18:15
O‘zbekchasini unutganlar uchun mitti lug‘at

So‘zlashuv tilida juda ko‘p
o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan
so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar
egallab olgan. Aslida, bu
so‘zlarning soddaroq, qisqaroq,
tushunarliroq o‘zbekcha shakli
bor. Lekin negadir begona
so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa
ongimizga shu qadar singib
ketganidan qanday holga tushib
qolganimizni sezmaymiz ham.
Taqvimning bu galgi soni til
mavzusiga bag‘ishlangani bois
shunday so‘zlardan ayrimlari
uchun kichik bir lug‘at tuzdik.
Ba’zilar lug‘atimizdagi so‘zlar
yanglish yozilibdi, ruscha imlosi
boshqacha bo‘ladi, deb e’tiroz
bildirishi mumkin. Bu e’tiroz
o‘rinsiz. Chunki biz o‘zbekmiz,
o‘zbekcha talaffuz qilamiz. Shu
sababli tilimizdagi begona
so‘zlarni ham o‘zbekcha imloda
beramiz.

Avans – bo‘nak.
Aklad – oylik, maosh.
Balnisa – kasalxona, shifoxona.
Brat – aka, akaxon.
Vapshe, obshe – umuman. Aslida
“umuman” so‘zini ham iloji
boricha kam ishlatgan ma’qul.
Golubsi – do‘lma.
Da (telefon ko‘tarilganda) –
eshitaman, labbay. Yoki xalqaro
“alo” so‘zini ham ishlatish
mumkin.
Izdivatsa qilmoq – ustidan
kulmoq.
Kanikul – ta’til.
Kapcho‘niy – dudlangan, qoq, sur.
Karochi – qisqasi.
Koja – teri, charm, ko‘n.
Mazgi – miya.
Malades – yashang, yasha,
yashavor. Eskilar bu so‘z o‘rnida
“barakalla” degan so‘zni
ishlatishar edi.
Marazilnik – muzlatgich.
Mashennik – firibgar, qallob.
Medsestra – hamshira.
Mo‘shniy – kuchli, zo‘r.
Narmalni – tuzuk, yaxshi, durust,
chidasa bo‘ladi. Juda shu so‘zga
mehr-muhabbatli bo‘lgan kishi
“normal” deb ishlatishi ham
mumkin. Har holda ruscha
qo‘shimchasiz bo‘ladi.
Naski – paypoq.
Otdix – dam olish.
Pashti – deyarli.
Popkorn – oqtelpak, bodroq.
Prayezd – kira haqi, yo‘lhaqi.
Propka – tiqilinch (yo‘l); tiqin
(idishda).
Rayo‘n – tuman. Bu so‘z yoshi
kattalar orasida hali-hanuz
ishlatilyapti.
Salyo‘niy – tuzlangan, tuzlama,
sho‘r.
Svejiy – yangi.
Svet – chiroq.
Subotnik – shanbalik. “Hashar”
deyilsa, tamoman o‘zbekcha
bo‘ladi.
Travma – jarohat.
Uje – bu so‘z alohida so‘z bilan
tarjima qilinmaydi,
qo‘shimchalardayoq ma’nosi
ifodalanadi. Masalan, “Uje
keldim” deyish o‘rniga “kelib
bo‘ldim” deyiladi.
Uspet qilmoq – ulgurmoq.
Xalades – ilvira, ilkillama. Bu
taomning o‘zbekcha nomini
ayrim yoshi katta kishilargina
bilsa kerak.
Xaladilnik – sovutgich.
Chtobi – uchun. Masalan, “Men
atayin to‘liq gapirib berdim.
Chtobi sen tushungin”. Men
tushunishing uchun to‘liq aytdim,
deyish qisqa, lo‘nda, o‘zbekcha.
Ekanom qilmoq – tejamoq.

Bu kichik lug‘atni yana to‘ldirish
mumkin. Balki hozir yuqoridagi
so‘zlarni o‘qib turib, u so‘z qolib
ketibdi, bu so‘z qolib ketibdi, deb
o‘ylagandirsiz. Qaysidir so‘zlar
xayolga kelmagani aniq.
Aziz vatandosh! Biz o‘zbekmiz,
shu yurt farzandimiz. Boshqa
barcha tillar va millatlarga hurmat
saqlagan holda eng oldin
o‘zimizni, o‘z tilimizni, o‘z
millatimizni hurmat qilishimiz
kerak. O‘zini hurmat qilmaganni
boshqalar hurmatlashi amri
mahol.
Begona so‘zlardan qutulishga
harakat qilib ko‘ring. To‘g‘ri,
boshida sal g'alati tuyulishi
mumkin. Lekin bu ishni kaneshna
uddalay olasiz. masalan men srazi
o'rgandim (Xazil) smile
Manba: Oriftolib.uz
Просмотров: 1900 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama