23:02
Tish tozalash osonmi?

Ko‘pchilik tish cho‘tkasiga pastani surtib, so‘ng
bir-ikki marta yurgizsam, tish top-toza bo‘ladi,
deb noto‘g‘ri o‘ylaydi.

Tishlar ustida yelimga o‘xshash qalin parda
mavjud, ana shu yelimda behisob mikroblar
yashaydi. Shuning uchun tishni tozalayotganda
pardani sidirib tashlash kerak. Bir marta tish
tozalangach, haligi parda yana paydo bo‘ladi.
Qahva, qora choy va sut ichgandan so‘ng og‘iz
yaxshilab chayilsa, tish ustidagi parda
qalinlashmaydi.

Pardani sidirib tashlash uchun tish yuzasida
cho‘tkani kamida 20 marta yurgizish lozim.
Buning uchun ko‘pi bilan 4 daqiqa vaqt ketadi.
Agar tishlarni tozalashdan oldin ichimlik sodasi
eritilgan suv bilan chaysangiz, parda
yumshaydi va ko‘chishi osonlashadi.
Cho‘tka bilan tozalaganda tishlarning bor-yo‘g‘i
30 foiz joyi tozalanadi xolos. Shuning uchun
tishlar orasidagi mikroblarni chiqarib tashlash
uchun maxsus ip, tish kovlagich ishlatgan
ma’qul. Tishlar yaxshilab tozalanmasa, orasi
yallig‘lanadi.

Mikroblar paradont qismiga o‘tib oladi, endi u
yerdan mikroblarni chiqarib bo‘lmaydi.
Oqibatda mikroblar tishlarning asab tolalari va
suyagini ham yemira boshlaydi. Bunday
bo‘lmasligi uchun vaqti-vaqti bilan tish
shifokoriga uchrashib, uning maslahatlarini olib
turish zarur. Tish yuvganda milk qonasa ham,
albatta, shifokorga uchrang.

Tishlarni tozalashda kichik cho‘tkalardan
foydalaning, shunda tishlarning eng ichki
kovaklarini ham tozalay olasiz. Unutmangki,
sun’iy tolalardan tayyorlangan tish cho‘tkalari
milklarni jarohatlaydi. Shuningdek, tish
cho‘tkalarini har uch oyda almashtirib turing.
Ayniqsa, shamollab qolganda yoki grippga
chalinganda, tuzalgandan keyin, albatta, yangi
cho‘tka tutish shart. Aks holda, cho‘tka
qillariga o‘tirib qolgan mikroblar kasallikni
qayta qo‘zg‘atishi mumkin.

Sutli mahsulotlar (tvorog, suzma, qatiq)
iste’mol qilish tishning emal qismining
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Sharbatlarni
ko‘p ichish yoki achchiq va sho‘r narsalarni
yeyish esa, tish ustidagi emalni yemirishi
mumkin. Tish kasalliklari tufayli og‘izdan
noxush hid kelayotgan bo‘lsa, yerqalampir
(xren) ildizini qirg‘ichdan chiqaring, bir osh
qoshig‘ini bir stakan qaynoq suvga
aralashtiring, kuniga uch mahal og‘zingizni shu
suvda chaying. Qaynoq suvga solib qo‘yilgan
karam barglarini olib tashlab, so‘ng shu suvda
og‘iz chaysangiz ham noxush hid kelishi
bartaraf etiladi.

Shirinliklarni kamroq iste’mol qilib,
sabzavotlarni ko‘proq yeb turing, ularni
chaynash jarayonida tishlar o‘z-o‘zidan tabiiy
ravishda tozalanadi. Mabodo tish kasallansa,
uy sharoitida aloe yoki kalanxoya barglarini
chaynang. Bu ikkisining sharbati bilan og‘iz
ichini chaysangiz ham bo‘ladi. Qirg‘ichdan
o‘tkazilgan kartoshkani bossangiz, milk
kasalliklari tuzaladi. Sabzi suviga teng
miqdorda suv aralashtirib og‘iz chayilganda
ham xuddi shunday natija beradi.
Manba: Beka.Uz
Просмотров: 2554 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama