23:41 Ovulyatsiya jarayoni: u nima, kunini aniqlash, belgilari, davomiyligi, qachon sodir bo’ladi | ||||||||||||||||||||
Ovulyatsiya (lot. ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish tufayli tuxumdonlardan tuxum hujayranini chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan jarayondir. Ovulyatsiya vaqti keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ushbu maqolada biz bu jarayonni yaqindan ko’rib chiqamiz va olingan ma’lumotni tezroq homilador bo’lish uchun qanday ishlatilishini tushuntiramiz. Ovulyatsiya nima? Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi. Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan tuxum hujayralarning ozod bo’lishiga olib keladi, bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi. Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin faqatgina 24 soat ichida urug’lantirilishi mumkin. Agar u urug’lantirilmasa, bachadon qobiq shilliq qavati rad etilishi sodir bo’ladi (tuxum hujayra bilan birga) va ayolda hayz boshlanadi. Ushbu vaqtda navbatdagi hayz tsikli boshlanadi. Ovulaytsiya bitta tsiklda bir martadan ko’proq sodir bo’lishi mumkinmi? Ha, ovulyatsiya ikki marta sodir bo’lishi mumkin, lekin u odatda tsiklning bir xil vaqtida sodir bo’ladi. Aynan shu tarzda ikki tuxumli egizaklar urug’lantiriladi — ikkita alohida tuxum hujayralarning ovulyatsiyasida. Bu ko’pincha 35 yoshdan katta ayollarda sodir bo’ladi. Shuningdek ko’pchilik EKU-klinikalarda yoshi katta ayollarga, qoida tariqasida, ikkita embrion o’tqaziladi, 40 yoshdan yoshroq ayollarga esa bitta. Shuning uchun katta yoshli ayollarda egizak ko’rish ehtimoli yuqoriroq. Ovulyatsiya va fertil kunlar o’rtasida qanday farq bor? Tuxum hujayra 24 soat davomida yashaydi, spermatozoidlar esa 5 kungacha faol bo’lib qolishi mumkin. Shunday qilib, er-xotin ovulyatsiyadan to’rt yoki besh kun oldin jinsiy aloqa qilishi orqali homiladorlikka erishishlari mumkin. Tuxum hujayra va spermatozoidlarning yashash davrini hisobga olgan holda fertil (lot. fertilis — unumdor) kunlar taxminan olti kunni tashkil qiladi. Fertil kunlar — hayz tsikli davomidagi himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish natijasida homilador bo’lish mumkin bo’lgan barcha kunlardir. Qo’shimcha fertil kunlarni aniqlash juftliklarga o’z hayot tarzlaridan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa vaqtini belgilash va osonroq homiladorlikka erishishga yordam beradi. Qachon ayol eng yuqori fertillikka ega? Har bir tsikl davomida maksimal fertillik kuni (shunga mos ravishda, himoylanmagan jinsiy aloqa qilish natijasida homilador bo’lish eng yuqori ehtimol bo’lgan kun) ovulyatsiya kuni va undan bir kun oldingi kunni o’z ichiga oladi. Fertillikning bu cho’qqisi ikki kun bo’ladi. Urug’lantirish imkoniyati bundan bir necha kun oldin ham yuqori bo’ladi. Bu paytda ham ayol homilador bo’lish imkoniga ega. Taxminan olti kun davom etadigan bu «fertillik oyna»sidan tashqarida, homilador bo’lish imkoniyat juda past.
Ovulyatsiya qachon sodir bo’ladi? Hayz sikli davomiyligi turli ayollarda turlicha bo’ladi va tsikldan tsiklga o’zgarib turadi, lekin odatda 23 — 35 kunni tashkil qiladi. Ovulyatsiya qoida tariqasida keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ko’pchilik ayollar ovulyatsiya 14-kuni sodir bo’ladi deb hisoblashadi, ammo bu shunchaki o’rtacha ko’rsatkich. Aslida esa ayollarda ovulyatsiya hayz tsiklining boshqa kunlarida sodir bo’ladi va bu kun ham tsikldan tsiklga o’zgarib boradi. Haqiqatda hayz tsikllarining 46 foizi 7 yoki undan ortiq kunga farq qilib turadi. Ba’zi ayollar ovulyatsiya vaqtida spazmli og’riq sezishlarini ta’kidlashadi, lekin juda ko’pchiligi umuman hech narsa his qilmaydilar, ularda ovulyatsiyaning boshqa hech qanday jismoniy belgilari kuzatilmaydi. Homilador bo’lish uchun fertil kunlarda jinsiy aloqa qilish kerak. Agar eng fertil kunlaringiz qachon bo’lishini bilmoqchi bo’lsangiz, organizmningizni va hayz tsiklingizni o’rganishingiz kerak. Barcha odamlar turli xil va ayollar o’z fertilligini tushunish uchun o’rtacha ko’rsatkichlardan foydalana olmaydi. Ovulyatsiyani aniqlash — bu ayollar o’z fertilliklarini tushunishi uchun eng oddiy qadamlardan biridir. Menda ovulyatsiya har oy sodir bo’layotganiga ishonchim komil emas. Buning sababi nima bo’lishi mumkin? Ba’zi ayollarda har oy ovulyatsiya yuz bermaydi va buning ko’p sabablari bor. Agar sizning tsiklingiz odatda 35 kundan ortiq davom etsa, sizda muntazam ovulyatsiya bo’lmasligi yoki u umuman yo’q bo’lishi mumkin. Homilador bo’lmagan ayollarda ovulyatsiya sodir bo’lmasa, ko’pchilik hollarda bu polikistoz tuxumdonlar sindromi (PKTS) dan dalolat beradi. PKTS — bu tug’ma kasallik bo’lib, u ayollarda muntazam va doimiy ovulyatsiya (tuxum hujayra chiqarilishi) yo’qligiga olib keladi. Bunday ayollarda katta yoshlarda ham yuzda ugri toshishi va lablar ustida tuklar jadal o’sishi kuzatiladi. UTT vaqtida tuxumdonlarda juda kichik kistalar ko’rinadi. Ovulyatsiya yo’qligining boshqa sabablariga qalqonsimon bez faolligining pasayishi (gipotireoz), prolaktin ko’p ishlab chiqarilishi (giperprolaktinemiya) va menopauzaning yaqinlashi kiradi. Agar sizda tizimli ovulyatsiya sodir bo’lmayotganini sezsangiz, shifokoringizga murojaat qiling. Ovulyatsiya qancha davom etadi? Ovulyatsiya tuxumdondan tuxum hujayrasi ozod etilishini ifodalashi sabab, u deyarli bir zumda sodir bo’ladi — follikulalar yoriladi va tuxum hujayra juda tez bachadonga qarab harakatlanadi. Ovulyatsiya sodir bo’layotganini qanday bilsa bo’ladi? Ko’p ayollar ovulyatsiya kuni haqida bilishni xohlashadi, chunki bu davrni to’g’ri aniqlay olish farzandli bo’lishni osonlashtiradi. Uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan quyidagi usullardan foydalanish qulay. Ovulyatsiya sodir bo’lganligini aniqlash uchun bazal haroratni o’lchash yordam beradi. To’g’ri ichakdagi haroratning ko’tarilishi urug’lanishga tayyor tuxumning chiqarilishini ko’rsatadi. Manba: MyMedic
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama