14:48
Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?

Hozir soch to'kilishiga qarshi juda ko'p vositalar
ishlab chiqilgan. Bunday vositalarning ommabop
bo'lib ketayotgani zamonaviy dunyomizdagi
ko'plab omillarga bog'liq: ekologik vaziyatning
yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari
qimmatliligining tushib ketishi, stress va
kishilarning yomon salomatligi ko'payib
borayotgani.

Sochlarning kuchli to'kilishiga faqat trixolog
shifokor tashhis qo'yishi va davolashi mumkin.
Odamlar asosan avitaminoz yoki turli surunkali
kasalliklarning kuchayishi tufayli mavsumiy soch
to'kilishidan shikoyat qilishadi.

Soch to'kilishiga qarshi xalq tabobati vositalari
esa salonlarga bormasdan, sochlarini uyda
mustahkam qilmoqchi bo'lgan kishilar orasida
juda ommabopdir. Quyida sochlaringizni ko'p
to'kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli, jiloga
boy va qalin qiladigan bir nechta retseptlarni
keltiramiz. Ularni bemalol uyda qilishingiz
mumkin.: Sochingiz juda yog'li bo'lsa, yuvilgan
va quritilgan sochlarga va boshga qichitqi o't
(krapiva) damlamasini surish kerak bo'ladi.
Buning uchun bir osh qoshiq qichitqi o'tga bir
stakan qaynab turgan suv quyiladi, damlanib
qo'yiladi va keyin dokada suzib olinadi.

Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni iste'mol
qilish zaif sochlarni mustahkamlaydi. Sochlar
to'kilishiga qarshi ishlatiladigan yog'ni (masalan,
sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat oldin
chakamug' yog'i, zaytun yog'i) sochlarning
iltiziga ishqalab surtish kerak. Shuningdek,
buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi
shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi.
Просмотров: 2568 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama