02:05
Tez va oson ozish usuli

Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga
bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi
shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali
tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli
mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi
qimmat emas, ko‘p joyni ham egallamaydi,
buning ustiga undan istalgan joyda va paytda –
xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin.
U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir
tizimini mustahkamlashga yordam beradi…
Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar,
basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u
ajoyib trenajyor-da. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30
daqiqa sakrash butun tanangizning
to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogrammlardan xalos
bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga,
harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga
ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun
arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Hozir arg‘amchida sakrashni “skiping” degan
modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada
bu so‘z “sakrash”ni bildiradi. Arg‘amchi
chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi,
nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni
chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq
qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab
100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday
yondashuv 34 kilometrga yugurishning o‘rnini
bosadi.

Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz:
Arg‘amchilarning turlari juda ko‘p bo‘lib, uni har
bir kishi o‘zi uchun individual tanlashi lozim.
Birinchidan, u sizga mos keladigan uzunlikda
bo‘lishi kerak. Arg‘amchini qo‘lingizga oling, uning
chilviri pastga osilib tursin. Pastga tushib turgan
joyini oyog‘ingiz bilan bosing, arg‘amchi
ko‘kragingizgacha yetishi kerak – bu eng optimal
uzunlik.

Ikkinchidan , agar arg‘amchida mashqlar bilan
jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, uning nimadan
tayyorlanganiga e’tibor qarating. U yerga tegib
ishqalanib ketmasligi uchun yo‘g‘on va zich
bo‘lishi kerak. Shuningdek, tutqichlari qulay
bo‘lishi lozim, aks holda qo‘llaringiz noqulaylikdan
tezda charchab qoladi. Arg‘amchining chilviri
odatda plastmassa, rezina va charmdan
tayyorlanadi. Tabiiyki, charmdan tayyorlangan
arg‘amchilar eng yaxshi hisoblanadi.
Uchinchidan, siz aylanalar hisoblagichi bor
arg‘amchini xarid qilishingiz mumkin. Bu bilan
mashqlardagi o‘sishni kuzatib borish imkoniga
ega bo‘lasiz.

Yuklamani to‘g‘ri taqsimlash mashqlar samara
berishi uchun muhim shart hisoblanadi.
Mashqlarni xotirjam ritmda boshlab, asta-sekinlik
bilan uni kuchaytirish kerak. Sakrashdan oldin
biroz oyoq-qo‘llarning chigilini yozing.
Shuningdek, nafas olishni tiklash, mushaklarga
biroz dam berish uchun kichikroq tanaffuslar ham
kerak bo‘ladi.

Sakrayotganingizda oyoq, orqa tomon, qo‘llarning
muskullari ishlaydi. Ertalab arg‘amchida 10-15
daqiqa sakrash kun bo‘yi sizga yaxshi kayfiyat va
tetiklikni beradi hamda sog‘lig‘ingizni
mustahkamlab, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga
ko‘maklashadi.

Mashqlar paytida moddalar almashinuvi
tezlashadi, bu esa ozishga turtki bo‘ladi; qon
aylanishi kuchayadi, bu esa yurak qon-tomir
tizimini mustahkamlaydi; nafas olish tezlashadi,
bu nafas olish tizimiga yordam beradi.
Mashqlarning jadalligiga (sakrashlarning tezligiga)
qarab o‘z qomatingizni ham to‘g‘irlashingiz
mumkin.

Yuqorida aytib o‘tganimizday, arg‘amchida
istalgan joyda – toza havoda, sportzalda yoki
uyda shug‘ullanishingiz mumkin, buning uchun
sizga faqat arg‘amchi, qulay poyabzal va istak
kerak, xolos. Buning ustiga mashqlarni yaxshi
musiqa ostida ham bajarishingiz mumkin.
Mashqlardan oldin quyidagilarni qilish kerak
bo‘ladi:

* agar sizda umurtqa yoki bo‘g‘imlar bilan
muammolar bo‘lsa, shifokor bilan
maslahatlashing, sizga arg‘amchida mashq qilish
mumkin emas,
* arg‘amchingiz boshqa narsalarga – daraxt
shoxlari, qandillar, stollar va boshqa buyumlarga
tegmayotganiga ishonch hosil qiling,
* arg‘amchi aylanayotganida tirsaklar tanaga
yopishib turishi kerak,
* arg‘amchini faqat barmoqlar bilan aylantiring.
Ozish uchun mashqlar:
* ikki oyoqda oddiy sakrash,
* galma-galdan bir oyoqda sakrash,
* navbatma-navbat bir oyoqda sakrash,
* tizzani ko‘tarib sakrash,
* bir marta sakraganda arg‘amchini ikki yoki uch
marta aylantirib sakrash,
* to‘g‘ri turgan oyoqlarni orqadan va old
tomondan ko‘tarib sakrash,
* qo‘llarni chatishtirib sakrash,
* oldinga harakatlanib sakrash,
* “oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga” harakatlanib
sakrash,
* arg‘amchini yon tomonlaridan burab sakrash.
Bular hali hammasi emas, sakrashlarning turlari
juda ko‘p.
Arg‘amchida sakrashni yugurish bilan
tenglashtirish mumkin. Shu bois, agar sizda
yugurish imkoniyati yoki istagi bo‘lmasa,
arg‘amchida mashq qiling va doim salomat
bo‘ling!
Manba: Avitsenna.Uz
Просмотров: 6035 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama