00:06 Tish olinganda yoki tushganda qon to'xtamasa nima qilish kerak? | |
Tish olinishi oddiy bo'lgani bilan bir jarrohlik operatsiya desak adashmaymiz. Odatda tish olingach qon ketishi bir necha daqiqalarda to'xtaydi. Cho'zilgan holda ham 15-20 daqiqadan ko'p cho'zilmaydi. Agar qon oqishi to'xtamayotgan bo'lsa, bunga bemor qoni suyuqlashgan bo'lishi (masalan, muolajadan oldin aspirin kabi qon suyuqlashtiruvchi dori ichgan bo'lishi), qon bosimining oshishi kabilar sabab bo'lishi mumkin. Undan tashqari tish olinayotganda yirik qon tomirlariga zarb yetgan bo'lsa ham tish olingan joydan ko'p qon kelishi kuzatiladi. Agar tish olingan zahoti qon kelishi kuzatilayogan bo'lsa, u holda stomatolog uni tez to'xtata oladi. Tish uyda olingan bo'lib qon to'xtamayotgan bo'lsa yoki tish kasalxonada olinib bir necha soat o'tganda uyda qon kela boshlasa u holda shifokorga murojaat etgan ma'qul. Agar qon unchalik ko'p kempayotgan bo'lsa, uni uy sharoitida to'xtatish uchun nima qilib ko'rsa bo'ladi? Qon kelishi ko'payayotgan, yoki 30 daqiqa o'tgach to'xtamayotgan bo'lsa shifokorga uchrash talab etiladi 1. Bintdan tampon yasab tish olingan joyga taqab 20-30 daqiqaga tishlar bilan bosib qo'yiladi. Tampon qon oqimiga to'sqinlik qilib, qonni quyuqlashishib to'xtashiga yordam beradi. Tampon bir necha soniyada qonga to'lib ketayogan bo'lsa, u holda zudlik bilan shifoxonaga bormoq zarur. 2. Tish olingan tomondagi yanoqga muz matoga o'ralib 5-10 daqiqaga qo'yiladi. U qon tomirlarini siqilib qon oqimini to'xtashiga olib keladi. Muzni bevosita tish olingan joyga qo'yish yoki yanoqda uzoq vaqt mobaynida ushlash mumkin emas. Tish olingan joyda yallig'lanish jarayoni boshlanib ketishi mumkin. 3. Qon oqayotgan bo'lsa og'izni chayish kerak emas. Qon oqimini to'xtatuvchi quyuqlashgan qon parchasi suv bilan chiqib ketaverib, qon to'xtamaydi. 4. Qon bosimini tekshirib ko'rish lozim. Vahima bilan qon bosimi oshib ketgan bo'lsa, uni tushirish lozim. Aks holda qon to'xtashi qiyin bo'ladi. Undan tashqari: Tish olingandan so'ng sauna yoki boshqa issiq va sovuq muolajalarni 1-2 kun bajarmaslik zarur. Qon bosimi yuqori yuradiganlar tish olingan kuni va undan so'ng qon bosimini nazoratda ushlamoqlari lozim. Spirtli ichimliklarni tish olingach 1-2 kun ichmaslik muhim. Agar qon oqishi bilan birga og'riq , bosh aylanish, bo'shlik sezilsa, darhol shifoxonaga uchrash lozim. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama