21:47 Oyoq terlashidan oson xalos bo’lamiz! | |
Ushbu nozik muammo haqida gapirish noqulay, biroq uzoq jim turib ham bo’lmaydi. Negaki o’zini o’zi oshkor qilib qo’yishi hech gap emas. Uni qanday bartaraf etish masalasi bo’yicha dermotolog Nodira AKRAMOVAga yuzlandik. Asosiy sabablar Tirnoq va oyoq kaftida zamburug’lar qo’nim topsa, tirnoq shakli va rangining o’zgarishi, terining dag’allashishi kuzatiladi. Agar o’zingizda shu belgilarni kuzatsangiz, dermotolog shifokorga murojaat qiling. Oyoqda haddan ziyod ter ajralishining yana bir sababi gipergidroz bo’lishi mumkin. Gormonal muvozanatining buzilishi, masalan, testosteronning ortib ketishi. Buyrak o’z vazifasini bajara olmaganda ham organizmdagi suyuqlik ter orqali chiqib ketishga urinadi, natijada odatdagidan ko’proq terlash kuzatiladi. Qandli diabet. Tomirlarning varikoz kengayishi. O’smirlarda biroz farqli Avvallari farzandinizda uchratmagan bu noxushlikni o’smirlik davriga kelib seza boshladingizmi? Agar noxush hid kuchli ter ajralishi bilan kechayotgan bo’lsa, bu gormonal o’zgarishdan darak berishi mumkin. Endokrinolog qabuliga yozilsangiz, muammoning echimi tomon birinchi qadamni qo’ygan bo’lasiz. Davosi bor! Modomiki, sizni bu savol o’ylantirayotan ekan, oyoqlarni kuniga ikki bor yuvib, qurutish haqida ortiqcha gapirib o’tirmasak ham bo’ladi. 2 osh qoshiq qora choyni bir litr qaynoq suvda 15 daqiqa davomida damlang. So’ngra ustiga ikki litr qaynab sovugan suv solib, oyoqlarni vanna qiling. Bu usul bilan bakteriyalarga qirg’in keltirib, terlash jarayonini sekinlashtirgan bo’lasiz. 1 litrsuvga 1 osh qoshiq miqdorida 9 foizli sirka va bir necha tomchi efir moylaridan, masalan, lavanda yog’idan solib, vanna qilsangiz, noxushlikdan oson xalos bo’lasiz. E’tibor bering, bunday vannalarda oyoqni 15 daqiqadan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Oshxonamizdagi yordamchimiz osh tuzi ham bakteriyalarning «urug’ini qurutuvchi» antiseptik hisoblangani uchun undan vannalar qilish juda foydali. Ammo oyoq kaftida mayda chaqalari bo’lsa, bu usuldan foydalanmang. Sizga biroz noodatiy tuyulsa-da, xuddi shu maqsadda foydalaniladigan dezodarant va antipersperanlardan yuvilgan oyoqlarga sepish ham samara beradi. Poyabzalni tozalashni unutmang! Noxush ter isi uzoq vaqt kiyilgan poyabzalga o’tirib qolishi tabiiy. Bundan qutilishni istasangiz, dokani vodorod peroksidi bilan xo’llab, poyabzal ichini artib chiqing. Tinib-tinchimagan ishlab chiqaruvchilar ham maxsus ultrabinafsha nurlar yordamida poyabzalni qurutuvchi moslamalarni taklif qilishayapti. Zamonaviy usullar Ter ajralishi muammolarini hal etishda ionoforez usuli yaxshi foyda beradi. Ter bezlari natriy, kaliy va xlor ionlari ta’sirida o’z faoliyatini tiklashi isbotlangan. Bemor oyoqlarini suvli vannaga solib o’tiradi, suvdan esa ma’lum miqdorda elektr toki yuboriladi, natijada 5-10 muolajadan keyin muammo hal bo’ladi. Bu usul organizmga zarar etkazmaydi, faqatgina bemor engil achishishni tuyishi mumkin. Kosmetologiyada qo’llaniladigan botoks inektsiyasi ham oyoq terlashini kamaytirish xususiyatiga ega. U ter beziga nerv impulslari etib borishida to’sqinliq qilgani bois terlashni kamaytiradi. Faqat muaolajani har 6-8 oyda takrorlab turishga to’g’ri keladi. Manba: Gooper.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama