22:59 Testosteronning Tabiiy Manbalari | ||
Fikrlarimga xohlasez qo’shilmasligiz mumkin; Mavjudimiz uchun testosteronga “qarzdormiz” . Mushaklar rivojlanishida ishtirok etadi, libidomizni nazorat qiladi; suyaklarimizni, yuragimizni va xotiramizni baquvvat qiladi. Albatta j.olat (penis) o’lchamini ham belgilaydi. Shundoq ekan testosteron gormonimizga yanada ko’proq e’tibor berishimiz kerak. - Xop ma’lum ozuqa vositalari bilan gormonimizning ko’rsatkichlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishimiz mumkinmi? - deb sorasak, Javobimiz: - Albatta mumkin! boladi. Unda qaysi oziq moddalari ekanligi haqida quyida keltirib o’tamiz. Nimalar Zararli spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni yoqtirishiz mumkin, lekin boshqa bir qancha zararlarini juda ko’p joyda eshitgansizlar, bu yerda men sizlarga qisqagina qilib agar testosteronni bugun va kelajakda kerakligini qabul qilsangiz, aroqdan mutloqo uzoqroq turung deyman, chunki spirt organizmdagi endorfinlarni ishlab chiqarilishini ko’paytirib kayfiyatingizni ko’targandek bo’ladi lekin xuddi shu kimyoviy moddalar testosteron ko’rsatkichini ham pasaytiriadi. Xattoki uzoq davrni inobatga oladigan bo’lsak qorin va bel soxasida yog’larni ko’paytirib testosteronni asl vazifasidan boshqa ayollik gormoniga aylanib ketishiga ham hissa qo’shadi. Soya bilan testosteron ko’rsatkichi orasidagi munosabat ilmiy maqola yozilishiga zamin tayyorlamoqda. Human Reproduction kabi bir necha ilmiy izlanish olib boradiganlarning yozgan ilmiy maqolasida soya mahsulotlari spermatozoidlar soni va testosteronn ko’rsatkichini pastlatishligi haqida fikrlar bor. Lekin bu fikrlarga qarshi, Fertil Sterilda nashr qiingan maqolalarda esa bu fikr umuman asossizligini tadqiqotlarda oralarida o’zaro munosabat aniqlanmaganligini ta’kidlashadi. Colorado State University tomonidan olib borilgan oxirgi ilmiy ishlarda soya iste’mol qilinishi bilan hazm sistemasidagi equol moddasini miqdorini ko’tarilishi kuzatilgan, bu modda esa testosterone ishlab chiqarilishini kamaytirar ekan. Ro’yhatni ichimliklardan, shirinliklardan iborat jamiki shakarli “bomba”lardan tuzish mumkin. Oxford Universiteti tomonidan o’tqazilgan ilmiy tekshiruvda 75ta erkakka 75gram sof shakar berilganida, Testosteron ko’rsatkichini o’rtacha hisobda 25%.ga kamayganligi qayd qilingan. 1litr kolada 39gram sof shakar borligini hisobga oladigan bolsak, 75gram shakar qabul qilish ehtimoli juda pastdek korinsa ham kamroq istemol qilishni tavsiya qilamiz. Tarkibi jihatida ozuqaviyligi juda yuqori bo’lsa ham testosteron miqdorini tushurishni xohlamaganlarga tavsiya qilmaymiz. Spermatozoidlarni aktivligini oshirish uchun: Uzum urug’larni yanada aktiv qilay desaangiz har kuni bir oz miqdorda qora uzum (mayiz) istemol qiling, asosiy manba uzumning urug’idadir, undag resveratrol moddasi spermatozoidlarga energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Xitoyliklarni olib borgan tekshiruvlariga ko’ra 500mg resveratrol (5-10gram uzum urug’i qob’g’ida) qabul qilishlik yetarli boladi deyiladi. Libidoni ortirish uchun: Ko’pchilikka ma’qul tushmasligi mumkin lekin tarkibidagi vitamin D.ni nazarda tutadigan bolsak istemol qilishga arziydi. Avsturiya’dagi Graz Medical University’da olib borilgan tekshiruvda, Vitamin D libidoning qotili hisoblanadigan SHBG (sexual hormone binding globulin) miqdorini kamaytirib Testosteronni 90%gacha ko’tarar ekan. Jinsiy sustkashlikni yoqotmoqchi bo’lsangiz: International Journal of Impotence Research ma’lumotlariga ko’ra Erektil disfunktsiya muammosi borlar antioksidantlarga boy anor suvini har kuni ichlari erektil funktsiyani 47%ga yaxshilanishiga yordam beradi ekan. Mushaklar uchun: Mushaklarni kamayishini oldini olish uchun: Sarimsoqdagi Allicin nomli modda stress gormoni bolgan kortizolni pasaytiradi. Kortizol esa testosteronni mushaklarga bo’lgan ta’sirini pasaytiradi. Kortizol konsentratsiyasini pasaytirish orqali testosterondan unumli foydalanish mumkin bo’ladi. Qon oqimini yaxshilash uchun: Ayolingiz bilan yotoqxonada aktiv sifatli faoliyat ko’rsatishini xohlasangiz albatta asaldan ko’proq iste’mol qilishiz kerak. Asaldagi minerallar testosteronni ko’taradi. Bundan tashqari asalda azot oksid (NO) mavjud, bu esa qon tomirlarni kengayishiga, jinsiy a’zolarga keladigan qon miqdorini ortishiga natijada sifatli erektsiyaga sabab bo’ladi. Bir kunda 4 choy qoshiq asal istemol qilishlik organizmdagi azot oksidni 50%ga kopaytiradi. Organizmdagi yog’ massasini kamaytirish uchun: Qondagi Testosteron darajasini shiddatli ko’tarilishini xohlasangiz sut iching. Tarkibidagi aminokislotalar, anabolik gormonlarni ishlab chiqarilishini ko’paytiradi shuning uchun mushak massasini kopaytirib, yog’ miqdorini kamaytirishni xohlaganlar har kuni sut ichishsin, The Department of Health’ning tavsiyasiga ko’ra har kuni 200ml sut ichishlaring mumkin. Gormonlarni ishlab chiqarishini ortirish uchun: Tuxum xaqiqatdan ham mojiza ozuqadir, sarig’idagi xolestrin moddasi erkaklik gormoni testosteron uchun xom ashyodir. Yuraklaringiz uchun ham Testosteonni foydasi bor, xavotirga tushish kerak emas. Bir kunda 3ta tuxum norma hisoblanadi … Ayollik gormonlarini pasaytirish uchun: Erkakda ham ayolda ham erkaklik ayollik gormonlari bo’ladi faqat erkaklarda erkaklik gormoni balandroq, ayollik gormoni pastroq bo’ladi, ma’lum sabablar natijasida ayollik gormoni kopayib ketadi, karam tarkibidagi indol-3-karbinol nomli modda, ayollik gormonini kamaytirib mavjud testosteronni ozini effektini oshirishga xizmat qiladi Dr. Zarifjon Murodov / 03/11/2017y
Manba: andrology.uz
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama