20:39 Homiladorlikda aslo mumkin bo'lmagan 10 ta faoliyat | |
Homiladorlik bu kasallik emas. Normal homiladorlikda oddiy hayot tarzini davom ettirsa ham bo'ladi. Lekin quyidagi 10 ta faoliyatdan 9 oyga butunlay voz keshish kerak. 1. Chekish. Homilador ayolning o'zi ham yonidagilari ham uni oldida bu davrda chekmasliklari muhim. Tamaki tufayli homilaga kislorod yetishmasligi aniqlangan. Bu esa homila rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 2. Alkogol ichimliklarini ichish. Homiladorlikning 1-trimestrida ko'p miqdorda alkogol ichilsa, bolada tug'ma nuqsonlar rivojlanishi aniqlangan. 3. Kofe ichish. Ko'pchilik ayollar kofesiz o'z kunini tasavvur qila olmaydi. Albatta kunida ichilgan 1-2 chashkaning zarari tegmaydi. Lekin butun homiladorlik davomida kuni bilan kofe ichib yurish mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, bu homilador ayolning qon bosimining oshirib yuborishi mumkin, ikkinchidan onaning yurak urishi tezlashib bolani muddatidan oldin tug'ilishiga, hatto homila tushishiga turtki bo'lishi mumkin. 4. Dori vositalarini palapartish qabul qilish. Homiladorlik davomida, ayniqsa 1-trimestrda dori vositalarini qabul qilishda nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Imkon qadar bu davrda ortiqcha dori ichmaslik uchun shamollamaslik va kasallanmaslik lozim. Ba'zi dorilar bolada karlik, tug'ma nuqsonlar, asab tizimidagi patologiyalarni keltirib chiqaradi. 5. O't damlamalari ichish. Qadimdan o't damlamalarini biz dori emas deb ichishga odatlanganmiz. Lekin har qanday o't damlamasi ham homiladorlikka zarasiz emas. Buni aniq bilmay turib o't damlamalaridan ichib yurish mumkin emas. 6. Rengendan o'tish. Homiladorlik davrida bolaning asab tizimiga ziyon yetishi ehtimoli yuqori bo'lgani uchun rengen va flyurografiya muolajalarini o'tkazish mumkin emas. Homilador bo' lish ehtimoli mavjud bo'lgan davrda shifokor qabulida bo' lsangiz bu haqda albatta xabar bering. Chunki homiladorlik yuz bergani tasdiqlanmagan paytda ham homila rivojlanishni boshlagan bo' lishi mumkin . Bu esa o' ta jiddiy davrdir. 7. Og'ir ko'tarish. Ba'zi ayollar og'ir ko'tarib yursa ham bolasi tushib qolmay tuqqanini eshitganmiz. Lekin buning natijasida ayol umurtqasi qanchalik shikkast yeganini faqat MRT diagnostikasi ko'rsata oladi. Buning oqibati esa yillar o'tib og'ir kasalliklarda namoyon bo'ladi. Homiladorlik davrida homilani ushlab qolish, bachadon tushishi rivojlanmasligi va ayol organizmiga ziyon yetmasligi uchun og'ir ko'tarish mumkin emas. 8. Og'ir sport turlari bilan shug'ullanish. Shikkast berish xavfi yuqori bo'lgan sport turlari homiladorlik davrida man etiladi. Masalan, ot yoki velosiped minish, og'irliklar bilan shug'ullanish va hokazolar. 9. Stressda yashash. Kuchli va davomiy stress ayol organizmidagi gormonal holatni o'zgartirib yuboradi. Bu esa homiladorlikni normal davom etishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 10. Chala pishgan mahsulotlarni yeyish. Qaynagan suvda tayyorlanadigan yarim tayyor sho'rvalar, mikroto'lqinlik pechda pishadigan chala tayyor pizza va boshqa yeguliklar, chala tayyor go'sht, yaponcha sushi kabi yeguliklardan homiladorlik davrida voz kechib turgan ma'qul. Ular bu davrda onaning oshqozoniga ziyon keltirishi xavfi yuqori bo'ladi. Manba: uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama