01:02 Homila tushishi | |
Homiladorlik davrining 20-haftasigacha homiladorlik ni o'z-o'zidan yakunlanishiga homila tushishi deb ataladi. Aslida homiladorlik larning taxminan 15-20% homila tushishi bilan yakunlanadi. Ba'zida ayol hatto homilador ekanligini bilishga ulgurmay turib homila tushishi yuz berishi mumkin. Homila tushishi alomatlari - qindan qon ajralishi, qonli surkalish kuzatilishi; - qorin past qismida va belda qattiq og'riqlar paydo bo'lishi; - qindan to'qima qismlari ajralishi; - qattiq ich ketishi; - qizil yoki jigarrang ajralishlar chiqishi. Homila tushishi sabablari I. Gen yoki xromosoma anomaliyalar: 1. Ko'pincha homila tushishi homila rivojlanishidagi patologiya mavjudligi tufayli ro'y beradi. Bu patologiya embrion hujayralarini bo'linishi noto'g'ri bo'layotganidan vujudga keladi. Bunday embrion noto'g'ri xromosomaga ega bo'lganligi tufayli o'z-o'zidan tabiiy ravishda nobud bo'ladi. 2. Homila tuxumining bo'shligi. Bunda urug'langan tuxum hujayrasi embrion emas, yo'ldosh to'qimalarini tashkil qiladi, xolos. Ushbu holat homiladorlik davrining dastlabki 12 hafta ichida ro'y bergan homila tushishining 50% iga sabab bo'ladi. 3. Homilaning nobud bo'lishi. Bunda homiladorlik yakunlanishidan avval homila nobud bo'ladi. Bunga embrion rivojlanishidagi anomaliyalar sabab bo'ladi. 4. Molyar homiladorlik . Bu holat juda kam uchraydigan bo'lib, bunda yo'ldosh rivojlangan sari bachadon ichida o'simtaga aylanib boradi, bunday yo'ldoshda embrion rivojlana olmaydi. II. Homilador ayol sog'lig'i muammolari: 1. Qand kasalligining og'ir shakli. 2. Qalqonsimon bez kasalliklari. 3. Infeksiyalar (jinsiy infeksiyalar, gripp, angina, pielonefrit va boshqalar) 4. Gormonal buzilishlar. 5. Bachadon yoki bachadon yo'llarining jismoniy yoki tuzilmaviy o'zgarishlari. 6. Shikastlanish yoki jismoniy zo'riqish. Homiladorligi homila tushishi bilan yakunlanishiga kim moyil? - Yoshi 35 dan oshgan ayollar; - Bundan oldin bir necha marta homila tushishini kechirgan yoki abort qilgan ayollar; - Spirtli ichimliklar ko'p iste'mol qiluvchi va chekadigan ayollar; - Ayrim surunkali kasalliklar (masalan, qand kasalligining og'ir shakli) ga ega bo'lgan ayollar. Homila tushishining darajasi 1. Homila tushishi xavfi bor: bachadondan juda oz miqdorda qon chiqishi namoyon bo'ladi. Ko'pincha tuxum hujayrasi bachadonga o'rnashib olayotganda bunday holat ro'y berishi mumkin. Bunda bachadon bo'yni yopiq bo'ladi. 2. Chala homila tushish jarayoni: qindan qon ajralishi beldagi yoki qorindagi og'riqlar bilan birga namoyon bo'ladi. Shunda qo'shimcha ravishda bachadon bo'yni ochilishi va homila po'sti yorilishi kuzatilsa, homila tushishini to'xtatib bo'lmaydi. 3. To'liq homila tushish jarayoni: embrionning bachadonni butunlay tark etadi. Bunda qon ajralishi tez to'xtab, og'riqlar ham tugaydi. Homilaning to'liq tushganini ultra tovushli diagnostika orqali aniqlasa bo'ladi. 4. Namoyon bo'lmagan homila tushishi: homila nobud bo'ladi, lekin bachadondan tark etilmaydi. Bunda ayol homila tushganini bilmay yuradi. Bu holatni homiladorlik alomatlari birdaniga yo'qolib qolganidan yoki ultra tovushli diagnostika orqali homila yuragi urmasligidan bilib olsa bo'ladi. Uzoq vaqt mobaynida ayol organizmida nobud bo'lgan homilaning saqlanishi isitma chiqishini keltiradi. Bu esa ayol organizmi uchun juda xavfli. 5. Anembrioniya: urug'langan tuxum hujayrasi bachadonga yopishadi, lekin embrion hosil bo'lmaydi. 6. Bachadondan tashqari homiladorlik: embrion bachadondan tashqarida, ko'pincha bachadon yo'llarida rivojlanadi. Ayol uchun juda xatarli bo'lgan bu holatda tezda shifokorga murojaat qilish zarur. Homila tushishini davolash Homila tushishidan oldin yoki keyin amalga oshiriladigan davolanish bachadondan qon chiqishini to'xtatishga va infeksiya tushmasligini ta'minlashga qaratiladi. Homiladorlik davri qanchalik kichik bo'lsa, embrion hujayrasi bachadondan shunchalik oson mustaqil ravishda ajralib chiqa oladi. Agar embrion hujayrasi mustaqil ajrala olmasa, u holda jarohlik yo'li bilan bachadon tozalanadi. Jarohlik o'tkazilgandan so'ng dorilar ichish tavsiya etiladi. Bunda uy sharoitida ayolda qon ajralishi ko'payishi, isitma chiqishi yoki sovqotish kabi holatlar kuzatilsa, tezda shifokorga uchrash talab etiladi. "Homiladorlikni ko' p kutib , homilasi tushgan ayollar qattiq tushkunlikka tushadilar. Ularga ruhiy yordam berib keyingi homiladorlik ro' y berishidan oldin ularning salomatligini mustahkamlash kerak." Homila tushishini oldini olish Homilador bo'lishdan oldin: Er-xotin sport bilan shug'ullaning; Sog'lom ovqatlanishga odatlaning; Stresslardan xoli bo'ling; Vazningiz haddan tashqari ortib ketishidan ehtiyot bo'ling; Foliya kislotasini har kuni shifokor tavsiya qilgan miqdorda qabul qiling; Chekmang; Homilador bo'lgach: Qorningizga og'irlik tushirmang; O'zingiz chekmang, chekadiganlar yonida bo'lmang; Spirtli ichimliklardan voz keching; Har bir dori ichishdan oldin uning homilaga zarari yo'qligiga amin bo'lish uchun shifokor bilan maslahatlashing; Kofeindan voz keching yoki uning miqdorini minimallashtiring; Infeksiyali kasallar bilan muloqotda bo'lmang; Og'ir ish yoki kuchanishdan holi bo'ling. Homilasi tushgan ayollarda keyingi homiladorliklar sog'lom bola tug'ilishi bilan yakunlanishi haqida unutmaslik lozim. Manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama