07:16
Jinsiy yaqinlik to`g`risida ma`lumot

Mashhur olim Erik Bern jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi
ma’lumot olish davrini uch qismga bo‘ladi: Jinsiy
yaqinlik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot. Jinsiy
yaqinlik to‘g‘risidagi urtacha ma’lumot. Jinsiy
yaqinlik tugrisidagi chuqur ma’lumot. Jinsiy
yaqinlik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni bola 3
yoshidan 11 yoshigacha oladi. Ma’lumki, bola 3
yoshdan oshgach, tabiatdagi butun borliqqa
qiziqaveradi va ota-onasiga turli-tuman savoldar
beradi. Ana shunday qaltis savollar ichida «Men
qayerdan paydo bulganman?» degan savol
ko‘pchilikni uylantirib, qiyin ahvolga solib qo‘yishi
turgan gap. Kupchilik ota-onalar bu savolga javob
berolmay, «Seni laylak olib kelgan», «Seni
tug‘ruqxonadan olib kelganmiz» degan mujmal
javob bilan osongina qutulib quya qoladilar. Jinsiy
yaqinlikni yosh bolalarga tushuntirish oson emas.
Ular ko‘pincha bu jumboqning javobini o‘z
tengqurlari va o‘zlaridan kattaroq yoshdagi
bolalardan eshitib bilib olishadi, chunki
«majlis»dagi bolalarniig hech qaysisi yolg‘on
gapirmaydi yoki ota-onalariga uxshab gapni
boshqa yoqqa burmaydilar.

Jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi o‘rta ma’lumotni
maktab o‘quvchilari 12 yoshdai 20 yoshgacha
oladilar. Yoshlar jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi
ma’lumotni kitoblardai, ba’zan ma’ruzalardan
oladilar. Bu ma’lumotdar «Jinsiy yaqinlik - katta
qarmoqqa ilintiruvchi tuzoqli xurak», «Jinsiy
yaqinlik - farishtalar hadyasi», «Jinsiy yaqinlik -
injenerlar mexanikasining g‘alabasi», «Jinsiy
yaqinlik - bu itoat qilmaslik», «Jinsiy yaqinlik - bu
yoqilgi, kungil xushligi» kabi tushunchalar-dan
iboratdir. Bu iboralar tagida o‘ziga yarasha talqin
qilinadigan ma’nolar bor. Jinsiy yaqinlik
to‘g‘risida tuliq tushunchani o‘qimishli odamlar
ilmiy adabiyotlardan oladilar. Masalan, miloddan
avvalgi 350 yoki 677 yillarda yozilgan «Kama
Sutra» asari shulardan biri hisoblanadi. Bu asarda
ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlarning asosi
yoritilgan. Hozirgacha bu asar Sharkda va
Ovrupada jinsiy yaqinlik mavzusidagi eng ko‘p
uqiladigan kitob bulib qolmoqda. «Kama Sutra»
asaridan keyin ikkinchi o‘rinda arab maktabidan
chikqan shayx Nefzaviyning «Xushbuy hid
tarqatuvchi bog‘lar» asari turadi. 1400 yillarda
yozilgan bu asarda ayollarning makr-hiylalaridan
qanday saqlanish va jinsiy yaqinlikdan
charchaganda ko‘riladigan chora-tadbirlar haqida,
sog‘lom er va xotinlar uchun turish vaziyatlari
haqida va boshqa fikrlar bayon etilgan. Doktor
Yozef Vekerining «Sevgi to‘g‘risidagi oltin kitob»
asari yuqorida nomi tilga olingan kitoblar ichida
eng keyingisi hisoblanadi. Amerika Qushma
Shtatlarida kattalar uchun jinsiy yaqinlik
to‘g‘risida ma’lumot va maslahat beradigan bir
qancha tashkilotlar mavjud. Bu tashkilotlarning
ko‘pchiligi davlat ishtirokisiz va uning moliyaviy
yordamisiz tashkil etilgan. Ana shunday
tashkilotlardan biri «Sekundomer sotsiologlar
maktabi» bulib, «24 : 40 va undan bir sekund ham
kam emas» - uning shioridir. Buning ma’nosi «24
minutu 40 sekund vaqt sog‘lom kishining jinsiy
yaqinlik qilish davomiyligi hisoblanadi,. undan bir
sekund ham kam bo‘lmasligi kerak» deganidir.
«Ayollar uchun ijtimoiy qoidalar jurnali» esa
ayollar uchun bir qator maslahat va tavsiyalarni
berib boradi. Shunday tavsiyalardai birini
e’tiboringizga havola etamiz: «Erkakni
«muzlatgich»dan olib, shunday bir sharoit
yaratasizki, u erib, «muzligi»dan tushsin.
Shularning barchasiga ozgina erkalash va issiq
o‘rin qo‘shib, buni uning kuzlarida nozik tabassum
paydo bulguncha juda sekinlik bilan olovda tobga
yetkazasiz. Undan keyingi ish Sizga havola, uning
retsepti yo'q».

Bu keltirilgan tavsiya, albatta, hazil-mutoibali
bo‘lsada, uning tagida ma’no ham ko‘p. Bu
ma’nolarni anglab yetish kitobxonga havola.
Urug‘parastlik ibodatxonasini dunyoda jinsiy yaqin­
lik tug‘risidagi ma’lumotlar mujassamlangan
maktab desak mubolag‘a qilgai bulmaymiz.
Yuqorida qayd qilganimizdek, «Kama Sutra» asari
bu fikrimizning bir dalili bo‘lsa, ikkinchisi
Hindistonning shimoliy qismidagi Dakan yassi
tog‘lari etagida joylashgan Kxadjuraxa qishlog‘i
hisoblanadi. Bu yerda toshga bitilgan «sevgi
san’ati»ning qomusi joylashgan. Bu yerga har yili
150 ming sayohatchi kelib ketadi. YUNESKO bu
yerda joylashgan yodgorliklarni dunyo
ahamiyatiga ega bulgan tarixiy yodgorliklar deb
e’lon qilgan.

Bu yodgorliklar 950-1050 yillarda qurilgan bulib,
ilgari ularning soni 85 ta bo‘lgan, hozirgi kunda
ulardan 20 tasigina saqlanib qolgan, xolos. IX-XIII
asrlarda Kxadjuraxa Radjat sulolasi bulmish
Chandelaning poytaxti bulgan. Chandela sulolasi
uzining kelib chiqishini Oy xudosidan deb bilgan.
Og‘izdan og‘izga o’tib kelayotgan rivoyatlarga
qaraganda, shu sulolaning onasi bo‘lmish Xemvati
Oy xudosi bilan uncha uzoq bo‘lmagan, lekin
ehtirosli sevgi bog‘lanishlaridan keyin Chandela
sulolasi kelib chiqqan. Shundan so‘ng sulola
boshlig‘i onasi Hemvati xotirasini abadiylashtirish
maqsadida ibodatxonalar qurishga buyruq beradi.
Ibodatxona qurilishiga minglab mohir ustalar,
haykaltaroshlar, tosh tarashlovchilar jalb qilinadi.
Hamma qurilgan ibodatxonalar toshdai ishlangan
bo‘lib, ular ko‘kka bo’y chuzgan. Ularda hind
xudolari turli timsollarda ishlangan. Bunda iblis,
tabiat kuchlarining ayol timsolidagi ilohasi aks
etgan. Bulardan tashqari, pyuh oilasi va uning
atrofini urab turgan xizmatkorlar, bayonlar, oddiy
odamlar bilan birga o‘sha davrda ulimga hukm
qilingan odamni oyog‘i bilan toptayotgan filning
tasviri chizilgan.

Odamlar orasida Kxadjuraxa ko’proq «hind sevgi
san’ati» qomusi sifatida mashhur. Bu yerda erkak
va ayol o’rtasidagi yashirin ishqiy munosabatniig
har xil harakat va tasavvur qilib bulmas darajada
murakkab holatlari tosh devorga uyib ishlangan
suratlarda aks etgan. Kxadjuraxa
ibodatxonasining barchasida ayollar ehtirosi aks
ettirilgan devoriy suratlar mavjud. Ulardan birida
sher orqa oyoqlarida tik turib, o‘z belida o’tirgan
ayolni yutib yuborishga tayyorlanmokda, shu
vaqtda boshqa ayol uning oldida tiz cho’kib
o’tirib, belini bukib, quli bilan sher dumi uchini
uqalab olishga harakat qilmoqda. Ayol quli
harakati namoyon bo’ladi, u sher dumini o’z
bo’yniga, yalang‘och kukraklariga, qorniga
ishqalamoqda. Bu badiiy obraz ayol ehtirosini
o’zida mujassamlashtirgan bo‘lib, sevgi
ibodatxonasini ko‘rgan kuruvchilar fikricha, bu
faqat ayol xohishini bildiradi.

Kxadjuraxa ibodatxonasining ko‘pgina qismi
Shivaga bag‘ishlangan, U buzuvchi, yemiruvchi
xudo bo‘lishiga qaramay, tabiat davomiyligi,
tirikligi erkakda mujassamlashganligini aytadi.
Aynan erkak yangi hayotning boshlanishiga sabab
bo’ladi. Shuning uchuy Hindistonda ona bo’lish
orzusida yurgan ayollar Shiva xudosiga
sig‘inadilar. Jinsiy yaqinlik masalasi fan sifatida
o‘rganilayotganda unda quyidagi muammo va
masalalar alohida e’tiborga olinishi kerak buladi:
er va xotin o’rtasidagi munosabat masalasiga
bag‘ishlangan asarlarni to‘plash va o‘rganish,
ularni ommaga etkazish; sog‘lom ona va sog‘lom
bola uchun kurash masalasi; bolalar tug‘ilishini
tartibga solish muammosi; sevgining sog‘lom
organizmga ta’sirini o‘rganish masalasi; yaqin
qarindoshlar o’rtasidagi nikoh muammosi; yigit va
qizlar o‘rtasidagi erta nikohdan o’tish muammosi.
Yuqorida aytilgan jihatlarga jiddiy e’tibor berish
oilalarning mustahkam bo’lishiga, sog‘lom
avlodning dunyoga kelishiga shart-sharoit
yaratadi. Bugungi kunda mustaqil davlatimizda
sog‘lom avlodni tarbiyalashga juda katta ahamiyat
berilayotgan ekan, shunga javoban olimlar va
shifokorlar hamkorlikda ushbu soha bo’yicha ish
olib borsalar, ayni muddao bo‘lar edi.
Manba: wiki.arxiv.iz
Просмотров: 9496 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama