13:42
Jinsiy hayot bosqichlari

Jinsiy hayot tajribasida urganilib, ma’lum
atamalar bilan nomlangan bosqichlar borki,
bularni bilib qo‘yish foydadan holi emas. Bu
bosqichlar jinsiy yaqinlikning muhim tarkibiy
qismlari bo‘lganligi uchun, ularniig ayol va
erkaklardagi o‘ziga xosligi xususida so‘z
yuritamiz. Libido - xohish-istak, hirsniig yuzaga
kelishi; ma’lum ayol bilan jinsiy yaqinlik qilish
istagi erkaklarda ayollarga nisbatan osonroq,
tezroq yuzaga keladi. Libidoning yuzaga kelishi
uchun erkaklarning ayol diydorini ko‘rishining o‘zi
ham ba’zan kifoya qiladi. Yigit kishi ayol diydorini,
qad-qomatini, kiyimini ko‘rib, hayajonga tushadi,
hirsi uyg‘onadi, binobarin, bu libidoning yuzaga
kelishiga kuchli ta’sir qiladi.

Libido ayollarda birmuncha kech naydo buladi,
his-hayajonning yuzaga chiqishi erkaklarga
nisbatan birmuncha kuchsiz va davomliroq
bo‘ladi. Bunga sabab ularning his-siyotida ruhiy
holatning fiziologik holatga nisbatan ustunligidir.
Ereksiya quzg‘alish yuzaga kelishidan boshlanib,
jinsiy yaqinlikka tayyorlashunga qadar bo‘lgan
vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda ayol jinsiy
a’zolarida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keladi: qin
namlanadi, klitor (jinsiy a’zolarning qon bilan
ta’minlanishi) kuchayishi hisobiga katta va kichik
jinsiy lablar kattalashadi sekretsiya bezlari,
ayniqsa, jinsiy a’zolar bezlarining ishi zurayadi,
tana qiziydi, ba’zan teri shilliq qavati qizaradi va
boshqa shunga uxshash holatlar paydo buladi.
Erkaklarda ereksiya paytida jinsiy a’zoga qon
kelishi ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon tanachaning
qon bilan ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat 3-4
barobar kattalashadi va nihoyatda taranglashadi.
Bunday kattalashish, uning qon bilan
ta’minlanishiga, aniqrog‘i, qon tomirlarining
qayerda joylashishiga bog‘liq buladi. Barcha
a’zolarda arteriya chuqurroq, vena qon tomiri
yuzaroq joylashgan bulsa, olatda buning aksi
buladi. Olatda arteriya yuzaroq joylashgan buladi
hamda venaning chuqurroq joylashishi natijasida
g‘ovaksimon tanachalar qonga tulib, venani qisib
quyadi va shuning hisobiga qonning venada
yurishi qiyinlashadi, bu esa jinsiy a’zoni yanada
shishiradi hamda uning bir necha bor kattalashib,
nihoyatda taranglashishiga olib keladi.

Ereksiya bosqichi erkaklarda ayollarga nisbatan
qisqaroq buladi, chunki ular birmuncha tez va
oson quzg‘a-ladi. Hatto ba’zan olatning shunchaki
ishqalanishidan ham beixtiyor ereksiya holati
yuzaga keladi. Ba’zan sevgan ayolini ko‘rganda,
jinsiy yaqinlik qilish istagini uylash yoki biror
tanish, yoqimli hidning sezilishi ham ereksiyani
paydo qilishi mumkin. Ayollarning aksariyatida
ereksiya ko‘p vaqt talab qiladi. Erkaklarda
bo‘lgani kabi, beixtiyor erkak kishini kurgandayoq
yuzaga kelavermaydi, chunki ularda ruhiy
holatning ustunligi ereksiyaga ham o‘z ta’sirini
kursatadi. Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi
erkakning shirin gapirishiga, jinsiy yaqinlik
qilinadigan joyning xoli, bexavotir bo‘lishiga,
erkakiing upib erkalashiga, erogen zonalarini
silab-siypashiga, badanning va urinning tozaligi
va xushbuyligi kabi boshqa ko’pgina sabablarga
bog‘liq buladi. Bular, albatta, erkak kishiga ham
ahamiyatli-yu, lekin ayol uchun hal qiluvchi
omillar hisoblanadi.

Erkaklar va ayollarda ereksiya bosqichida hirsning
qo‘zg‘alishi bir-biridan farq qiladi, ya’ni erkak
kishi iloji boricha hirsini tezroq qondirishga
harakat qiladi, ayol kishi esa bu vaqtni mumkin
qadar chuzadi, jinsiy yaqinlikni boshlashga
shoshilmaydi, chunki bu vaqt qanchalik chuzilsa,
ayollar shuncha ko‘p lazzatlanadilar. Erkaklar
buni yaxshi bilishlari va jinsiy yaqinlik vaqtida
hisobga olishlari ksrak. Ayolda ereksiya bosqichi
tuliq utmaguncha, qo‘zg‘alish intihosiga
yetmaguncha erkak kishi jinsiy yaqinlikni
boshlamasligi kerak. Ayolda ereksiya tuliq
kechmasa, qin namlanmasa, ayol jinsiy yaqinlik
vaqtida har xil og‘riqlar sezishi mumkin. Ayolda
ereksiya jarayonining tuliq kechganligini, jinsiy
yaqinlikka tayyorligini uning xatti-harakatidan bilib
olsa buladi.

Friksiya olatning qinga kirishi va friksion
harakatlarning boshlanishidan to orgazm -
nihoyatda lazzatlanish yuzaga kelgungacha
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Friksion harakatlar
odatda 1,5-2 minutdan 6 minutgacha davom etadi
va, asosan, orgazm bilan tugaydi. Agar erkak
kishi me’yorida muntazam jinsiy hayot kechirib
yursa, orgazmni 1,5-2 minutdan oldin sezsa, bu
jinsiy zaiflik belgisi hisoblanadi. Agar ayolda
quzg‘alish va ereksiya to‘liq o‘tishiga hamda
friksion harakatlar 6-10 minut davom etishiga
qaramay orgazm yuzaga kelmasa, buni jinsiy
sovuqlik frigidlik deb hisoblash kerak. Bunda
ayolning buyida bo‘lib qolishidan qo‘rqayotganini,
qayerda va qay sharoitda jinsiy yaqinlik qilinayotganligini va boshqa sabablarni, albatta,
hisobga olish zarur. Jinsiy hayotni endi boshlagan
va hali orgazm tuyg‘ularini umuman his etmagan
ayollar bundan mustasno. Shuning uchun ham
yuqorida aytib o‘tilganlar barcha ayollarga
taalluqli emas. Ko‘pchilik friksion harakatlarni
faqat erkaklar vazifasi sifatida biladilar,
vaholanki, bunday harakatlar ayollar tomonidan
ham bo‘lsa, orgazm hissi osonlashadi va lazzati
ortadi. Jinsiy yaqinlikni emotsional idrok qilish
erkakda ham, ayolda ham nihoyatda kuchayishiga
olib keladi. Friksion harakatlar to‘g‘ri, spiralsimon
va aylanasimon bo‘lishi mumkin.

Umuman, qinnning torligi, friksion harakatlarning
har xil bo‘lishi, uning tezligi va erogen
zonalarning ta’sirlantirilishi orgazmni
tezlashtiradi. Bu davrda erkak kishi ayol kishining
mayl-istagiga qarashi kerak. Shundagina ayol
kishi jufti haloli bilan bir vaqtda lazzat oladi va
butun vujudi erib, orom oladi, jinsiy yaqinlik
tugagandan keyin ham har ikkalasi qoniqish hosil
qilib, yengil tortadi.
Manba: wiki.arxiv.uz
Просмотров: 5279 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 112
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama