00:57
Uyda chaqaloq bo'lsa, er-xotin jinsiy munosabatlari o'zgaradimi?

Ba'zi er-xotinlarda "Bizda chaqaloq tug'ilishi bilan jinsiy munosabatlarimiz buzildi","Jinsiy munosabatlarga vaqt qo'lmayapti" yoki "Chaqaloq jinsiy munosabatlarimizga xalaqit qilyapti" kabi hayollar paydo bo'ladi.
Uyda chaqaloq tug'ilsa, er-xotin jinsiy munosabatlari o'zgaradimi?
Albatta o'zgaradi. Faqat salbiy tomonga deyishga shoshilmang!
To'g'ri, 1 yoshgacha bo'lgan bolaning uxlashi har doim ham bizning rejalarimiz asosida bo'lmaydi. Er-xotin yolg'izlanishga tayyor bo'lgani bilan jajji bolajoni ular bilan shu payt o'ynagisi kelib qolishi mumkin yoki qorni ochib qolishi hech gap emas. Yoki bo'lmasa, kuni bilan bola va uy yumushlari bilan ovora bo'lgan onaning jinsiy munosabatlarga hech qanday xohish va kuchi qolmasligi mumkin. Ishdan charchab kelgan erni esa bolasi uxlaguniga qadar o'zi uyquga ketib qolishi osonroq bo'ladi. Shu kabi holatlar albatta er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlarni o'zgartiradi, lekin yaxshi yoki yomon tomonga emas. Bu munosabatlar shunchaki boshqacha bo'ladi.
Oldin romantikaga joy bo'lgan bo'lsa, endi 5 daqiqa vaqt ham er-xotin uchun yolg'izlanishga oltindek tuyuladi. Chaqaloq tug'ilishidan oldin, shirin suhbatlar, erkalashlarga vaqt bemalol bo'lgan bo'lsa, endi tezroq maqsadga o'tish va chaqaloq uxlayotgandagi vaqtdan unumli foydalanish afzalroq bo'lib qoladi.
Endi er-xotin avallambor ota-ona, undan keyin esa erkak va ayol bo'ladi.
Muhimi shundaki, chaqaloq tug'ilganidan so'ng jinsiy munosabatlardan er-xotin ranjimasligidir. Ya'ni chaqaloq tufayli unday yoki bunday deb holatni ayblash noo'rin. Chunki chaqaloqning borligi jinsiy munosabatlarning muntazamligi, davomiyligi va sifatiga ta'sir qilishi mumkin, xolos, lekin er-xotin orasidagi ruhiy bog'liqliqqa ta'sir eta olmaydi. Ular oldingi kabi bir-biriga ehtiros bilan qarashi, jismonan sog'inishi va jinsiy munosabatlarni istashni davom etaverdi. Bu ranjishligiga yo'l qo'ymaydi.
Agar er-xotin munosabatlaridan ranjish yoki asabiylashish erkak yoki ayolda namoyon bo'layotgan bo'lsa, demak muammo yangi tug'ilgan chaqaloqda emas, balki er-xotin orasidagi ruhiy munosabatlarda.
Chaqaloq jinsiy munosabatlarga to'sqinlik qila olmaydi.
To'sqinlik oldindan mavjud bo'lsa, chaqaloqning yig'lashi bir sababchidir, xolos. Bola, er-xotin munosabatlari aslida yomon holatda ekanligini, ular orasida qandaydur muammo mavjudligini bildirib qo'yadi.
Yotoqxonada chaqaloq paydo bo'lishi bilan jinsiy munosabatlaringiz salbiy tomonga o'zgardimi, demak er-xotin orasidagi ruhiy munosabatingizga ahamiyat berib ko'ring.
Kimga nima yetishmayapti?
Nega?
Kimga nima yoqmayapti?
Nima qilsa bo'ladi?
kabi savollarga javob berib ko'ring.
Ba'zi hollarda tibbiyotga ham murojaat etish talab etiladi. (Erkak jinsiy kuchining kamayishi va ayolda emizish tufayli endokrin o'zgarishlarning yuz berishi).
Chaqaloqning er-xotin bilan birga uxlashi esa ular orasidagi jinsiy munosabatlarini salbiy tomonga o'zgartira olmaydi. Qancha yig'lagani bilan, bairbir uxlaydi. Sizdagi xohish unga qadar qolishi muhim yoki sabr! Sabr yoki xohish qolmayaptimi, demak muammo o'zingizda (Charchov, ruhiy uzoqlik, boshqa muammolar).
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6344 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama