01:34 Ozg'inlar kabi oson ozish yo'li | |
Ozg'inlar kabi fikr yuritishni o'rganing. Bu nima degani? Ko'pincha semirib ketayotgan odamning fikricha, u juda kam yeydi, shuning uchun u suyagi qalinligi yoki boshqa tashqi faktorlar tufayli oza olmayotgan bo'ladi. Aslida suyagi qalinlik, bu erinchoqlar o'ylab topgan gap. Kam yeyish tushunchasi esa juda nisbiydir. Mana shu "kam yeyish" tushunchaga ozg'in odamlar qaragandek qarashni o'rganmoq lozim. Shunda ozish juda oson bo'ladi. Ozg'in odam uchun "kam yeyish" nima degani? Bu avallambor bir porsiya ovqat 2 mushtingizdan oshmasligini bildiradi. Ya'ni ikki mushtingizga sig'a oladigan ovqat porsiyasini bir o'tirishda yeyish yetarli bo'ladi. Undan tashqari bu 2 musht ichiga hamma narsa kirishi kerak. Masalan, agar siz ham ovqat, ham meva, ham shirinlik yeyishni rejalashtirgan bo'lsangiz, u holda ovqatni 2 mushtdek solib, ketidan shirinlik va meva yeyish degani emas. Siz mevani ham, ovqatni ham, shirinlikni ham haligi 2 musht ichiga birgalikda sig'dirib yeyishingiz kerak bo'ladi. Juda kam deb o'ylaysizmi? Demak, siz ozg'in isnondek o'ylashga tayyor emassiz. Shuni bilingki, olmani ham, danakni ham, hatto pista-qurtni ham yaxshigina kaloriyasi mavjud. Men kuni bilan hech narsa yemadim degan gapning ostida aslida 2 kosa ovqat, 2 dona qurt, pista, olma, bodring, pechenye, tort kichik bo'lak va yana bir qator yeguliklar borligini inobatga oling. Buning barchasi sizning yonlaringizdagi namoyon bo'layotgan yoglardir. Ozg'inlarning eng yaxshi odati - bu taomlar orasida bir nima yeb olmaslik. Ya'ni kunda 4 mahal ovqatlanib, keyin ora-orada bir nima tamadi qilib olmaslik. Chunki orada yeyilgan bir dona turshak ham qo'shimcha kaloriya ekanligini unutmaslik zarur. Agar turshak, qurt, pechenye yoki brion tort yoki qatlama yeb olmoqchi bo'lsangiz, u holda ovqatlanish porsiyangizni yanada kamaytiring. Oldin bir mushtdek porsiya bo'lsa, u holda bundan ham kamroq yeysiz, keyin esa bemalol qurt yoki qatlamani ham tamadi qilib olasiz. Ozish davomida eng muhimi turlicha ovqatlanish. Ya'ni o'sha mushtdek porsiyalardan iborat kunlik ovqatingizda sut va go'sht mahsulotlari, meva, sabzavot, uglevod, oqsillar, foydali yog'lar ham bo'lishi darkor. Shirinlik yeyman deb, ovqatdan voz kechish noto'g'ri. Ovqatning barcha turlarini oz-ozdan yeyish ayni muddao. Muhimi, porsiya! Nima yesangiz ham kamroq yeyishga odatlaning. Kamroq deganda doim ko'z oldingizga mushtingizni keltiring. Shunday ovqatlanish natijasida 3 oyda shundoq natija bilinadi. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama