20:53 Homiladorlikda qorin og'rishi | ||
Homilador ayolni har bir og'riq havotirga solishi sir emas. Homiladorlik davrida qorin og'rishi ba'zida xavfsiz bo'lsa, ba'zida tez tibbiy yordamni talab etishi mumkin. Homiladorlik davrida ayol og'riqlariga quloq tutishi va ularni ajrata olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi turdagi og'riqlar homiladorlik davomida keng tarqalgan bo'lib, onaga va homilaga xavf tug'drimaydi. 1. Qorin pastidagi son boshlanish joyidagi paylarda yuz beradigan og'riqlar. Odatda bu kabi og'riqlar homiladorlikning 2-trimestrida ko'p namoyon bo'ladi. Bunda paylar qorin kattalashgani tufayli cho'ziladi va kuchli bo'lmagan og'riqni keltirib chiqarishi mumkin. 2. Qabziyat va gaz yig'ilishi tufayli yuz beradigan og'riqlar. Homiladorlik davomida ayolda progesteron gormonining ortishi tufayli gazlar yig'ilishi ko'p kuzatiladi. Ushbu gormon homiladorlik davomida ko'paygan sari ovqat hazm qilish jarayoni shuncha sekinlashib boraveradi. Shuning uchun meva-sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish, suyuqlik ko'proq ichish tavsiya etiladi. 3. Yolg'on (Brekston-Xiks) to'lg'oqlar og'rig'i. Bu og'riqlar odatda homiladorlikning 3 trimestrida boshlanib, tuqqunga qadar davom etadi. Bunda qorin huddi to'lg'oqdagi singari bir necha soniyaga toraygandek tuyuladi. Bu og'riqlarning haqiqiy to'lg'oq lardan farqi shundaki, ular muntazam ham emas, ko'paymaydi va kuchli bo'lmaydi. 4. Undan tashqari homiladorlik davomida ayol organizmida yuz beradigan jismoniy o'zgarishlar tufayli qorinda har xil noqulayliklar yoki og'riqlar his qilinishi mumkin. Bachadon kattalashi, buyraklarga og'irlik tushishi, bachadon shishlari, oshqozon viruslari va ba'zi ovqatlarga bo'lgan reaksiya homilador ayol qornida kuchli bo'lmagan og'riqlarni keltirishi mumkin. Bu og'riqlarni kamaytirish uchun nima qilsa bo'ladi? Homiladorlik bilan bog'liq bo'lmagan, lekin homiladorlikda qo'ziydigan kasalliklar ham qorinda og'riq keltirishi mumkin. Masalan: Qorindagi og'riqlar quyidagi holatlarda xavfli bo'lib, tibbiy yordamni talab etadi: Bachadondan tashqari homiladorlik. Bunda og'riq homiladrolikning 6-10 haftalari oralig'ida namoyon bo'ladi. Og'riq o'ta kuchli bo'lib, qindan qon ketishini ham taqazo etadi. Yo'ldoshning ajralishi . Bu holat ayol hayoti uchun xavf tug'diradi va zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishni taqazo etadi. Yo'ldosh ajralishi tufayli namoyon bo'ladigan qorindagi og'riqlar o'ta kuchli va davomiy bo'lib, qindan qonlik lahta chiqishi bilan birga kuzatiladi. Homila tushishi . Bola tushishi jarayoni boshlangan bo'lsa, homilador ayolning qorni beli bilan birgalikda sekin-sekin og'rib, keyin kuchaya boshlaydi. Og'riq bilan birga qon ketadi va har 5-20 daqiqa oralig'ida haqiqiy to'lg'oq lar yuz beradi. Siydik yo'lidagi infeksiyalar . Ayolning siydik yo'llarida infeksiya rivojlangan bo'lsa, qorinda og'riq bo'lishi mumkin. Bu holat tibbiy muolajani talab etadi. Aks holda infeksiya tez orada buyrakka o'tib ketadi. Siydik yo'li infeksiyasi tufayli qorin og'riganiga siyishda qiynalish, tez-tez siydik qistashi, tana haroratining ko'tarilishi yoki siydikda qon bo'lishi ham mumkin. Preeklampsiya (homiladorlikda qon bosimining oshishi) . Preeklampsiya holatida homilador ayolda qon bosimi oshib qorin qismining quvurg'alar osti bo'limida og'riqlar sezilishi kuzatiladi. Undan tashqari ko'ngil aynashi va qusish ham bo'lishi mumkin. Preeklampsiya tufayli yuz beradigan qorin og'riqlari odatda homiladorlikning 20 haftasidan so'ng namoyon bo'ladi. Quyidagi holatlarda zudlik bilan tibbiy yordam chaqirtirish lozim: Manba: uzbaby.uz
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama