11:48
O'zbek ayoli turlari - siz qaysinisi?

Turmushda o'zbek ayolini bir nechta
turga ajratib ko'rsa bo'ladi.

1. Kelin ayol
Bu kabi ayollar yoshligidan faqat kelin
bo'lishga o'rgatiladi. Ular uchun
qaynona-qaynotaga xizmat hayotda
qilish birinchi o'rinda turadi. Bolasi
yig'lab turgan bo'lsa ham, qaynonasi
aytgan chuchvarani qilib qo'yish bunday
ayollar uchun eng birlamchi vazifadir.
Turmush o'rto'giga ham qaynona-
qaynotasining o'g'lidek qaraydi. Ya'ni,
erining ehtiyoji qaynona-qaynotasining
ehtiyojidan kelib chiqqan holda
baholanadi. "Kelin" ayol turmush
o'rto'gi bilan alohida chiqib ketsa,
turmushida kelishmovchiliklar ko'payadi,
chunki bu ayollar qaynona-qaynotalik
uyda yashashga moslashgan. Ularning
eri boshida ota-onamga yaxshi xizmat
qilyapti deb xursand bo'lsa, borib-borib
o'ziga va farzandlarga bo'lgan
bee'tiborlikdan nolishni boshlaydi.

2. Tili shirin ayol
Bunday ayollar tili bilan hammani o'ziga
qaratay oladi. Uyning kirligi, bolalarning
muammolari, ovqatning bemazaligi
ayolning shirin tili bilan qoplanib ketadi.
Ularni urishgan taqdirda ham uydagi
vaziyat o'zgarmaydi, lekin og'zidan bol
tomib, "ho'p bo'ladi" degan gapi bu kabi
ayollarga hamma narsani kechirishga
undaydi. Ular uy ishiga yo'q, farzandlari
tarbiyasiga befarq bo'ladilar. Bu kabi
vazifalar asosan erining bo'ynida
bo'ladi. Eri esa "tili shirin" ayolining
shirin so'ziga mahliyo bo'lib hamma
ishni o'z bo'ynida ko'tarib kun kechiradi.
Bunday erkaklar odatda ishda katta
muvaffaqaiyatlarga erisha olmaydilar,
chunki fikri-hayoli uy muammolarida
bo'ladi.

3. Aqlli ayol
Bunday ayollar erkak uchun haqiqiy
turmush o'rtoqdir. Ular erining har bir
ehtiyojini oldindan seza biladilar.
Bunday ayollarning uylari saramjon,
bollari sarishta bo'ladi. Aqlli ayolning
uyidan baraka arimaydi. Lekin tili shirin
ayollardan farqli o'laroq bunday
ayollarning tili ham ba'zida chaqqonlik
qilib turadi. Bu esa hech bir erkakka
yoqmaydi.

4. Go'zal ayol
Go'zal ayol uchun eng muhimi uning
tashqi ko'rinishidir. Bunday ayollar
saharlab turib sochini turmaklashga,
bo'yanishga erinmaydilar. "Go'zal ayol"
ning eri ishdan kelishiga shirin ovqat
yemasa ham, go'zal ayolini ko'radi.
Uylar toza bo'lmasligi, bolaning darsi
qilinmagan bo'lishi, ovqat tuzi ko'p
bo'lib qolishi bu kabi ayollar uchun
hech gap emas, lekin uni hech qachon
bo'yanmagan yoki sochi
turmaklanmagan holatda ko'rmaysiz.

5. O'g'il bola ayol
Bu ayollar uyda hamma narsani
eplaydilar. Bozor-uchar ham, buzilgan
rakovina ham, tushib ketgan javonni
tuzatish ham ularning qo'lidan keladi.
Kerak bo'lsa, pul topish ham bunday
ayollar zimmasida bo'ladi. Ular ayollik
vazifasini biroz unutib, o'zini
erkaklarcha tutadilar. Ular hamma
narsaga ulguradi va ko'pincha boy
bo'ladi. Yonida erkak bo'lsa, u odatda
bo'sh va yumshoq bo'ladi. Bunday
ayollar oilasida o'sayotgan bolalar
turmushni biroz teskari qabul qiladilar.
Ular uchun hayotdagi erkak va ayol
o'rni almashib qolgan bo'ladi.

6. Aybdor ayol
Bunday ayollar oramizda juda ko'p. Ular
hammani oldida o'zini kamsitaveradilar.
Eri ursa ham, yursa ham o'zini aybdor
deb biladi, qaynonasi jahl qilsa, o'zidan
ayb qidiradi. Bunday ayollar o'zini
astoyidil kamsitgani tufayli ko'p ish
qiladilar. Tinmay ish qiladilar. Bollariga
ham yalinib yuradilar. Bollari bu kabi
ayollarni odatda hurmat qilmay o'sadi.
Ular hammadan gap eshitib yuradi va
hammani ko'zida hech narsaga
yaramaydigan bo'lib ko'rinadilar.
Ularning umr vazifasi o'z "ayb"ini yuvib
yashashdir. Buning uchun esa ular ish
qilishdan to'xtamaydilar.

7. Ideal ayol.
Bu kabi ayol haqida har bir erkak orzu
qiladi. Ular o'z ichiga "kelin", "tili shirin",
"aqlli", "go'zal", "o'g'il bola", "aybdor"
ayollarni hislatlarini qisman qamrab
olgan bo'ladi. Natijada kerak bo'lganda
kerakli fazilatni ko'rsata oladigan ideal
ayolni chiqadi.
Ideal ayol bo'lish hammaning qo'lidan
keladi, buning uchun yuqoridagi barcha
fazilatlarga ega bo'lib, vaziyatdan kelib
chiqqan holda ularni namoyon etishni
bilmog'i darkor.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3689 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama