05:17
Jazmanning xotindan farqi

"Shunday go'zal xotini bo'la turib,
jazman orttirib olibdi", degan gapni
ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.
Nega erkaklar jazman orttirib oladi?
Yonidagi turmush o'rtog'i ayol sifatida u
jazmani oldida ming barobar ustunroq
bo'lishi mumkin, lekin erkak o'sha
boshqasini oldiga boraveradi.
Albatta bunga ko'plab sabab bo'ladi,
ularning orasidagi biri haqida gapirib
o'tishni lozim deb topdik.

Turmushning ilk yillarida er-xotinning
munosabatlari 10-15 yil birga yashagan
er-xotinnikidan tubdan farq qiladi.
Bunga asosan turmush, uy-yumushlari,
farzandlarning katta bo'lishi, ularning
muammolari va oilada bo'ladigan
boshqa muammolar sabab bo'ladi.
Undan tashqari turmushning ilk yillarida
erkak va ayol orasidagi ehtiros
kuchliroq bo'ladi, bu esa ko'p narsaga
boshqa ko'z bilan qarashga undaydi.
Yillar o'tgan sari ayollarning eriga
bo'lgan "talabi" ortib boraveradi. Agar
oldin "Ishdan kelayotganingizda 2 dona
muzqaymoq olib keling, birga yeymiz"
deb so'ragan bo'lsa, keyinchalik bu
iltimosni o'rniga ayolning aptekadan
dori, bolaga taglik, bozordan go'sht olib
kelish, "chiroq o'chdi, to'lash kerak",
"oshxonada suv oqmayapti",
"bolamizning maktabiga borib kelish
kerak" kabi "talab"lari ko'payib boradi.
Turmushda bu tabiiy holat. Lekin ba'zi
bo'shroq erkaklar bundan asta
charchashni boshlaydilar. Ularga uyga
kelganida muzqaymoq yeb o'tirish
yoqimliroqdek tuyuladi. Bunday erkaklar
avallambor ma'suliyatdan qochadilar.
Ana shu ma'suliyatsizlik uni jazman
orttirishga undaydi.

Jazmaniga borsa qanday? Doim
bayram! Hech kim nolimaydi. "Bolaga
yangi kiyim olish kerak", deb ming'irini
qilmaydi. Faqat ba'zida o'ziga bir
muzqaymoq-sovg'a so'ralib turiladi,
xolos. Bunda qandaydur romantik tuyg'u
bor, erkakka yoqimli bir vaziyatdir. U
jazmaniga sovg'a olib keladi, jazmani
unga "minnatdorchiligini" ayamaydi.
Uyda-chi? Uyda talablar tugamaydi-ku,
chiroqqa har oy to'lash kerak, go'shtni
har xafta olib kelish kerak, qo'shni bilan
bir muammoni hal qilish kerak.
Minnatdorchilik-chi? Deyarli sezilmaydi!
Turmushda er-xotin oila uchun qilgan
ishiga minnatdorchilik bildirmaydi-ku.
Shunday uy-yumushlaridan bezillab
erkak jazmaniga boradi va u yerda
o'zini supererkakdek his qilib keladi. U
yerda u hech qanday muammoni hal
qilmasa ham, qahramon bo'lib yuradi.
Yonidagi ayoli jazmaniga nisbatan
qanchalik yoqimli, oqila, pazanda va
go'zal ekanligini ko'rmay qoladi.
Erkakka doim qahramon bo'lish hissi
kerak. Uydagi yumushlaridan nolivurgan
ayolini eshitib o'zini qahramon etib his
eta olmagani uni bu uydan bu ayoldan
bezillatib qo'yishi hech gap emas.
Albatta kuchli erkak o'z ayoli uchun
qahramon bo'la oladi. O'sha uy-
yumushlarini ko'paygan sari hal eta olib
haqiqiy qahramon bo'la oladi va bunga
minnatdorchilik sifatida esa baxtiyor
umr kechiradi, farzandlarini baxtu-
kamolini ko'radi, bo'sh erkak esa
osongina jazman orttirib uning "kichik"
talablarini hal qilib o'zini qahramondek
his etib yuraveradi.
Nailoj, eri bo'sh ekan deb ajralmaydiku.
Ayol o'z erini uyida qahramon bo'lishiga
unday olishi kerak.

Ishdan charchab kelganida gapni
muammolardan emas, kun bo'yi yuz
bergan, hatto yuz bermagan bo'lsa
ham, to'qib chiqarilgan yaxshi
yangiliklardan boshlash lozim;
Farzandlarning faqat yaxshi tomonlarini
gapirish;
Pul haqidagi gaplarni erkakning yaxshi
kayfiyatida, qorni toq'ligida aytish;
Eri hal qila olmaydigan muammoni hal
qilsa bo'ladigan davrgacha surib
qo'yish;
Eriga yoqimsiz mavzularni aylanib
o'tish;
Farzandlarning muammolaridan erkakni
bezillatmaslik darkor, ko'payib ketsa,
vaqt topib asta-sekinlik bilan aytish;
Uy-yumushdagi muammolarni birma-bir
sanab o'tmay, faqat bittasidan boshlash
kerak. Hal qilingach ikkinchisiga o'tish
lozim. Boshida bir turishda 10ta
muammo bilan erkakni boshini
og'rtimaslik;
Er ayolini talab va ehtiyojlarini qondirib
muammolarini hal qilayotgan bo'lsa,
albatta bunga urg'u berish. "Er o'z
bo'ynidagi ma'suliyatni bajaryapti", deb
emas, katta ish qilayotgandek bunga
qarash kerak. Oilada erning qadri yuqori
ekanligini his ettirish;

Oilada ham er-xotin bir-birlariga
minnatdorchilik bildirishni o'rganishi
kerak. Minnatdorchilik "Rahmat" so'zi
bilan emas, shirin muomila, shirin ovqat,
sayr, farzandlarning kulgusi ko'rinishida
ham bo'lishi mumkin.

Hal qilingan uy-yumush muammolari
qanchalik kichik bo'lmasin, ayol eriga u
naqadar qiyin masalani hal eta olganini
ko'rsata bilishi lozim. Ahir ayol ham
ovqat pishirganida erkak maqtab
yeyishini istaydiku!

Ayol nimai qilsaki, eri oilada, turmushda,
hatto to'shakda ham o'zini
qahramondek his eta olishi kerak!
Ahir erkaklar butun umr boladek. Ayollar
esa avallambor onadir. Erkakni bir
yo'ldan boshlab, boshini silab turish bu
tabiat talabi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 5512 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama