02:11 Unutishga qancha vaqt kerak? | |
![]() Britaniyalik psixolog va neyrofiziologlar nashr qilgan hisobotda aytilishicha, insonlar o‘rtasida sevgining yuzaga kelishi muhit, yashash joyi, ovqatlanish tartibi, shuningdek, ular qaysi vaqtda birga bo‘lishiga bog‘liq ekan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, adabiy va musiqiy qarashlarning umumiyligi odamlarning munosabatlariga eng kam darajada ta’sir qiladi. Sevgining paydo bo‘lishida ikki jinsning qaysi ovqatlarni xush ko‘rishi yoki bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishi kabi mayda belgilar asosiy o‘rin tutadi. 83 foiz nikoh tomonlarning siyosiy qarashlari, oziq-ovqatlarga qiziqishi natijasida yuzaga keladi. Olimlar ajralishgan er-xotinlar “bir- birini unutishi” uchun qancha vaqt ketishini ham hisoblab chiqishdi. Unga ko‘ra, ajralishgandan so‘ng nisbiy xotirjamlikka erishish uchun kamida ular birga o‘tkazgan vaqtning yarmi kerak bo‘lar ekan. Masalan, 6 yil turmush qurgan er- xotin ajrashgandan keyin yangi oila qurishga tayyor bo‘lishi uchun kamida uch yil kerak. Britaniyalik olimlar asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlari aholisi ustida tadqiqot olib borgani sababli chiqarilgan xulosalar ko‘p jihatdan sharq kishilariga unchalik ham to‘g‘ri kelavermaydi. Bizningcha, britaniyalik olimlarning hisob-kitoblari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rishning hojati yo‘q. Avvalo, uylanishda yo turmushga chiqishda yaxshilab o‘ylab ko‘rish zarur. Keyin bahamjihat yashab, qo‘sha qarigan ma’qul. Orifjon Madvaliyev | 2010 Manba: Oriftolib.Uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama