01:44 Bachadon tushishi | |
![]() Normada bachadon ayolning toz qismida joylashgan bo'ladi. U bir qator mushak, pay va to'qimalar bilan ushlanib turadi. Homiladorlik, to'lg'oq , qiyin tug'ish natijasida bu mushaklar bo'shashadi. Undan tashqari ayolning yoshi o'tgan sari, organizmda estrogen gormonining pasayishi natijasida ham bachadon atrof mushaklari bo'shashadi. Buning natijasida esa bachadon pastga tushib qoladi, ya'ni bachadon tushishi holati yuzaga keladi. Bachadon tushish darajasi: 1-daraja: bachadon bo'yni qinga tushib qolishi; 2-daraja: bachadon bo'yni deyarli qin ochilishiga borib qolishi; 3-daraja: bachadon bo'yni qindan tashqariga chiqib qolishi; 4-daraja: bachadonning o'zi qindan tashqariga chiqib qolishi; Bachadon tushib qolishi natijasida qo'shimcha holatlar namoyon bo'lishi mumkin: Sistocele: Siydik pufagi qin devoriga bo'rtib chiqishi. Bunda tez-tez siydik qistashi, siydikni ushlay olmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Enterocele: Ichakning bir qismi qinga bo'rtib chiqishi. Bunda turgan holatda kuchanish hissi seziladi, ba'zida bel og'rig'i ham kuzatiladi. Rectocele: To'g'ri ichakning qinga bo'rtib chiqishi. Bunda ich kelishi qiyinchilik va noqulaylik tug'diradi. Chunki har bir kuchanish qin tomonga zarba beradi. Ba'zida yuqoridagi holatlarning bir nechtasi birgalikda namoyon bo'lishi mumkin. Bachadon tushishiga nima sabab bo'ladi: Homiladorlik va tug'ish . Asosan qiyinchilik bilan o'tgan tug'ish jarayoni; Yosh o'tganligi tufayli yuzaga keladigan mushaklarning bo'shashi; Menopausadagi( hayz ko'rishi tugayotgan) ayollarda estrogen gormoni ishlab chiqarishi kamayganligi tufayli tabiiy ravishda yuz beradigan mushaklar tonusining pasayishi; Toz mushaklariga doimiy ravishda zarba beruvchi holatlar: masalan, surunkali bronhial yo'tal yoki astma, ich qotishi, qorin boshlig'ida suyuqlik yig'ilishi; Vaznning haddan tashqari yuqoriligi; Toz organlarida amalga oshirilgan katta jarrohlik operatsiya bo'lishi. Har qanday katta operasiya qilingan joydagi to'qimalar tonusi bo'shashadi. Chekish Og'ir ko'tarish. Juda kam hollarda bachadon tushishiga Marfan sindrom, Ehlers- Danlos sindromi, paylar cho'ziluvchanligi sindromi kasalliklari sababchi bo'ladi. Bachadon tushishi alomatlari: Toz bo'limida og'irlik, bosim sezilishi, ba'zilar buni huddi kichik to'pni ustida o'tirgandek tasvirlaydi; Belning pastki qismining og'rishi; Qindan bir nima chiqayotgandek tuyulishi; Jinsiy aloqa jarayonida og'riq bo'lishi ; Siyish yoki ich kelishida qiyinchiliklar yuz berishi; Yurayotganda noqulaylik sezilishi. Bachadon tushganligi qanday aniqlanadi: Bachadon tushishi holatini ginekolog ayolning yotgan va turgan holida jismoniy tekshiruv asosida aniqlaydi. Kerak bo'lsa, ultra tovushli diagnostika talab etilishi mumkin. Bachadon tushishini davolash yo'llari: Bachadon tushishini davolash uning tushganlik darajasiga, ayolning yoshi va keyinchalik tug'ish niyati bor-yo'qligiga qarab aniqlanadi. Dori vositalaridan odatda estrogen gormoni ishlatiladi. U svecha, krem va boshqa qinga bevosita ta'sir etuvchi vosita ko'rinishida bo'ladi. Lekin estrogen vositalari faqat ayrim postmenopauzadagi( hayz kelishi tugagan) ayollardagina qo'llanilishi mumkin. Mehanik vositalar : toz pessariylari. Bu maxsus moslamalar bo'lib, ular toz mushaklarini mahkamlab turadi. Ularning noqulayligi shundaki, ma'lum bir vaqt oralig'ida almashtirib turishi kerak. Undan tashqari bu moslamalar tufayli qindan o'tkir hid keladi. Jarrohlik yo'li. Agar ayol boshqa tug'ish ni rejalashtirmayotgan bo'lsa, u holda bachadon tushishining o'ta o'tikazilib yuborilgan darajalarida bachadonni olib tashlash yoki jarrohlik yo'li bilan korreksiya qilish tavsiya etiladi. Tug'ish niyati bor ayollar bachadon tushishini jarrohlik yo'li bilan davolash darajasigacha olib kelmasligi lozim. Ayrim hollarda tug'ish ni niyat qilgan ayollarga samarasi yuqori bo'lmagan plastik jarrohlik yo'li bilan bachadon tushishi holati tuzatiladi. Bachadon tushishini bartaraf etishga qaratilgan uy sharoitidagi mashg'ulotlar: Bachadon tushishini oldini olish va davolashda eng yaxshi vosita Kegel mashg'ulot idir. Muntazam ravishda, har kuni qilinadigan Kegel mashg'uloti 1- darajali bachadon tushishi holatini davolash xususiyatiga ham ega. Bachadon tushishini oldini olish mumkinmi? Har bir ayol 30 yoshdan o'tgach va kamida 1 farzandni tabiiy yo'l bilan dunyoga keltirgan bo'lsa, bachadon tushishini oldini olish yo'llarini bilib olishi va kerak bo'lsa amalda qo'llashi darkor 1. Og'ir ko'tarmaslik; 2. Doimiy ravishda Kegel Mashg'utloalri ni bajarib yurish; 3. Chekmaslik; 4. Ortiqcha vazndan holi bo'lish; 5. Ich qotishgacha olib bormaslik. Meva va sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish; 6. Surunkali yo'tal bo'lsa, yo'talayotganda tozga kuchli bosim bermasdan yo'talish yo'llarini bilib olish. Bachadoni tushgan ayollarga quyidagi mashg'ulotlar tavsiya etiladi. Qizigi shundagi bu mashg'ulotlarning ba'zilarini uy ishlarini qilish davomida, televizor ko'ra turib ham bajarish mumkin: 1. Qin mushaklarini qattiq qisib 10 gacha sanaysiz, qo'yib yuborasiz. 10 marta qaytarasiz. Borib borib mushaklarni siqib 10 emas, 30-50 gacha sanashga o'tasiz. 2. Qin mushaklarini qattiq qisib tez bo'shatasiz. Bu harakatni 50 marta qaytarasiz. 3. Katta sport koptogiga oyoqlaringiz ochib o'tirasiz. Kegel mashg'ulot ini imkon qadar ko'p marta bajarasiz. Mashg' ulotlar har kuni, kamida 3 martadan bajarilishi lozim . Bachadon tushishi holatini bartaraf etishda mashg'ulotlarning muntazamligi va davomiyligi muhimdir . Manba: uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama