13:10 Semirish va ayol salomatligi | |
Ozishni istaganlar ko'p, lekin haqiqiy natijalarga faqat ba'zilar erisha oladi. Tez muddatda dori vositalar yordamida yoki och qolish yo'li bilan ozayotganlar katta xato qiladilar. Birinchidan, bu organizmga qattiq zarba keltiradi, ikkinchidan, bunday yo'l bilan yo'qotilgan vazn tez orada o'z o'rniga qaytadi. Chunki tez ozish natijasida organizmda yog'lardan tashqari suv, mushak massasi va uglevodlar miqdori ham kamayadi, ketgan yo'g' o'rni esa bo'sh qoladi, natijada ushbu bo'sh qolgan to'qimalar yana yog' bilan qoplanib olishga harakat qiladi. Undan tashqari har xil dietalar natijasida mushak massasi o'zgaraverib yurak kasalliklarini va qandli diabet kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Yuqoridagi salbiy oqaibatlardan xoli bo'lish uchun kuniga 5-6 marta, lekin kichik miqdorda ovqatlanish tavsiya etiladi. Vazn yo'qotilgandan so'ng esa, yeyish porsiyasini oshirmagan ma'qul. Yana bir ayyorlik-bu oshqozonni aldash. Ya'ni oshqozonga to'qlik hissini berish. Bunga yengil sho'rvalar, sabzavotli pyure, yog'sizlangan sut mahsulotlari, qaynatilgan jigarrang guruch va tabiiy sharbatlar yordam beradi. Undan tashqari ovqatlanishdan oldin ichib olingan 1 stakan iliq suv to'qlik hissi tezroq kelishini ta'minlab beradi. Vazn yo'qotayotganda nafaqat ozish balki chiroyli ozish kerak. Buning uchun jismoniy mashg'ulotlar sherik bo'lishi darkor. O'ta og'ir mashg'ulotlar talab etilmaydi. Lekin kuniga 1 soat davomida havoda yurish, asta chopish, jismoniy mashg'ulotlar bajarish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yapon olimlarining fikricha, kuniga 10 000 qadam bosib o'tish ozish uchun eng yaxshi vosita. Ozayotganlarga ko'pincha oqsillik dieta tavsiya etiladi. Lekin oqsillik dieta natijasida organizmdan suv ko'p miqdorda chiqib ketadi. Ayollarda bu holat tez ajin tushishida namoyon bo'ladi. Undan tashqari organizm ko'p suv yo'qotishi buyrak va jigarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Quyidagilarni bilib qo'yish foydali: Uglevodlar (un va yorma mahsulotlari, shirinliklar, shakar) - eng asosiy energetik modda. Ular vazn oshishiga asosiy sababchidir. Ozmoqchi bo'lganlar uglevodlar miqdorini kamaytirishi lozim. Oqsillarning yetishmovchiligi soch holatida salbiy namoyon bo'ladi. Shakar semirtiradigan uglevod bo'lgani bilan miya ishlashi uchun zaruriy modda. Bu haqda talabalar, aqliy mehnat vakillari unutmasligi kerak. Tuz organizmda suvni ushlab qoladi natijada buyrak va yurak faoliyati zo'riqadi. Ozish davomida tuzning miqdorini kamaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoshi 35dan oshgan ayollarda barcha dietalar oqibati yuz terisida namoyon bo'lib, ajinlar soni tez ko'payib ketishiga olib keladi. Dieta davomida yetarlicha boshoqli mahsulotlardan iste'mol qilish zarur. Ular yordamida soch va teri holati yaxshilanadi. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama