bilan ikki bo'lak pishloq. Oyning 3 - haftasi Birinchi nonushta: Bir piyola kofe bilan asal surtilgan 1 bo'lak qora non. Ikkinchi nonushta: 1 stakan qatiq, pishirilgan tuxum, sariyog' surtilgan 1 bo'lak qora non. Tushlik: Pishirilgan guruch, 1 stakan sho'rva, dimlangan qo'ziqorin yoki go'sht, dimlangan 2 dona olma. Oradagi tushlik: Mevalar, suxarik. Kechki ovqat: 1 stakan sut, tvorog, olma. Oyning 4 - haftasi Birinchi nonushta: Bir piyola choy va asal surtilgan suxarik. Ikkinchi nonushta: Sariyog' surtilgan va pishloq qo'yilgan 2 bo'lak non va 2 dona olma. Tushlik: Dimlangan tovuq va sabzavotlar, ko'k salat, kisel yoki sharbat. Oradagi tushlik: Sabzi sharbati, pechenye. Kechki ovqat: 1 stakan qatiq bilan 1 bo'lak non. * Ovqatlanish vaqti: Birinchi nonushta - 7:00-8:00 soat orali'gida Ikkinchi nonushta - 10:00-11:00 soat oralig'ida Tushlik - 13:00-14:00 soat oralig'ida Oradagi tushlik - 16:00-17:00 soat oralig'ida Kechki ovqat - 18:00-19:00 soat oralig'ida ** Bir o'tirishda yeyish porsiyasi 200-400 grammni tashkil qiladi. *** MUHIM! Ushbu dieta oshqozoni kasal insonlarga qat'iyan man etiladi va undan 1 oydan oshiq foydalanish mumkin emas.. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama