01:32 Bolangiz bilan yaxshi muomila qilasizmi? Tekshirib ko'ring. | |
Quyidagi savollarga "Ha" yoki "Yo'q", deb javob berasiz. Har bir "Ha" javob uchun 1 ball, "Yo'q" javobi uchun 2 ball qo'shasiz. 1. Bolaga erkalaydigan so'zlar bilan muomila qilasiz. 2. Bolani ko'p quchoqlaysiz. 3. Bola bilan birga bo'lganingizda mazza qilasiz. 4. Bola yangi qiliq yoki harakat o'rganishi uchun unga yordam berasiz. 5. Bola tushunadigan tilda u bilan ko'p muloqot qilasiz. 6. Bolaga hech jahl qilmaysiz. 7. Kayfiyatingizga bog'liq ravishda bolaga muomila qilmaysiz. 8. Bolaga kitob o'qib, ma'nosini tushuntirasiz. 9. Bolaning talabini bajarasiz. 10. Bolani kuchli nazorat qilasiz. 11. Bolaga o'zi qila oladigan ishni mustaqil bajarishi uchun imkoniyat berasiz. 12. Bolaga qiziq bo'lgan narsaga siz ham qiziqasiz. 13. Bolaga qaraganda doim! tabassum qilish, sizning odatingiz. 14. Bolani silash, erkalash, o'pish, sizning odatingiz. 15. Bolaga tanbeh berganda, ehtiyot bo'lasiz. 16. Bola bilan birga biron narsa o'ynaganda, siz o'yinni boshqarmaysiz. 17. Bola bilan muomila qilganda, uning ko'ziga qaraysiz. 18. Bolaga asabiz buzilganini ko'rsatmaysiz. Qancha ko'p ball to'plagan bo'lsangiz, shunchalik muomilangizni o'zgartirish talab etiladi. Ya'ni jami ballar 38 ga yaqin bo'lgani, sizning bolaga munosabatingiz yaxshi emasligini ko'rsatadi. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama