18:30 Bo'y o‘sish nimaga bog‘liq? | |
Ko‘pchilik ota-onalar farzandi o‘smayotanidan xavotirga tushadi. Lekin ko‘p holatlarda bu o‘rinsiz bo‘lib chiqadi. Chunki ozgina vaqt o‘tishi bilan bola tezlik bilan o‘sib ketadi. O‘sish jarayoni ma’lum qonun-qoidalarga asoslanadi. Eng tez bo‘y cho‘zilishi hayotning birinchi yilida kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bo‘yi o‘rtacha 48 – 50 sm ni tashkil etadi. Bir yil davomida u 25 sm ga o‘sadi. Demak, 75 sm ga yaqin bo‘yga ega bo‘ladi. Yildan yilga uning o‘sishi pasayib boradi. Bola ikkinchi yili 8 – 12 sm ga, uchinchi yili 10 sm ga cho‘ziladi. Keyingi yillarda o‘sish 4 sm ga tushib qoladi. Sog‘lom bolalar o‘sish davrida “sakrash” bosqichini bosib o‘tadi. Bu tabiiy holat bo‘lib, birinchi sakrash 4-5 yoshlarda kuzatiladi. Ikkinchi sakrash esa balog‘at davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalar juda tez, xuddi ikki yoshliklaridagidek yiliga 8 – 10 sm ga o‘sadi. Qizlarda bu 1 – 2 yil oldin sodir bo‘ladi, lekin o‘g‘il bolalar bo‘y borasida keyinchalik qizlarni orqada qoldirib ketadi. Sakrash paytida bolalar o‘zini yomon his qila boshlaydi. Chunki muskullar, ichki organlar bolaning bo‘yiga yarasha ishlay olmaydi. Buning natijasida bolada diskomfort – lanjlik yuzaga keladi. Bu davrda ota-onalardan alohida e’tibor talab qilinadi. Bolada jiddiy holatlar yuzaga kelganda albatta mutaxassisga ko‘rsatish zarur. Bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa g‘ovlab ketar qabilida ish tutish yaramaydi. Vrach ham kelajak avlod masalasini hal qilayotganini anglay bilishi kerak. Noto‘g‘ri tashxis yoki maslahat butun bir insonning fojiasiga olib kelishi mumkin. Bola bo‘y borasida kimga tortayotganini qanday aniqlash mumkin? Buning hech bir qiyin joyi yo‘q. Bola birinchi o‘rinda ota- onasiga mos bo‘yga ega bo‘ladi. Odatda, bolalar dadasiga, qizlar onasiga o‘xshaydi. Agar ota-ona novcha bo‘lsa bola ham baland bo‘yli bo‘ladi, aks holatda buning teskarisini kuzatish mumkin. Bola katta bo‘lganda qancha bo‘yga ega bo‘lishi mumkinligini aniqlash formulasi mavjud. Buning uchun ota-onaning bo‘y o‘lchamlari qo‘shiladi va ikkiga bo‘linadi. Chiqqan natijaga o‘g‘il bolaning bo‘yi va 6,5 qo‘shiladi. Qizlarda esa 6,5 ayriladi. Oxirgi yig‘indi bolaning bo‘yini ko‘rsatadi. Lekin bu hamma holatlarda ham to‘g‘ri chiqavermaydi. Masalan, og‘ir mehnat bolaning o‘sishini sekinlashtirishi mumkin. Lekin mehnat bilan shug‘ullanmaslik aqliy va jismoniy rivojlanishga qusur yetkazadi. Yana bir masala. O‘n-o‘n besh yilcha oldin ayrim “madaniyatli” olimlar beshik bolaning sog‘ligiga zarar ekani to‘g‘risida “tarbiyaviy soat” o‘tkazgandi. Go‘yo o‘zbeklar asrlardan buyon foydalanib kelgan beshik koni zarar emish. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: axir, o‘zbek xalqining dunyo tan olgan daho farzandlari ham bir paytlar beshikka belangandir?.. Nega bu “dono gap”ni aksioma sifatida qabul qilish kerak? So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bola yoshligida yotqizib qo‘yilsa o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, o‘sish gormonlari uyqu paytida ajralsa bola yaxshi rivojlanadi. Orifjon Madvaliyev Manba: OrifTolib.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama