01:40 Ehtirosli bo‘salar va Xitoy sevgi san’ati | |
Xitoyliklarning bo‘salar borasidagi qarashlari haqida turli-tuman uydirmalar bor. G‘arbning ko‘pgina odamlari «xitoyliklar o‘iishmaydilar» degan fikrda qat’iy turishadi. Biroq bunday fikr haqiqatdan yiroqdir. Xitoyliklar ko‘cha-ko‘yda bir-birlari bilan huddi fransuzlar yoki amerikaliklarga o‘xshab og‘iz yoki yonoqlaridan o‘pib so‘rashmaydilar. Binobarin, biz bu yerda gap yuritayotganimiz mana shunday bo‘sa turlari haqida emas. Yanoqdan og‘alarcha o‘pish bilan og‘iz, lab va tildan foydalangan holda chuqur, ehtirosli sevgi taklif qilish o‘rtasida osmon bilan yerchalik katta farq bor. «Xitoyliklar o‘pishmaydilar» degan uzil-kesil fikr qayerdan paydo bo‘lganini aytish qiyin. Hatto umr bo‘yi shahvoniyatshunoslik bilan mashg‘ul bulgan Van de Velde ham aynan mana shunday soxta fikrda edi. U «Ideal niqoh» asarida yozadi: «Yaponlar, xitoyliklar va hindlar biz tushungan ma’noda o‘pishmaydilar. O‘zaro og‘iz tekkizish o‘rniga muloyimona nafas olish yo‘li bilan burunlarini yaqinlashtirib qo‘ya qolishadi». Ehtimol, bunday fikr yaponlar va hindlarga nisbatan adolatlidir, ammo xitoyliklarning o‘pishishlari bunaqa emasligipi bilamiz. Ehtimol, Van de Velde bunaqangi xulosaga xitoyliklarning o‘z go‘daklarini odamlar ko‘z o‘ngida hidlash odatidan olgan taassuroti ostida kelgandir. Ular shunaqa qilishni juda yaxshi ko‘radilar, kichkintoylar o‘zlariga xos yoqimli hidga ega bo‘lishlari haqida astoydil g‘amxo‘rlik qiladilar. Balki u jamiyatda ko‘rgan «o‘pishishlar»iing birdan-bir turi shu bo‘lgandir, nega deganda, xitoyliklarning o‘pishlari to‘grisidagi fikr haqqoniy aytilgan, chunki ular o‘pishiishi shaxsiy ish deb biladilar hamda bu ishni jamoat joylarida qilishni ma’qul ko‘rmaydilar. O‘pishish bizning kunlarimizda bemalol hammaning ko‘zi o‘ngida bo‘ladigan G‘arbda ham xitoylik o‘zini bosiq tutishi mumkin. Chamasi, xuddi shunday ham. Binobarin, qadimgi xitoyliklar ehtirosli o‘pishishlarni jinsiy yaqinlikning tarkibiy qismi sifatida nihoyatda jiddiy narsa deb bilganlar. Manba: Wiki.arxiv.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama