22:43
Spermotozoid sonini va sifatini oshirish uchun nimalardan qochmoq zarur?

Erkakda smermotozoid soni va sifati
yuqoriligi ayol homilador bo'lishi uchun
eng muhim faktordir. Undan tashqari bu
faktrolar erkakning jinsiy kuchini ham
oshiradi.
Quyidagi 20 maslahat spermotozoid
sifatini va sonini oshirish uchun yordam
beradi:


1. Plastikni haddan ziyod ko'p
ishlatishdan qoching.
Atrofimizni plastik o'rab olgan. Qaerga
qaramang, plastik idish, kimyoviy
vositalar, plastik uy jihozlari va
hokazolardir. Tadqiqotlarning
ko'rsatishicha, plastikning paydo bo'lishi
spermotozoidlarning kamayishiga sabab
bo'lgan.
Imkon qadar plastik narsalarni
ishlatmaslikka, plastik idishlardan
foydalanmaslikka harakat qiling.

2. Konservalangan ovqatlarni yemang.
Konservalangan yeguliklarda BTW, BPA
kabi moddalar bo'lib, ular sintetik
estrogen hisoblanadi. Sintetik estrogen
erkak salomatligiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi.

3. Do'kon cheklarini ushlamang.
O'sha biz o'rganib qolgan do'kon
cheklarida ham o'sha zararli BPA
moddalik qoplam mavjud.
Tadqiqodlarning ko'rsatishicha, chekni
ushlab ovqat yegan erkaklar qonida
BPA moddasi yuqori bo'lgan.

4. O'yinchoqlardan ham ehtiyot bo'ling.
Bozorda ko'payib ketgan tekshirilmagan
o'yinchoqlar BPA va boshqa zararli
moddalarga to'la. O'yinchoqlarni
maxsus bolalar do'konlaridan olishga
odatlaning.

5. Jinsiy aloqa davomida ishlatiladigan
lyubrikang-gellardan ehtiyot bo'ling.
Ularning ba'zilari spermatozoidni nobud
qilish hususiyatiga ega.

6. Kimyoviy qoplamga ega kiyimlarni
kiymang.
Ba'zi kiyim yoki etiklar suv tegib xo'l
bolmasligi uchun maxsus kimyoviy
qoplamga ega bo'ladi. Ana shu kimyoviy
qoplam spermatozoidlarga salbiy ta'sir
ko'rsatadi.

7. Cho'milish vositalaring ba'zilaridan
voz keching.
Silikon, phthalate, paraben kabi
moddalarga ega shampun, sovun, soqol
olish vositalari va boshqa gigiena
vositalaridan voz keching. Tabiiy
vositalarga o'ting. Bu qimmatroq
bo'lgani bilan, ota bo'lish yo'lida shunga
arziydi.

8. Siz bilgan boshqa barcha kimyoviy
vositalardan voz keching.

Atrofga nazar soling. Imkon qadar
kimyoviy vositalar sonini kamaytiring.
Iloji bo'lsa tashlab yuboring yoki
tabiiyrog'iga almashtiring.
Qayta- qayta ishlatiladigan baklashka yoki uni
ichidagi suyuqlik spermatozoid
uchun eng yomon
narsa.


9. Dorilar sonini kamaytiring.
Agar siz muntazam ravishda yoki ora-
orada dori vositalarini qabul qilayotgan
bo'lsangiz, ularni homiladorlik
rejalashtirilayotgan davrda yo'qqa
chiqaring. Dorilarning ba'zilari
spermotozoid sonini keskin kamaytirib
yuborish hususiyatiga ega.

10. Stressdan holi bo'ling.
Uyqusizlik, asab buzilishi, charchov
spermotozoid kamayishi uchun eng
katta omil.

11. Noutbuk, planshet kabi gadjetlarni
qorin pastiga qo'yib o'tirmang.
Ular chiqaradigan issiqlik erkak jinsiy
a'zolariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

12.Wi-Fidan ham yiroqroq bo'ling.
Ba'zi tadqiqotlar hatto wi-fi to'lqinlari
ham spermotozoid soni va
harakatlanuvchanligini pasaytirishini
ko'rsatdilar.

13. Spirtli ichimlik ichmang.
Sog'lom farzand otasi bo'lishni
rejalashtirayotgan bo'lsangiz, spirtli
ichimlikdan hech bo'lmasa vaqtinchalik
voz kechib turganingiz ma'qul.

14. Velosiped uchmang.
Bu sport bo'lgani bilan aynan erkak
jinsiy a'zolari uchun uning foydasi yo'q.
Har kuni velosipedda o'tkazilgan soatlar
bilan spermatozoid sifatidagi buzilishlar
orasida bog'liqlik aniqlangan.

15. Telefoningizni cho'ntakda
saqlamang.
Cho'ntagingiz tuxumga yaqin joyda
joylashgan. U yerda telefonning turishi
va undan radiasiya ajralishi tuxum
ichidagi muhitga, ya'ni spermatozoid
ishlab chiqarilish jarayoniga salbiy ta'sir
ko'rsatadi.

16. Sauna va issiqlikdan yiroq bo'ling.
Issiq vanna va sauna erkak tuxumiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tuxumda sifatli
va ko'p miqdorda spermatozoid ishlab
chiqarilishi uchun ular tana haroratidan
ko'ra sovuqroq muhitda bo'lishi lozim.
Sauna va issiq vanna tuxumga yoqimsiz
muhitdir.

17. Jismonan passiv bo'lmang.
Jismoniy mashg'ulotlar umumiy
salomatlik uchun, shu qatorda jinsiy
salomatlik uchun ham foydali.
Haftasiga kamida 7 soat qilingan
jismoniy mashg'ulotlar spermatozoidlar
sonini 48% oshirishi aniqlangan.

18. Semiz bo'lmang.
Ortiqcha vazn(normadan 30% ko'proq
bo'lishi) erkakning reproduktiv
funksiyasi darajasini, shu qatorda
spermatozoid sonini va jinsiy kuchini
ham kamaytiradi.

19. Jinsiy passiv bo'lmang.
Jinsiy aloqada muntazamlik ayol
homilador bo'lishi uchun muhim
faktordir. Ota bo'lishni
rejalashtirayotgan erkak xotini bilan
muntazam ravishda jinsiy aloqada
bo'lsa, spermotozoid ishlab
chiqarilishiga va uning sifatiga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

20. Tor ichki kiyim va shimlardan
nariroq bo'ling.
Erkak tuxumlari salqin muhitda bo'lishi
kerakligini yuqorida yozgan edik.
Bundan tashqari tuxumni siqib qo'yish
ham mumkin emas. Ular bo'sh holatda
bo'lishi darkor. Shuning uchun
torlashgan shim va tor ichki kiyimlar
ota bo'lishni rejalashtirayotgan erkak
uchun keraksiz narsalar.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 4557 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama