22:15
Chaqaloq boshidagi qazg'oqlar

Boladan ko'ra onani ko'p bezota
qiladigan chaqaloq boshidagi
qazg'oqlarni ketkazish mumkinmi?

Deyarli har ikkinchi chaqaloq boshida
qazg'oqlar paydo bo'ladi. Ular oq yoki
sarg'ish rangda bo'lib, qalin yoki
ingichka qoplamga ega bo'ladi.
Ba'zi chaqaloqlarda qazg'oq boshning
faqat ustki qismida bo'lsa, ba'zilarning
butun boshini qamrab oladi.
Chaqaloq boshidagi qazg'oqlar qanday
va qancha bo'lishidan qat'iy nazar ular
bezarar bo'lib, hech qanday kasallik
alomati emasdir.

Ular bolaning 1 yoshiga qadar o'zidan
o'zi iz qoldirmay o'tib ketadi.
Chaqaloq boshidagi qazg'oqlarni qirish,
ko'vlash mutlaqo man etiladi. Bolaning
terisi juda nozikligi tufayli qazg'oq bilan
terini ham shilib olish mumkin. Bu esa
infeksiya tarqalishiga yo'l ochadi.

Qazg'oqlarning kelib chiqishining aniq
sababi mavjud emas. Chaqaloqning teri
mayinligi tufayli u ba'zi bolalarda
yuzaga kelib, hech qanday muolaja yoki
dori qo'llashni talab etmaydi. Ba'zida
bolaning haddan tashqari tez-tez
terlashi qazg'oqlar paydo bo'lishiga
sababchi bo'lishi mumkin, deb aytiladi.
Qazg'oqlar paydo bo'lishini oldini olish
maqsadida chaqaloqqa uyda qalpoq
kiygazmaslik tavsiya etiladi. Undan
tashqari bolani boshini tabiiy
moddalardan tarkib topgan sovun yoki
shampunda yuvish lozim.

Chaqaloq boshidag qazg'oqlar bir necha
oyda o'zi tushib ketadi, agar tezroq
tushishini istasangiz, quyidagi
maslahatlar bilan tanishib chiqing.
1. Chaqaloqni cho'miltirishdan oldin
boshi terisiga chaqaloqlar vazelini yoki
sterillangan zaytun yog'ini 20-30
daqiqaga surib qo'yasiz;
2. Boshiga chit qalpoqchani kiygazib
qo'yasiz;
3. Kerakli vaqt o'tgach yumshagan
qazg'oqlarni asta sekinlik bilan
chaqaloq tarog'ida tarab tashlaysiz.
Kuch ishlatish, bosib tarash mumkin
emas. Tushgani tushadi, qolgani suv
bilan yuvilganida ketadi.

Bolani boshidagi
kichik miya
chuqurchasini bosish ,
ezish yoki tarash
mumkin emas.


4. Chaqaloq boshini shampun yoki
sovunda yuvasiz;
5. Boshini artib yana bir bor asta
sekinlik bilan qolib ketgan qazg'oqlarni
tarab tashlaysiz. Chaqaloq kichik
miyacha chuqurchasini taramaslik
lozim. U joy miyaga yaqin va juda
mayindir.
Agar shundan so'ng ham qazg'oqlar
qolib ketgan bo'lsa, ularni qirib
o'tirmang. Keyingi safar o'zi tushib
ketadi.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 5104 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama