02:12 Erkaklarning ayollarga xush yoquvchi salbiy xususiyatlari sanab o`tildi | |
Buyuk Britaniya, Finlyandiya va polshalik psixologlar erkaklardagi qaysi xususiyatlar ayollarga ko`proq yoqishi yuzasidan tadqiqot o`tkazishdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabariga asoslanib �Darakchi� ma’lumot berdi. Tadqiqot natijalari Evolution and Human Behaviour jurnalida chop etildi. Mutaxasislarning fikriga ko`ra, ayollarga erkaklardagi bir qator salbiy jihatlar xush yoqadi. Shunday qilib, bu salbiy xususiyatlar narsissizm, makiavellizm va psixopatiyada namoyon bo`ladi. Narsissizm o`z ichiga kalondimog`lik, g`urur, o`zini haddan ziyod yaxshi ko`rish kabi jihatlarni o`z ichiga oladi. Makiavellizm tushunchasining zamirida manipulyasiya, yolg`onchilik va o`z qiziqishlariga haddan ziyod berilish kabilar yotadi. Psixopatiya esa yuraksizlik, shafqatsizlik, xudbinlik, jahlning tez-tez namoyon bo`lishi kabi jihatlarni o`z ichiga oladi. Psixologlarning fikriga ko`ra, ayollar aksariyat hollarda gavdali va keng yuzli erkaklarni yoqtirib qolishadi. Bunday tashqi ko`rinishga ega bo`lgan erkaklar esa yuqorida sanab o`tilgan salbiy xususiyatlardan kamida ikkitasiga ega bo`lishadi. So`rovnomada 2370 nafar ayol ishtirok etgan. Psixologlar salbiy jihatlarga ega bo`lgan erkaklarning suratlari ko`rsatilib, ulardan birini tanlash so`ralgan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama