02:08
Nikohdan oldin bilish kerak bo’lgan 6 ta kerakli maslahat

Nikoh-chegaralarni bir turidir.
Bu hisni chinakamiga
bilmaganlar buni nima
ekanligini hech qachon
anglamaydilar. Buni anglaganlar
esa boshqalar bilan tajriba
almashadilar. Bugun
Gooper.uz’da nikohdan oldin
bilish kerak bo’lgan 6
maslahatni e’tiboringizga
taqdim etamiz. Marhamat!
1. Hamkorlar orasida
muhabbat bormi?
Yo’q va yana bir bor yo’q.
Turmush o’rtog’ingiz sizni
farzandingiz emas. U ancha
oldin katta bo’lgan va shaxs
sifatida shakllanib bo’lgan.
Aynan u bilan yashash, oila
qurish va farzandlarni
tarbiyalash kerak. Uning
tomonidan umr davomida sizga
bo’lgan muxabbatini kafolatlash
mumkin emas. Hayot davomida
turmush o’rtog’ingiz sizga
yoqmasligi mumkin, lekin
qalbingizda unga nisbatan
muhabbat hissi jo’sh urib
turadi. Hayotda har-xil o’zaro
tushunmovchiliklar,
qiyinchiliklar bo’lib turishi tabiiy
hol va sizga bu holatda
turmushingiz buzilishi
to’g’risida hayollar kelishi
mumkin. Muhabbat bu tayyor va
doimiy natija emas. Turmush
ustida doimiy va muntazam
mehnat qilib bir-biringizni
tushunib muxabbatga erishish
mumkin. Bu narsani anglab
yetganingizda bir-biringizga
bo’lgan tuyg’u yanada
kuchayadi. Va har-xil hayotiy
holatlarda ham o’z oilangizni
saqlab qolish hissi hosil bo’ladi.
2. Farzand tug’ilgandan
so’ng eng murakkab
damlar — bu birinchi ikki
yillikdir.
Har bir oila farzandli bo’lishni
orzu qiladi. Ammo farzandning
dunyoga kelishi hayotingizni
butkul o’zgartirib yuboradi.
Oilada bo’ladigan mojorolar
oldingidek hal bo’lmaydi, siz
uyquga to’ymaysiz, hayol va
fikrlaringiz o’zgaradi. Bu vaqtda
bu o’zgarishlar vaqtinchalik
ekanligini anglash juda muhim.
Bir — biringizga qo’pollik
qilmay, avvalgi shirin kechikkan
damlaringizni eslab, farzand
ko’rishni qanchalik
xohlaganingizni eslang.
3. Jinsiy hayot ikkinchi
darajali bo’lib qoladi.
Jinsiy hayotga bo’lgan hislar
so’nib boradi. Uni
hayotingizdan yo’q bo’lib
ketishiga yo’l qo’ymang.
Ruxshunos bilan maslahat
qiling, oldingi hayot tarzingizni
shirin damlarini yodingizdan
chiqarmang. Bir biringizga
sovuqqonlik bilan qaramang, bu
holat orangizga sovuqlik
tushurishi mumkin. Bir -
biringizga mehrli bo’ling va
avvalgi hayot tarzingiz yana o’z
holiga qaytishini ta’kidlang.
4. Turmushingizni shirin
damlar bilan to’ldiring.
Ba’zida munosabatlar yoqimli
so’zlar bilan yanada
go’zallashadi. Shirin so’z bir-
biringizga bo’lgan munosabatni
yaxshilaydi. Turmush
o’rtog’ingiz yoqtiradigan
ta’omni pishirib, birga iste’mol
qiling. Har doim shirin so’z
bo’ling, bu hol oilani
mustahkamlaydi. Baxtli oila
tinimsiz mehnat poydevoridir.
5. A’loqa ustida
muntazam ishlash kerak.
Oilani saqlash hikmati: er va
xotinning bir-biriga yaxshi
munosabati asosida tashkil
topadi. Agar er harakatda bo’lib
ayol harakatda bo’lmasa bu oila
parokanda bo’ladi. Hamisha
hamjihatlikda bo’lish kerak, bir-
biriga beoqibat bo’lmay xato va
kamchiliklarni birgalikda
to’g’irlashga harakat qilib
yashash kerak. Agar shularga
amal qilinsa oilada tinchlik va
totuvlik hukmron bo’ladi.
6. Oilani saqlashda o’z
xissangiz haqida
talashmang.
Oilaning har bir a’zosi bir-
biridan holi mehnat qiladilar. Bu
holatni ular ko’rmasliklari
mumkin va buni yuzlariga
solmasliklari zarur. Bu qarama-
qarshilikda g’olib va mukofot
yo’q, faqat mag’lub bor.
Majburiyatlar baravar
taqsimlanadi, lekin ular har-xil.
Er pul topadi, uy ishlari bilan
kam shug’ullanadi. Ayol esa
ishlamaydi lekin uy yumushlari
va farzand tarbiyasi bilan
shug’ullanadi. Agar bir-
biringizni bu yumushlaringizni
qisman o’zingizga olsangiz va
bir-biringizni qilgan ishingizga
minnatdorchilik bildirsangiz
oilangiz yanada tinch va totuv
bo’ladi. E’tiboringiz uchun
raxmat.
Mirmuhammad Ergashev,
Manba: Gooper.uz
Просмотров: 11842 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama