05:06
Ko'krakda sut yig'ilib qolishi - laktostaz

Emizish davomida ko'krakda sut miqdori
ko'payib bola hammasini emishga
ulgurmay qolsa, ko'krakda ortiqcha sut
yig'ilib sut yo'llari bekilib qoladi. Ba'zida
yig'ilib qolgan sut ko'krakda og'ir
boshqa salbiy oqibatlarga ham olib
kelishi mumkin.

Agar yig'ilib qolgan sut vaqtida sog'ib
tashlanmasa sut yo'llarining bekilib
qolishi - laktostaz yuzaga kelishi
mumkin.

Shunda ko'krak to'lib qolgan ko'rinib,
tegsa og'riq keltriadi. Ko'krakning ba'zi
joylarida shishlar seziladi. Bunda
ko'krakdagi sut to'liq sog'ilmaydi yoki
umuman sog'ilmay qoladi. Keyinchalik
istma ko'tarilishi yuzaga keladi.

Laktostaz natijasida ko'krakda
og'riq paydo bo'lishining sababi:


-Bolani ko'krakga notog'ri tutqazish,
bunda bola emayotganda ko'krak
uchini butunlay og'zi bilan qamrab
olmay, faqat uchini tortib emadi;
-Ko'krakga mos bo'lmagan
byustgalter taqish;
-Ko'krakka shikkast yetkazib qo'yish
(masalan, bolani o'ynatib turib
oyoqlari ko'krakni tepib yuborganini
sezmay qolish mumkin);
-Qorinda uxlash;
-Sovuq qotish.

Bolani ko'krakka to'g'ri tutqazish
yo'li:



-Bunda bola butun tanasi bilan onaga
qaratilgan;
-Bolaning boshi bilan tanasi bir
maromda joylashgan;
-Bolaning og'zi katta ochilgan bo'lib,
pastki lablari tashqariga qayilgan,
iyagi ko'krakka yopishgan;
-Bola ko'krak uchuni butunlay og'zini
ichiga kiritib olgan;
-Bolaning tomog'idan qo'lt-qo'lt sut
o'tishi eshitilgan.

Laktostaz vujudga kelganda,
birinchi yordam:


-Bolaga ko'proq og'riyotgan ko'krakni
tutqazish;
-Bola emib bo'lgandan so'ng
ko'krakdagi qolgan sutni yaxshilab
qolmaguncha sog'ib tashlash;
-Bola emayotganda uning iyagi
ko'krakdagi shishga qaratilgan
bo'lishini ta'minlash;
-Ko'krakni, ayniqsa shishlar mavjud
joylarni qo'l kafti bilan soat strelkasi
bo'ylab silash.

Yuqoridagi harakatlar vaqtida
muntazam ravishda amalga oshirilsa,
laktostaz 1-2 kunda yo'q bo'ladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1531 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama