01:31 Bolani urib tarbiyalash? Hech qachon! Buning iloji bor. | |
Ko'pincha ota-ona bolasini urib tarbiyaga chaqirganda "Meni ham onam (otam) urganlar, kam bo'lmadim" deb o'zlarini oqlaydilar. Lekin nahotki o'sha payt sizga qanchalik ularning qo'li og'ir botgani esingizda bo'lmasa? Nahotki o'z farzandingiz ham shuni his etishini istasangiz? Axir jismoniy og'riq o'tib ketadi, lekin qalbdagi og'riqlar hayot davomida farzandingizni qiynab qo'yishidan qo'rqmaysizmi? Yoshligida ko'p kaltak yegan bolalar o'qishda, ishda cho'qqilarni zabt etishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatlar orqasida bolaning ichidagi psixologik stress yotadi. U barcha muvaffaqayatlarga xohish tuyg'usi bilan emas, balki qo'rquv tuyg'usi bilan erishadi. Bu tuyg'u esa unga hech qachon chindan baxtni his eta olishiga yo'l bermaydi. Chunki u maqsadga erishib "jazo"dan qutulganidan xursand bo'ladi, maqsadni qo'lga kiritganidan emas. Bolani urganda ota-onalar "Yaxshi gapga tushunmaydi" deb o'zini oqlaydilar. Siz o'sha gapti tushuntirib berishga harakat qilib ko'rganmisiz? Albatta bunga ota-onadan ko'p mashaqqat talab etiladi. Urib esa, bolani qo'rquvga solib ota-ona o'z istaganiga oson erishadi. Agar bolaga vaqt ajratib, u nega qarshilik ko'rsatayotganini aniqlab, bolaga siz undan kutayotgan narsani mehr va sabr bilan tushuntira olsangiz, bola albatta quloq soladi. Bola sizni hurmat qilish kerak. Hurmatga esa, urish bilan emas bolani tushunish bilan erishiladi. Sizni quloq solmayotgan bo'lsa, demak siz unga yo'l topa olmayapsiz. Hamma ishingizni chetga surib, bolangiz yoniga kelib uni bag'ringizga bosib, u bilan gaplashib ko'ring. Boshida albatta u o'zini olib qochadi, chunki sizning bunday iltifotingizga o'rganmagan. Keyin esa ochiladi, uni nima qiynayotganini bilasiz. Ko'pincha bola ota-onaga quloq solmasligiga unga mehr va e'tibor yetmaganligi sabab bo'ladi. Bunday payt bolani ursangiz uni o'zingizdan yanada uzoqlashtirib yuborasiz. Shuni unutmang, bu ketishda u katta bo'lganida siz uni quchoqlayman desangiz ham endi u ko'nmaydi. U payt sizlar teng bo'lasizlar, lekin siz uning mehriga ko'proq zor bo'lasiz. Bolani urib o'z bo'shligingizni ko'rsatmang. Siz jismonan kattaroq va kuchliroq ekanligingizdan bolani urishga haqqingiz yo'q. Axir u sizga teng kuch bilan qaytara olmaydi. Uni alami ichida qoladi. Bu alam esa hayot davomida har xil vaziyatlarda namoyon bo'ladi. Bola sizni o'zingizdan chiqarib yuborganini sezdingizmi, tezda uni yonidan keting. G'azablanayotgan paytda aslo bolani oldida bo'lmang. Tinchlanganingizdan so'ng u bilan gaplashib olishingiz mumkin. G'azab juda yomon narsa, bolani qattiq urib yuborish yoki mayib qilib qo'yish ham hech gap emas. Unga yo'l qo'ymang. O'zingizni ushlay olib bola bilan unga tushunarli tilda gaplashishni biling. Axir siz katta bo'la turib o'zingizni qo'lga olishni bilmasangiz, boladan nimani kutasiz? Ota-onada "Sabrim chidamaydi" degan gap ham ko'p uchraydi. Nega? Nega o'z farzandingizga sabriz chidamas ekan? Bir o'ylab ko'rganmisiz? Nega ishxonadagi boshliqqa, eringizning sizga yoqmas qiliqlariga, xotiningizning kamchiliklariga, boshqa muammolarga sabringiz chidaydi-yu, o'z farzandingizga esa yo'q? Boshlig'ingiz sizni qiynab yuborganda uni urib tashlamaysiz-ku? Chidaysiz, muammoni hal qilish yo'llarini izlaysiz, yon bosasiz, lekin u begona. Farzandingizga kelganda esa negadur hech narsaga vaqt topa olmaysiz? Farzand bu eng oliy ne'mat. Farzandingiz juda tez katta bo'lib qoladi, hozir unga qancha ko'p o'zingizning vaqtingizni, mehringizni va e'tiboringizni ayamasangiz, keyinchalik shuncha o'zingizdan mamnun bo'la olasiz. Mehr va e'tiborga to'yib o'sgan bola juda baxtli va chiroyli hayot kechira oladi. Bolani urishni o'rniga uni jazolash yo'lini qo'llash mumkin. Masalan, "Dars qilmasang, televizor ko'maysan", "Xonangni tozalamasang, ko'chaga chiqmaysan" va boshqalar. Uni urib uyni tozalatib keyin ko'chaga o'ynashga chiqarib yuborish hech kimni asabiga ham, tarbiyasiga ham foyda bo'lmaydi. Bola siz undan nima istayotganingizni aniq bilsin, unga o'z istaklaringizni tushunarli va aniq qilib yetqazishni biling. Prinsiplaringiz o'zgarmas bo'lsin. Bugun "A mayli chiqaver ko'chaga" deb, ertasi kuni "Nega uyni tozalamasdan ko'chaga chiqib ketding" deyishingiz, istaklaringiz bola uchun tushunarsiz ekanligini ko'rsatadi. Unutmang, bola qalbida doim sizni xursand qilish niyatida bo ' ladi , shunday ekan unga bu maqsadiga erishish uchun imkoniyat yaratib turing. Qanday vaziyat bo'lmasin, bola nima qilmasin, ko'pincha bolani betarbiyalik ekanligida ota-ona aybdor bo'ladi . Shunday ekan bolani urib o'z ayb va kamchiliklaringizni bekitishga urunmang. Bolani seva biling . Axir u go ' dak , u juda kuchsiz. Uni o' sib borayotgan g' urur va o' zligini sindirmang . Manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama