01:04 Chaqaloq "injiqliklari" | |
![]() Chaqaloq ham injiq bo'ladimi? Yo'q, albatta. Lekin uning ba'zi qiliqlari ota-onani qiynab qo'yishi mumkin. Nima qilsa bo'ladi? Yangi tug'ilgan chaqaloqda sekin-sekin odat va qiliqlari paydo bo'la boshlaydi. Shunda ba'zi ota-onada har xil qo'rquvlar yuzaga chiqadi. Qo'lga o'rgatib qo'yish; Ota-onasini karavatida uxlashga o'rganib qolishi; Qo'lda ko'tarib uxlatishga o'rgatib qo'yish. Ko'krakni sut uchun emas, o'ynab emishga odatlanishi; Uyquda ham ko'krakni qo'yib yuboramasligi; Tongda ota-onasini oldiga borib uxlashga odatlanib qolishi; Bolaning shu kabi boshqa odatlaridan ota-ona tezroq holi bo'lishni istaydi. "Voy, bu kichkinagina bo'lib qo'lni biladi-ya", degan gapni ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak. Aslida chaqaloq kichkinagina bo'lib qo'lga o'rganib oladi emas, u qorinda yotganida doim onasining bag'rida bo'lgani uchun bu dunyoga kelib o'sha eski o'rgangan holatini qumsaydi. Shunga onasini qo'liga talpinadi va qo'lda tinchlanadi. Chaqaloq hali o'ylashni yoki hiyla ishlatishni bilmaydi. U nima qilsa ham refleks asosida yoki ehtiyojidan kelib chiqib qiladi. Emib uxlamoqchimi, demak shu kunlarda bunga ehtiyoji bor. Ko'krakni o'ynab yotibdimi, demak onasiga yaqinroq bo'lishni istayapti. Chaqaloqlar shunday tez kattaradiki, bu kabi odatlari bir zumda o'tib ketadi. Bir yil davomida o'tmasa ham, bir kun o'tib ketadi. Keyin, "Kel, birga yotamiz," desangiz ham qochib ketadigan paytlari ham keladi. Qadrlang! Bolaning chaqaloqlik davrini qadrlang. Nima istasa, bajaring. Chaqaloqlik davr inson hayotidagi ehtiyoji eng kam bo'lgan davrdir. Bu payt unga faqat mehr va yegulik kerak, xolos. Mana shu 2 dona ehtiyojni bajara olmaydigan yoki bajarib o'rgatib qo'yishdan qo'rqadigan ota- ona bola oldidagi burchini bajara olmayotgan hisoblanadi. Ahir chaqaloqqa supurilgan hovli yoki pishirilgan manti emas, onaning mehrga to'la bag'ri kerakliroq. Manti, hovli hali butun umr oldingizda. Boshqalar ham shuni tushuna olishi lozim. Bolaning chaqaloqlik davri(ilk 2 yil)da esa onaning mehriga to'liq to'yib olishi kelajakda uning salomatligida, rivojlanishiga, mustaqil bo'la olishiga, injiq bo'lmasligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Chaqaloqni ko'rgan odam unga talpinadi, uni erkalashni, qo'lga olishni istaydi, farzandini chaqaloqlik davrini qumsaydi. Chunki bu davr eng qisqa va tez o'tadigan davrdir. Unda chaqaloqning har bir istagini bir soniya ham kuttirmay bajarish darkor. O'rganib qolishidan qorqmang. O'rganib qolsa, ham bu uzoqqa cho'zilmaydi. O'tib ketadi. U esa bu dunyoda kerakli ekanligini his etib ulg'ayadi. Bir kun kelib, yig'lab turgan bola onasini ba'girda bir soniyada tinib qolishini har bir ota-ona qumsaydi! Bu sehrli davr. Manba: uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama