00:41 Jinsiy yaqinlik vaqtlari to‘g‘risida | |
Ko‘pgina adabiyotlarii ko‘rib chiqsak, amaliy faoliyatda orttirilgan tajribalarga e’tiborni qaratsak, bu borada ibn Sino keltirgan dalillar to‘g‘riligi isbotlanadi, shu bois biz bu o‘rinda uning asosiy fikrlarini targ‘ib bilan keltirishni lozim topdik. 1. Qorin to‘lib turganda, to‘q paytda yaqinlik qilmaslik kerak, chunki oshqozon faoliyatiga zid kelib, mazkur holatdagi jinsiy muloqot kelib chiqadigan kasalliklarga tez va og‘ir ta’sir etadi. Och qoringa ham aloqa qilmaslik kerak, chunki u yanada zararliroq bo‘lib, kishi tabiatiga ziddir, tabiiy quvvatini kesib tashlaydi va bu bilan kasallik keltirib chaqiradi. 2. Me’da buzilgan vaqtda, shuningdek, qusish, ich ketish bilan bog‘liq kuchli bo‘shanishdan, hayz va qonli ich ketishdan so‘ng, jismoniy hamda nafsoniy harakatlardan keyin qon oldirish, jinsiy yaqinlikni vaqtincha to‘xtatib turish lozim. Issiq vaqtlarda va issiq joylarda bunday aloqadan saqlanish lozim. 3. Ichkilik ichilgandan keyingi mast holdagi jinsiy yaqinlik ham keraksiz va xavflidir. Jinsiy yaqinlik sog‘lom va haqiqiy istak bilan bo‘lishi, shu nozik soniyalarda noxush narsalarni o‘ylash, qo‘pol harakat va muomala qilmaslik kerak. Mayl istak ko‘pligi va to‘laligi bilan qo‘zg‘alishi lozim, bular erkak quvvati sog‘lomligiga kafolat beradi. Aloqa ikkinchi kechaga o‘tish vaqtidan keyin bo‘lsa bu erkak quvvati sog‘lomligiga kafolat beradi. Ovqat hazmi kamolotiga yetguncha erkak va ayol biroz sabr qilib, aloqani ikkinchi kechaga o‘tish vaqtidan keyin boshlasalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning ikkinchi tomondan ham foydasi borki, bundan keyin uyqu bo‘lib, quvvat qaytib keladi, xotin uzoq vaqt uxlaganida bachadonida urug‘ joylashib qaror topadi. Manba: wiki.arxiv.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama