00:00 Hayz vaqtida og'riq: sababi va davolanishi | |
Hayz kelishi hammada har xil kechadi. Ba'zi ayollarda hayz kelishi o'g'riqsiz o'tsa, ba'zi ayollar hayz kunidan oldin yoki hayz kelishi davomida og'riq sezadi. Agar og'riq kuchli emas bo'lib, 48-72 soatdan oshmasa, bu normal holatdir. Hayz og'riq bilan kechishiga dismenoreya deb ataladi. Og'riq qanday bo'ladi? -Qorin past qismi og'riydi; -Bel va sonda og'riq bo'ladi; -Qorinda bosim seziladi. Hayz davrida og'riq bo'lishiga nima sabab bo'ladi? Bachadon devorlarining hayz payti qisqarishi og'riqni keltirishi mumkin. Bu qisqarish bachadon devori qoplamini tushirib yuborish uchun kerak. Bu normal holat bo'lib, davolanishni talab etmaydi. Undan tashqari quyidagi holatlar hayz davomida og'riqni keltirib chiqarishi mumkin: Endometrioz. Bunda bachadon xujayralari bachadondan tashqarida rivojlanishni boshlaydi. Bu holat hayz payti kuchli, ba'zida chidab bo'lmas og'riqni ham keltirib chiqarishi mumkin. Kichik toz a'zolaridagi shishlar. Bu shishlar hayz ni og'riqli va ko'p hajmli bo'lishiga olib kelishi mumkin. Jinsiy a'zolar shamollashi. Bunda kichik to'z a'zolarida biron bakteriya tufayli yallig'lanish namoyon bo'ladi bu esa ayol hayz davomida og'riq sezishiga olib keladi. Adenomiosis. Bunda bachadon endometriysi(qoplami)ning ko'payib borayotgani kuzatiladi, natijada bachadon kattalasha boshlaydi, bu hayz kelishidan oldin va hayz kunlarida og'riq bo'lishiga olib keladi. Ba'zida bachadon ichki vositasi ham bachadonga qo'yilgan ilk 6 oy davrida hayz davomida og'riq keltirishi mumkin. Agar ayolda hayz davomida oldin og'riq bo'lmay, birdaniga og'riq paydo bo'lgan yoki oldin ozgina og'rib endi kuchliroq va davomiyliroq og'riq sezilayotgan bo'lsa, u holda yuqorida ta'kidlangan biron patologik holat yuz bergan bo'lishi mumkin. -Hayz davomidagi og'riq biron kasallik alomati ekanligini qo'shimcha ko'rsatkichlardan aniqlasa bo'ladi: -Hayz sikli muntazam emas; -Hayzlar orasida qindan qon ajraladi; -Qindan qalin, hidi yomon ajralma chiqadi; -Jinsiy aloqa jarayonida og'riq seziladi. Qachon shifokorga murojat qilish lozim? -Agar sizda yuqoridagi qo'shumcha ko'rsatkichlar bo'lsa; -Agar hayz siklingiz birdaniga o'zgargan bo'lsa; -Hayz davomiyligi va hajmi o'zgargan bo'lsa; -Og'riq oldingiga nisbatan kuchliroq yoki davomiyroq bo'lib qolgan bo'lsa. Shifokor nima qiladi? -Siydik va qon analizlarini tekshiradi; -Kichik toz a'zolarini ultra tovushli diagnostika qiladi; -Gesteroskopiya yoki laporoskopiya muolajasini o'tkazadi. -Bunda kichik toz a'zolari anomaliyalar mavjudligiga chuqur tekshiruvdan o'tkaziladi. Hayz davomida og'riq bo'lishi davolanadimi? Agar bunga biron kasallik sabab bo'lmasa yo'q. Shirokor maslahati bilan og'riqqa qarshi biron og'riq tushiruvchi dori ichsa bo'ladi. Hayz og'rig'i biron kasallik tufayli bo'layotgan bo'lsa, u holda o'sha kasallik davolanadi. Hayz davomida og'riq bo'lishi bepishtlikka olib kelmaydimi? Agar og'riqning sababi biron kasallik bo'lsa, olib kelishi mumkin. Masalan, endometrioz yoki jinsiy a'zolar yallig'lanishi davonlanmay qoldirilsa, bepushtlikka yoki bachadondan tashqari homiladorlik ka olib kelishi mumkin. Hayz og'riq bilan kelsa, uy ishlarini qilish yoki jismoniy mashg'ulotlar bajarish mumkinmi? Agar ayolga bu qiyinchilik tug'dirmasa, buning zarari yo'q. Hayz davomida og'riqni yumshatish uchun iliq dush qabul qilish yoki qorinni massaj qilish yordam beradi. Eng osoni hayz og'riq bilan o'tayotgan kunlarda ayol yotib dam olishidir. Janubiy Korea ofislarida ayollar uchun qizil kun ta'tili mavjud . Ya'ni ular hayz keladigan 3 kun ishga chiqmaslik huquqiga egadirlar. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama