01:01
Yozning issiq kunlarida homiladorlik muammolari

Homilador ayolning tashqi haroratga
jismoniy munosabati oddiy ayolnikidan
farq qiladi. Homilador ayolga yozning
jazirama issig'ini kechirish qiyinchilik
tug'diradi.

Quyidagi maslahatlar homilador ayolga
issiqlikni osonroq kechirishga yordam
beradi:

1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda
nafaqat oddiy suv balki elektrolidlik
maxsus suyuqliklar ham asqotadi.
2. Faqat tabiiy matolardan tayyorlangan
kiyimda yuring. Paralonlik byustgalter
va to'rlik ichki kiyimlar issiq kunda
faqat salbiy ta'sir ko'rsatadi, xolos.
3. Quyosh nurlaridan nari bo'ling.
Homilador ayollar teri quyosh nurlariga
yanada ta'sirchan bo'ladi.
4. Kunning issiq paytida tashqariga
chiqmagan ma'qul.
5. Issiq kunda homilador ayolga ko'roq
dam olish tavsiya etiladi. Issiqlik
organizmni holsizlantiradi, demakki,
homilani ko'tarish uchun kuch yig'ish
talab etiladi. Oyoqlarni ko'tarib, kunida
kamida 2 soat dam olish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
6. Kechki payt salqin tushganda,
albatta, tashqarida sayr qilib keling.
Homilador ayolning toza havoga bo'lgan
ehtiyoji yanada katta bo'ladi.
7. Ich keltiradigan dori vositalarini qabul
qilmang. Bunday vositalar organizm
suvsizlanishini kuchaytirib yuboradi.
8. Shifokor bilan maslahatlashgan
holda, kuniga kamida 1 marta salqin
dushda chayinib chiqing.
9. Doim yoningizda 200 gramm ichimlik
suvini olib yuring va tez-tez ichib turing.
10. Jismoniy kuch talab etadigan ish
faoliyatidan yoz kunlari voz keching. Uy
ko'tarish, o'gir ish, oshxonada bo'lishni
uzoq vaqt talab etadigan faoliyatlarni
issiq kunda amalga oshirmang.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3463 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 2.5/2
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama