19:54
Xipcha belga erishish uchun nima qilish kerak?

Qomatni qumsoat shakliga o‘xshatish juda
qiyin. Lekin mashqlarga va ovqatlanishga
alohida e’tibor qaratilsa, barcha qiyinchiliklarni
yengish mumkin!

Bel aylanasi qanday bo‘lishi kerak?

Eng asosiysi bel, tos va ko‘krak bir-biriga
mutanosib ko‘rinishi lozim. Bo‘yingiz
uzunligidan 100 ni ayirib tashlang, qolgani
sizga bel uchun o‘rtacha o‘lcham hisoblanadi.
Ya’ni, agar bo‘yingiz 165 santimetrni tashkil
qilsa, siz uchun 65 santimetr uzunlikdagi bel
aylanasi optimal hisoblanadi.

Bel aylanasi uzunligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
organizmdagi ayollar gormonlari miqdoriga
bog‘liq. Ular qomatning go‘zalligi va
xushbichimligiga javob beradi. Xipcha bel
uchun kurashishni boshlashdan oldin
mutaxassisga uchrashish xalal bermaydi.

Ingichka bel uchun mashqlar
Belni xipcha qilish uchun o‘nlab mashqlar
mavjud, mashq dasturini aniqlab olish uchun
ularni o‘zingizda sinab ko‘ring.

Ayniqsa, massajli pufaklari bo‘lgan
xulaxup (obruch) belni xushbichim
qilishda eng oddiy va samarali asbob
hisoblanadi .
Obruchni har kuni va kamida
yarim soat aylantirishni tavsiya qilamiz.

Yonboshga yotib oyoqlarni ko‘tarish.
Mashqlarni o‘zingizga qulay bo‘lgan har
qanday joyda bajarishingiz mumkin
, bu
mashqlar qisqa vaqt ichida belni ingichka
qilishda yordam beradi. Har bir tomon uchun
10—15 martadan takrorlash lozim bo‘ladi.
Yurish . Uning foydasiga shubha yo‘q. Belni
chiroyli qilish uchun ko‘p va mamnuniyat bilan
yurish kerak. Jadalroq sur’at o‘rnating,
shundagina siz sanoqli kunlar ichida qorin va
biqindagi yog‘larni ketkazishingiz mumkin!
Yarim soat yoki undan ham ko‘proq vaqt
davomida yurishni — bir haftada 3—5
martagacha tajribada sinab ko‘rishingiz kerak.
Bel sohasi ozishi uchun nimalar yeyish
kerak?


Birinchi mahsulot : qaynatilgan, dimlangan
yoki duxovkada pishirilgan go‘sht. Bunday
ovqat tez va uzoq vaqtgacha to‘q tutadi,
organizmni kerakli miqdorda oqsillar bilan
ta’minlaydi.

Ikkinchi mahsulot: zaytun yog‘i. Zaytun
yog‘i salomatlikni saqlash va umrni uzaytirish
uchun zarur bo‘lgan ko‘plab xususiyatlarga
ega. Bundan tashqari u organizmdagi
xolesterin miqdorini boshqaradi va yog‘
to‘qimalarining bel sohasida to‘planishiga yo‘l
qo‘ymaydi.

Uchinchi mahsulot : sitruslilar. Mandarin,
apelsin, limon, greypfrutlar… Hamma sitruslilar
qorin mushagini mustahkamlash xususiyatiga
egadir. Ularni bir haftada 2—3 marta me’yorida
iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
To‘rtinchi mahsulot: bug‘doyning qattiq
navlaridan qilingan non mahsulotlari yoki
lapsha. Ular organizmni kletchatka va turli xil
vitaminlar bilan ta’minlaydi.
Manba: daryo.uz
Просмотров: 2229 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama