22:20
Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkin bo'lmagan holatlar

Sog'lom homiladorlik da odatda jinsiy aloqaning zararli tomoni bo'lmaydi. Lekin ba'zi hollarda jinsiy aloqadan vaqtinchalik voz kechish muhim hisoblanadi.

Homiladorlik davomida jinsiy aloqada bo'lish quyidagi hollarda mumkin emas. Ya'ni bu holatlarda jinsiy aloqa
homiladorlikni normal davom etishiga xavf tug'diradi:

1. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi aniqlansa. Bu holatni shifokor ko'rigida bilsa bo'ladi. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi tufayli qon ketish ehtimoli yuqori bo'lib, jinsiy aloqa bunga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qo'shimcha faktor bo'ladi.

2. Muddatidan oldin tug'ish xavfi mavjud bo'lsa. Jinsiy aloqa tufayli bachadon qisqarishi, suv ketishi yoki bachadon yo'li ochilishiga turtki berib yuborish mumkin.

3. Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar chiqayotgan bo'lsa. Ajralmalar sababini bilmaguncha jinsiy aloqada bo'lmaslik lozim. Chunki ba'zida ajralmalar xavfli holat belgisi bo'lishi mumkin.

4. Bachadon bo'yni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan bo'lsa. Ba'zi ayollarda bachadon bo'yni sust rivojlanganligi tufayli muddatidan oldin uning ochilishi kuzatiladi. Buni oldini olish yo'llari mavjud, undan tashqari jinsiy aloqada bo'lmaslik ham muhim.

5. Suv ketishi boshlangan bo'lsa. Agar bachadon shishi yorilib suv ketayotgan bo'lsa, jinsiy aloqada bo'lish aslo mumkin emas. Homilaga infeksiya kiritib yuborish xavfi yuqori bo'ladi.

6. Jinsiy infeksiyalar aniqlangan yoki ularga qarshi muolajalar olinayotgan bo'lsa. Homiladorlik davomida jinsiy infeksiyalar davolanishi muhim. Jinsiy infeksiyalar mavjud bo'lgan davrda jinsiy aloqada bo'lish homilaga zarar tegishi mumkinligi tufayli ta'qiqlanadi.

7. Bundan oldingi homiladorlik homila tushishi, muddatidan oldin tug'ish , yo'ldosh ajralishi bilan yakunlangan bo'lsa. Bu gal bu holatlar qaytarilmasligi mumkin, lekin o'tgan homiladorlikda o'sha holatlar yuz bergan davrda bu gal jinsiy aloqada bo'lmaslik maqsadga muvofiq bo'ladi.

8. Kuchli og'riq yoki to'lg'oqlar sezilayotgan bo'lsa. Bunda jinsiy aloqa jismonan ham ayolga yoqmaydi. Undan tashqari muddatidan oldin tug'ish ga olib kelishi mumkin.

9. Ayol aloqaga kirishishni istamasa. Homilador ayol organizmi juda "aqlli" bo'ladi. Agar ayolga jinsiy munosabatlar shu davrda yoqimsiz va keraksiz bo'lsa, uni bunga majburlash mumkin emas. Demak, hozir unga aloqa faqat salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

10. Agar ayol egizaklarga homilador bo'lsa. Egizaklarni ko'tarish oson emas. Normal rivojlanayotgan egizaklar ham odatda muddatidan oldin dunyoga keladi. Shuning uchun qo'shimcha turki bo'lmasligi uchun jinsiy aloqada bo'lmaslik bu davrda muhim hisoblanadi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 2101 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama