02:03
Er-xotinlar orasidagi farq necha yosh bo’lishi kerak

Er-xotinlar orasidagi yosh farqining eng maquli
3-5 yosh yoki undan kamrog’i hisoblanadi. Agar
bu farq 10 va undan ortiq yosh bo’ladigan
bo’lsa, bu har ikkalasi uchun ham muammolar olib
kelishi aniq. Agar sizlar erkin fikrlovchi insonlar
bo’lganingiz bilan ham yaqinlaringiz boshlarida
boshqacha o’y-hayollar tug’ilishi tayin. Yosh
orasidagi farq sizning muhabbatingizga
to’sqinlik qilmasligi uchun bir necha oddiy
qoidalarga rioya qilganingiz foydadan holi
bo’lmaydi.

Bir-biringiz bilan rostg’oy bo’ling
Hamisha muammo borligini tan olishni o’rganing.
Yosh orasidagi farq muhim ahamiyatga ega.
Agar biringiz farzand ko’rishni xohlasa,
ikkinchingiz esa buni xohlamasa (uni yoki uning
farzandi bo’lsa yoki bu qarorga avvaldan kelgan
bo’lsa) bu masalani avvaldan kelishib oling.
Bundan tashqari, sizning juftingiz ancha yoshi
katta bo’lganligi sababli bir necha yildan so’ng
keksayib qolishini anglang. Buni aytish qiyin
bo’lsada, haqiqatdan ham shunday bo’lib
chiqishini unga ta’kidlab o’tishni unutmang.
Bilingki munosabatlarda rostg’oylik bo’lgani
oilani mustahkam bo’lishiga sababchi ekanligini
unutmang.

O’z oilangiz vakillarini qat’iy
fikrlarini tinglashga tayyorlaning
Oilangiz vakillari sizni tanlovingizni oqlashi yoki
qoralashi haqida fikr yurgazing. Ko’pgina
insonlar turmush quruvchilar orasidagi yosh
farqiga ahamiyatli bo’lib, bu ishlarni noto’g’ri
deb baholashlari mumkin. O’zingizning
tanlovingiz haqida oila a’zolaringizga xabar
berish bilan birga, ularning tanqidiga ham tayyor
turing. Baxtli bo’lish o’zingizni qo’lingizda,
agar siz baxtli bo’lsangiz, juftingiz ham baxtli
bo’lishini o’ylang.

E’tiboringizni o’zgalar xulosasiga
ahamiyat bermaslikka o’rganing
“Unga faqat pullari kerak”, “vaqt o’tishi bilan
uning aqli kirib, o’zidan yoshroq ayolni topadi”
— degan fikrlar o’zgalar hayolida bo’lishi
turgan gap. “Bu sening otangmi?” yoki “Bu
sening og’lingmi?” degan savollarga xafa
bo’lmaslikni va bularga e’tibor bermaslikni
o’rganing. O’z yoringiz bilan baxtli hayot
kechirayotganingiz haqida o’zingizni
yaqinlaringiz va do’stlaringizga to’g’ri
tushunturib qo’yish uchun sizdan ko’p kuch va
mashaqqat talab etilmaydi. Chin do’stlaringiz
sizni to’g’ri tushunsalar, soxtalarini fikrlari
o’zlariga havola.

O’z sabablaringizni toping
Siz nima uchun shu inson bilan birga
bo’lmoqchisiz? U uchunmi? Uning yoshi yoki
jamiyatda egallagan o’rni uchunmi? Yoki boshqa
sabablari ham bordir? Agar sizni yoshi katta
yoki kichiklar qiziqtirib kelgan bo’lsa, ruhshunos
bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Yoshlar farqi
muammo bo’lmasada, juftingiz shaxsi ikkinchi
o’ringa tushganini sezsangiz, bu sohaning
mutaxassisi yordami sizga kerak bo’lishi aniq.

O’zingizga umumiy qiziqish va ishtiyoq
axtaring
50 yoshlik aktyor Aleks Bolduin aytganidek
“Yigirma besh yoshlik ayol bilan tongda
uyg’onishdan yomonroq hol bo’lishi mumkinmi?”
“Unga hech narsa deyolmaslikdan ko’ra yerga
kirib ketgan ma’qul emasmi”.
Umumiy qiziqishlar, suhbat uchun mavzular, aqliy
rivojlanishdagi farq, oilada bir-birini
tushunmaslikka olib keladi. Shu sababli
munosabatlaringiz yaxshi rivoj topishi uchun
birgalikda — surat olish, otda sayr qilish yoki
kaktus o’stirish kabilar bilan shug’ullanganingiz
ma’qul.
Manba: Gooper.uz
Просмотров: 9435 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama